H. A. Jamolxonov



Download 2,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet295/395
Sana01.01.2022
Hajmi2,28 Mb.
#299352
1   ...   291   292   293   294   295   296   297   298   ...   395
Bog'liq
Hozirgi o`zbek adabiy tili jamolxonov

Tayanch tushunchalar 
 
Omonimiya
 – til birliklarining ifoda planidagi tenglik hodisasi. 
Leksik  omonimiya 
–  omonimiya  hodisasining  leksemalar  doirasidagi 
ko’rinishi. 
Omoformalar
  –  ayrim  grammatik  shakllari  o’zaro  teng  bo’lgan 
leksemalar. 
Omofonlar 
– talaffuzi bir xil , yozilishi har xil bo’lgan leksemalar.  
Omograflar
 – yozilishi bir xil , talaffuzi har xil bo’lgan leksemalar. 
 
 
PARONIMIYA 
 
Adabiyotlar
: 26[55-59],27[141-142],32[81] 
 
119-§.Paronimiya
  (yun.para  –  “yonida”+  onyma  –  “nom”)  –  ikki  yoki  undan 
ortiq  leksemalarning  talaffuzda  o’zaro  o’xshash,  ohangdosh  bo’lishi.  Bunday 
o’xshashlik, odatda, har ikki (yoki uch) leksema tarkibidagi tovushlarning fizik-akustik 
yaqinligidan  kelib  chiqadi.  Masalan, 
arqon
  va 
arkon
.  Bu  ikki  so’z  tarkibidagi      5  ta 
tovushdan 4 tasi ayni bir xil fonemalardir, ammo ulardan birinchisida «q», ikkinchisida 
esa  «k»  fonemalari  qatnashgan.  Bu  ikki  fonemaning  biri  («q»)  chuqur  til  orqa, 
ikkinchisi  («k»)  esa  sayoz  til  orqa,  ikkalasi  ham  jarangsiz,  portlovchi  undoshlardir, 
demak,  ulardagi  fizik-akustik  va  artikulyatsion  belgilar  bir-biriga  juda  yaqin,  shuning 
uchun 
arqon
  va 
arkon
  leksemalari  talaffuzida  bir-biriga  o’xshashlik  bor.
Taqya
 
(«sidirg’a  matodan  tayyorlangan  do’ppi»)  va 
takya
  («odamlar  to’planib  ulfatchilik 
qiladigan  joy»),
sallox
  (qassob)  va 
saloh
  («to’g’rilik»,  «vijdonlilik»)  so’zlarida  ham 
shunday;
  bayon
  va 
boyon 
so’zlarida  esa  «a»  va  «o»  unlilarining  quyi  keng  ekanligi, 
ur’gusiz bo’g’inda qo’llanganligi bu ikki so’zning talaffuzidagi o’xshashlikka, demak, 
paronimiyaga  sabab  bo’lgan.  Biroq 
arpa
  va 
arfa
  so’zlarida  bunday  o’xshashlik, 
ohangdoshlik  yo’q,  chunki  ulardagi  «p»  va  «f»  undoshlarining  «portlash  («p»da)  va 
sir’galish  («f»da)  belgilari  talaffuzda  sezilarli  darajada  farqlanadi,  buning  ustiga  bu 
leksemalarning  so’z  urg’usi  ham  har  xil  joylashgan  (
arpa
  va 
arfa
  kabi).  Demak,  so’z 
tarkibidagi  bir  tovush  bilan  farqlanish  doimo  paronimiyaga  olib  kelavermaydi.  Aks 
holda  tildagi  kvaziomonimlarning  (minimal  juftliklarning)  barchasini  paronimlar  deb 
baholashga to’g’ri kelardi: 
boy-poy-toy, bosh-tosh-mosh, til-tish, ish-in-ip
 kabi. Bunday 
so’zlar qatori ko’p bo’g’inli so’zlar hisobiga yana-da ortadi: 
daraxt-karaxt, paxta-taxta, 
tomon-somon
 kabi. Bu hol, tabiiyki, paronimiya hodisasini cheksiz qilib qo’yadi. 


144 
 
Yuqoridagi  mezonni  (tovushlardagi  fizik-akustik  va  artikulyatsion  yaqinlikni 
hamda  aksentologik  umumiylikni)  yasama  so’zlar  paronimiyasiga  ham  tatbiq  etsa 
bo’ladi. Xususan, 
yolqin
  va
  yorqin
  so’zlarida  tovushlar  o’xshashligi  (o’zakdagi  «l»  va 
«r»ning ikkalasi ham til oldi va sonor ekanligi) bu ikki leksema talaffuzining bir-biriga 
yaqinligini  ta’minlagan,  ammo 
yon
  va
  yoq
  o’zak  so’zlaridan  yasalgan 
yonilg’i
  va
 
yoqilg’i
 leksemalarini, 
yo’q
 va 
yoq
 o’zak so’zlaridan yasalgan 
yo’qlamoq
 va 
yoqlamoq 
so’zlarini  paronimlar  deyish  qiyin,  chunki  bu  so’zlarning  o’zagidagi  tovushlar 
artikulatsiyasida  hamda  fizik-akustik  belgilarida  sezilarli  tafovutlar  bor:  «yon»  va 
«yoq»dagi  «n»  -  til  oldi,  sonor,  jarangli;  «q»  -  chuqur  til  orqa,  portlovchi,  jarangsiz; 
«yo’q»  va  «yoq»  dagi  «o’»  -  o’rta  keng,  lablashgan;        «o»  -      quyi  keng,  kuchsiz 
lablashgan.  Ayni  shu  tafovutli  belgilar  tufayli 
yonilg’i
  va 
yoqil’gi

yo’qlamoq
  va 
yoqlamoq 
leksemalarining  talaffuzi  paronimiya  mezoniga  mos  emas.  Qolaversa,  turli 
o’zakdan bir xil affiks bilan so’z yasash paronimiyaga olib keladi deb qarash
118
 «bog’», 
«dog’»,  «yo’g»  o’zak  so’zlaridan  yasalgan 
bog’lamoq,  dog’lamoq,  yog’lamoq 
so’zlarini,  shuningdek,  «qora»  va  «qada»  o’zak  so’zlaridan  yasalgan 
qaroqchi 
va 
qadoqchi
  leksemalarini  ham  paronimlar  deb  tan  olishga  majbur  qiladi,  vaholonki, 
ularning birortasida paronimlik darajasidagi talaffuz uyg’unligi yo’q.  
Paronimiyada ba’zan leksemalar tarkibidagi fonemalar  miqdori teng bo’lmasligi 
ham  mumkin,  ammo  ularning  talaffuzida  bir-biriga  yaqinlik,  ohangdoshlik  bo’lishi 
shart: 
bo’sa
  (4 ta fonema) – 
bo’lsa
 (5 ta fonema), 
amr
                   (3 ta fonema)- 
amir  
 
(4  ta  fonema), 
asr
  (3  ta  fonema),  -  asir  (4  ta  fonema), 
abonent           
  (7  ta  fonema)  – 
obonement
 (9 ta fonema) 
diplomat
 (8 fonema), 
dimlomant
 (9ta fonema) kabi. 
Paronimlar omonimlar va omofonlardan quyidagi belgilari bilan farqlanadi:  
1.Paronimlarning  talaffuzi  bir–biriga  yaqin,  o’xshash  bo’ladi  (yuqoridagi 
misollar). Omonimlarning esa talaffuzi va yozilishi bir xil bo’ladi: o’t –(«  maysa») va 
o’t («olov») kabi.  
2.Omofonlarda  ham  talaffuz  bir  xildir:
tub
  va 
tup
(yozuvda)  – 
tup
  va 
tup
 
(talaffuzda). Paronimlarda esa talaffuz teng emas, o’xshash bo’ladi: 
ganj
 va 
ganch 
kabi. 
 
 
Omofonlarda fonemalar miqdori teng bo’ladi, paronimlarda esa ular teng bo’lishi 
ham, teng bo’lmasligi ham mumkin. Qiyos qiling: 
to’n
 – «kiyim»             (3 ta fonema) 
– ton «tovush toni»  (3 ta fonema)-omofonlar; 
asr
 (3 ta fonema) – 
asir   
 (4 ta fonema)-
paronimlar kabi.  
3.Paronimlarni  so’z  variantlari  bilan  qorishtirmaslik  kerak:  paronimlar  bir  so’z 
turkumiga mansub bir necha leksemalardir:
 san’at
 va 
sanoat 
kabi. Variatsiyalar esa bir 
leksemaning turli ko’rinishlari, xolos: 
tomosha 
va 
tamosho, do’ppi 
va 
to’ppi, gado 
va 
gadoy, shohi 
va 
shoyi 
kabi.  
Shuni  alohida  ta’kidlash  kerakki,  tilshunoslikda  paronimiya  xodisasining  izchil 
mezonlari  yetarli  darajada  ishlanmagan,  shuning  uchun  bir  xil  hodisaga  har  xil  baho 
berish  holatlari  tez-tez  uchrab  turadi.  Demak,  masalaning  muammoli  jihatlari  hali 
anchagina bor, ularni maxsus tadqiq qilish tilshunoslikning navbatdagi vazifalaridan biri 
bo’lmog’i kerak.  
                                                      

Download 2,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   291   292   293   294   295   296   297   298   ...   395




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish