LEKSIK MA’NO TIPLARI
Adabiyotlar
: 11[26-28], 19[73-78], 26[17-23], 27[89-95], 32[64-67], 35[64-
65], 83[60-64].
97-§. Leksik ma’nolarning guruhlanishi.
So’zning semantik tarkibidagi leksik
ma’nolar dastlab ikkita katta guruhga - hozirgi leksik ma’nolarga va avvalgi leksik
ma’nolarga ajratiladi.
Hozirgi leksik ma’no til taraqqiyotining hozirgi bosqichiga, avvalgi leksik
ma’nolar esa til taraqqiyotining o’tmishdagi bosqichlariga xosdir. Shuning uchun
hozirgi leksik ma’no tavsifiy semasiologiyada, avvalgi leksik ma’nolar esa tarixiy
(diaxron) semasiologiyada o’rganiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |