H. A. Jamolxonov



Download 2,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet233/395
Sana01.01.2022
Hajmi2,28 Mb.
#299352
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   395
Bog'liq
Hozirgi o`zbek adabiy tili jamolxonov

86-§.Vazifa  semalari
  ham  semema  tarkibiga  kiradi,  ammo  ular  atash,  ifodalash 
bilan  birga  leksemalarning  nutqda  o’zaro  birika  olishini  (valentligini,  distributsiyani), 
shu  orqali  gapda  ma’lum  vazifa  bajarishini  belgilaydi.  Masalan, 
choy
  leksemasining 
leksik  ma’nosi  (sememasi)  tarkibida  «qayta  ishlangan»  «suyuqlik»,  «ichimlik», 
«quruq», «quritilgan», «choy o’simligi» semalari bor. Bu semalar choy leksemasining 
o’stirmoq,  ichmoq,
 
qaynatmoq  va  damlamoq
  fe’llari  bilan  birika  olishini  ta’minlaydi: 
choy  o’stirmoq,  choy  damlamoq,  choy  ichmoq,  choy  qaytanmoq 
kabi.  Biroq, 
choy
 
leksemasi nutqda yemoq fe’li bilan birika olmaydi, bunga 
choy
  va 
yemoq
  so’zlarining 
leksik ma’nolaridagi semalar tarkibi yo’l qo’ymaydi. 
Bir  mazmuniy  guruhga  mansub  leksemalarning  sememalari  qiyoslanganda, 
ularning  semantik  tarkiblarida  integral  (birlashtiruvchi)  va  differensial  (farqlovchi) 
semalar borligi ham ma’lum bo’ladi. Bunday semalar leksemalarni o’zaro birlashtirish 
va  farqlash  uchun  xizmat  qiladi.  Masalan,  o’zbek  tilidagi 
amaki,  amma,  tog’a,  xola, 
jiyan
  leksemalarining  barchasida  «qarindosh»,  «yaqin  qarindosh»  semalari  bor,  shu 
semalar  ularni  bitta  mazmuniy  guruhga  birlashtiradi,  shunga  ko’ra 
integral 
(birlashtiruvchi)  semalar
  sanaladi;  ayni  paytda  keltirilgan  leksemalarning  ma’no 
tarkibida  farqlanish  belgilari  – 
differensial  semalar
  ham  mavjud: 
amaki
  sememasidagi 
«otaning  akasi  yoki  ukasi»  semasi 
tog’a
  sememasida  yo’q, 
tog’a
  sememasidagi 
«onaning akasi yoki ukasi» semasi esa 
amaki
 sememasida uchramaydi, demak, bu ikki 
sema  yuqoridagi  ikki  so’zning  ma’nolarini  farqlash  imkonini beradi; 
amaki
  va 
amma, 
tog’a
  va 
xola
  sememalari  ham  «qarindosh»,  «yaqin  qarindosh»  semalari  bilan 
birlashadi, ammo «erkak» va «ayol» semalari bilan o’zaro farqlanadi;
 jiyan
 leksemasida 
esa  «yoshi  kichik»,  «akaning  yoki  ukaning  farzandi»  semalari  farqlash  vazifasini 
bajaradi. 
Leksik ma’noni (sememani) tarkibiy qismlarga  – semalarga parchalab o’rganish 
semasiologiyada  komponent  tahlil  usuli  deyiladi.  Bu  usul  leksemalarning 
paradigmalarini, mazmuniy, tematik va hokazo guruhlarini aniqlashda qo’l keladi.                                                 
            

Download 2,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   395




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish