93
alifboga ("u" unlisi uchun), ("o’"unlisi uchun), ("o" unlisi uchun), __
("a" unlisi uchun), ("i unlisi uchun), ("e" unlisi uchun) harflarini kiritish tavsiya
etiladi.
67
1921-yilda
Toshkentda 1-5-yanvar kunlari o’zbek alifbosi va imlosi masalalariga
bag’ishlangan birinchi O’lka qurultoyi bo’lib o’tadi, unda Abdurauf Fitrat, Ashurali
Zohiriy va Botu (M.Hodiyev) ma’ruzalari tinglanadi.
Fitrat o’z ma’ruzasida arab alifbosining o’zbek tili xususiyatlariga
moslashmaganligini, unda unli tovushlarni ifodalash uchun belgilar yetishmasligini, unli
va undosh tovushlarni ifodalovchi harflarning shaklan farqlanmaganligini, har bir
harfning to’rt shakli borligini yozuvdagi jiddiy nuqson deb baholaydi, bunday
nomukammalikdan qutulish uchun esa arab alifbosidagi harflarning to’rt xil shaklidan
faqat bittasini (so’z boshidagi shaklini) qoldirish, unli tovushlar uchun 6 ta harf
belgilash, so’zlardagi ohangdoshlikni yozuvda aks ettirish imkonini yaratish, chet
(olinma) so’zlarni o’zbek tili xususiyatlariga moslab yozish kerakligini aytadi.
68
Bu
fikrga Elbek ham qo’shiladi.
69
Ashurali Zohiriy esa Fitratning taklifiga e’tiroz bildirib,
chet so’zlarning, xususan, arabcha va forscha o’zlashmalarning arab imlosidagi
shakllarini o’zgartirmay yozish ma’qulligini, aks holda bunday so’zlarning ma’nolari
o’zgarib ketishi mumkinligini aytadi. Shu tariqa imlochilar ikkiga – yangi imlochilar va
o’rta imlochilar guruhiga bo’linib ketadi.
70
Botu (M. Hodiyev) arab alifbosidan butunlay voz kechib, lotin grafikasi asosida
yangi alifbo tuzish kerakligini aytadi. Bu haqda u shunday deydi: "... Butunlay
hozirgi arab harflarini tashlab, ko’p millatlar tomonidan qabul qilingan lotin yozuvini
tilimizdagi tovushlarga muvofiq bir holg’o keltirib qabul qilish kerakdir".
71
Shu ma’ruzasida Botu o’zining lotin harflari asosida tuzilgan alifbosining
loyihasini qurultoy ishtirokchilariga ko’rsatadi, muzokaraga chiqqan S.Usmonxo’jayev
Botuning fikrini va loyihasini ma’qullaydi, ammo qurultoy qatnashchilarining
ko’pchiligi amaldagi (arabcha) alifboni ayrim tuzatishlar kiritish bilan saqlash kerak
degan fikrni quvvatlaydi.
72
Qurultoyda yozuv va alifboga oid quyidagi qaror qabul qilinadi:
1. Bu vaqtga dovur o’zbeklar orasida yurub kelgan yozuvlar yo’lsiz va qoidasiz
bo’lg’onligidan, qo’nferans yozuvlarimizni isloh etiluvini tilaydir.
Do'stlaringiz bilan baham: