H. A. Jamolxonov


o -na),  unli+undosh  ( ol



Download 2,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet224/395
Sana01.01.2022
Hajmi2,28 Mb.
#299352
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   395
Bog'liq
Hozirgi o`zbek adabiy tili jamolxonov

o
-na), 
unli+undosh 
(
ol
-ti), 
undosh+unli+undosh (
kat
-ta), undosh+unli (
bo
-la), ikkinchi bo’g’ini esa undosh+unli 
(o-
ta
),  undosh+unli+undosh  (ol-
tin
)  sxemalarida  bo’ladi.  Ikkinchi  bo’g’in  hech 
qachon  unli  bilan  boshlanmaydi,  ammo  unli  bilan  tugash  holatlari  (ochiq  bo’g’in 
bo’lishi) ko’p uchraydi (ke-
cha
, qay-g’
u
, bo-
la
, bo-
bo
 kabi).  
O’zbek  tilining  o’zlashgan  qatlamidagi  leksemalarning  bo’g’inlarida,  binobarin, 
so’zning  ifoda  planida  ham  bir  qator  o’ziga  xosliklar  bor.  (Bu  haqda  «O’zbek  tili 
leksikasining tarixiy taraqqiyoti» bahsiga qaralsin.) 
Yasama  so’zlarda  o’zak  morfema  va  so’z  yasovchi  morfemalar  leksemaning 
ifoda plani bo’ladi: 
ish-chi>ishchi,  bosh-la(moq)>boshla(moq)
  kabi.  Fonemalar  esa 
o’zak va affikslarning ifoda plani vazifasida qo’llanadi: 
ishchi-i,sh/ch,i;  boshlamoq-
b,o,sh/l,a/m,o,q
 kabi. 
Leksik  mazmunli  juft  va  takroriy  so’zlar  ham  yaxlitlangan  bir  leksema 
hisoblanadi: 
katta-kichik
  (bitta  leksema), 
bola-chaqa
  (bitta  leksema) 
jangir-jungir
 
(bitta leksema) kabi (27,55-b.). 
Leksemaning ifoda planidagi turli shakllar uning 
tashqi formasi
 sanaladi; 
b)  leksemaning  mazmun  plani  deyilganda  uning  ma’nosi  (yoki  ma’nolari)  va 
uslubiy  bo’yoqlari  (ma’no  qirralari)  nazarda  tutiladi.  Masalan, 
quloq
  leksemasining 
mazmun planida quyidagi leksik ma’nolar bor: «eshitish a’zosi» (
odamning qulog’i
), 
«dutor, tanbur torlarini sozlash uchun o’rnatilgan muruvvatlar» (
dutorning qulog’i
), 
«qozonning yon tomonlaridan chiqarilgan tutqich-dastalar» (
qozonning qulog’i
) kabi. 
Chehra
  leksemasining  mazmun  planida  esa  leksik  ma’no  qo’shimcha  ottenka  – 
uslubiy  bo’yoq  bilan  qoplangan.  Bu  bo’yoq  kishi  kayfiyati,  ruhiy  holati  yoki  xulq-
atvorining yuzdagi aksini ifodalaydi: 
chehra degan ko’ngilning oynasidir.
 (Hamza). 
Leksemaning  mazmun  planidagi  leksik  ma’no  (yoki  ma’nolar)  va  uslubiy 
semalar uning 
ichki formasi
 sanaladi. 
Leksemaning  ifoda  va  mazmun  planlari  dialektikaning  shakl  va  mazmun 
kategoriyalari munosabatiga asoslanadi: shakl mazmunning bo’lishini taqozo qiladi, 
mazmun  esa  shaklsiz  yuzaga  kelmaydi,  ifodalanmaydi  ham.  Qiyos  qiling: 
shahar, 
hashar
  leksemalarining  ikkalasida  bir  xil  fonemalar  qatnashgan,  ammo  bu 
fonemalarning joylashish tartibi, demak, leksemaning shakli har xil. Bu hol shu ikki 
leksema  ma’nolarining  tilda  farqlanishini  ta’minlaydi.  Ulardagi  fonemalar  tartibini 
o’zgartirish esa shaklning yo’qolishiga olib keladi: 
shahar
  (so’z, leksema)  – 
ashhar
 
(so’z emas), 
hashar
 (so’z, leksema) – 
rashah
 (so’z emas). Demak, tovushlarning har 
qanday  yig’indisi  so’z  (leksema)  bo’lavermaydi:  bunday  yig’indi  til  birligining 


113 
 
(leksik  birlikning)  shakli  darajasiga  ko’tarilishi  uchun  u  albatta  mazmun  bilan 
bog’langan bo’lishi kerak. 
2. Leksemalarga xos muhim belgilardan yana biri shuki, ularning har biri u yoki 
bu  leksik-grammatik  guruhlarga  mansub  bo’ladi:  predmet  nomlari  ot  turkumiga, 
belgi-xususiyat  nomlari  sifat  turkumiga,  miqdor  anglatuvchi  so’zlar  son  turkumiga, 
harakat-holat  mazmunli  so’zlar  esa  fe’l  turkumiga  kiradi.  Bunday  mansublik 
leksemalarning  nutqdagi  grammatik  shakllarini  belgilaydi:  otlar  egalik,  kelishik, 
ko’plik yoki birlik shakllarida, sifatlar oddiy, orttirma yoki qiyosiy daraja shakllarida, 
fe’llar shaxs-son, zamon, mayl, bo’lishli yoki bo’lishsiz, nisbat shakllarida qo’llanadi. 
Bu hol tilning leksik va grammatik sathlari o’rtasidagi aloqadorlikdan kelib chiqadi.   
3.  Leksemalar  albatta  yaxlitlangan,  bir  butun  birlik  bo’ladi,  shu  xususiyati  bilan 
grammatik shakllardan, so’zlar birikmasi va gapdan farq qiladi. Chunonchi, 
maktab
 
leksemasi  leksik  birlik  sifatida  o’zgarmasdir,  ammo  uning  grammatik  shakllari 
nutqda o’zgarib turadi:
 maktabning, maktabni, maktabga, maktabda, maktabdan
 kabi. 
Shuningdek,  «beshta  olma»  birikmasini  «beshta  qizil  olma»  deb  qo’llash  (birikma 
tarkibiga «qizil» so’zini qo’shish) mumkin, ammo 
maktab 
leksemasi tarkibiga boshqa 
bo’g’in yoki so’z kiritilmaydi. 
4.Leksemada bitta bosh (asosiy) urg’u bo’ladi, u shu leksemaning yaxlitligini, bir 
butun  birlik  bo’lishini  ta’minlovchi  muhim  supersegment  birlikdir: 
qovo’q, 
oshqovo’q, temir, temirbeton
  (so’nggi  so’zning  ikkinchi  bo’g’inida  ikkinchi  darajali 
urg’u, oxirgi bo’g’inda esa bosh urg’u qo’llangan) kabi. 
Yuqoridagilardan  shunday  xulosa  qilish  mumkin:  har  qanday  leksema  shakl  va 
ma’no butunligiga ega. Leksemaning shakli uning tashqi formasi, mazmun plani esa 
shu  leksemaning  ichki  formasi  bo’ladi.  Shakl  ma’noni  borliq  tusiga  kiritadi,  shu 
orqali ma’noning tilda va inson ongida yashashini ta’minlaydi. 

Download 2,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   395




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish