H. A. Jamolxonov



Download 2,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/395
Sana01.01.2022
Hajmi2,28 Mb.
#299352
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   395
Bog'liq
Hozirgi o`zbek adabiy tili jamolxonov

   Fonostilistika
  –  fonetik-fonologik  birliklarning,  shu  jumladan  urg’uning  ham 
matndagi uslubiy xususiyatlariga oid ta’limot. U stilistikaning bir bo’limi sanaladi. 
 
INTONATSIYA 
(intonema) 
 
      
 
 
Adabiyotlar
: 1[15-18],10[85-87],16[62-74], 22[115-116]. 
49-§.  Intonatsiya-
og’zaki  nutqning  ritmik-melodik  tomoni,  undagi  ovoz  (ton) 
tovlanishlari. Intonatsiya fonetik-fonologik tizimning supersegment birligi sanaladi, uni 
o’rganuvchi soha esa i n t o n o l o g i ya yoki p r o s o d i k a (prosodiya) deyiladi. 
Har  qanday  nutq  harakatdir,  bu  harakat  esa  albatta  ma’lum  intonatsiya  bilan 
qo’shilib, qorishib yuzaga keladi: nutqning toni, sur’ati, pauzalari, tonning balandligi va 
kuchi  gapning  mazmuni  va  emotsionalligi  talablaridan  kelib  chiqqan  holda  o’zgarib, 
tovlanib  turadi.  Demak,  intonatsiyasiz  gap  ham  bo’lmaydi:  har  bir  gapning  o’ziga  xos 
intonatsiyasi  borligi  ham  shundan.  Intonatsiya  bir  qator  prosodik  elementlardan  tarkib 
topadi. Bunday elementlarga quyidagilar kiradi: 
       1.Nutq melodikasi.
 Bunda nutqda ishtirok etgan gaplardagi ovozning ko’tarilishi va 
pasayishi  nazarda  tutiladi.  Bu  jarayon  gap  tarkibidagi  bo’g’inlarda  qo’llangan  unli 
tovushlarning  baland  yoki  past  talaffuz  etilishiga  asoslanadi.  Tabiiyki,  gapdagi  barcha 
bo’g’inlar bir xil balandlikda talaffuz etilmaydi, ular gapning mazmun planiga (fikr, his-
tuyg’u  va  hokazolarga)  qarab  o’zgarib  boradi.  Shuning  uchun  ham  darak,  so’roq  va 
buyruq  gaplarning  yoxud  emotsional  va  emotsional  bo’lmagan  gaplarning 
intonatsiyalari bir xil emas. 


73 
 
      2.Nutq  ritmi  – 
urg’uli  va  urg’usiz,  cho’ziq  va  qisqa  bo’g’inlarning  qo’llanishida 
vazndoshlik,  ohangdoshlikning  mavjud  bo’lishi.  Nutq  ritmining  badiiy  yoki  ifodali 
o’qishda, shuningdek, she’riy misralardagi qofiyadoshlik, ohangdoshlikni ta’minlashda 
ahamiyati  katta:  band  ritmi,  alliteratsiya  ritmi,  anafora,  emfaza  kabilar  nutq  ritmini 
ta’minlovchi muhim vositalar sanaladi. 
      3.Temp  – 
sur’at, daraja, tezlik.  Bunday  tezlik gap  tarkibidagi  tovushlar  talaffuziga 
sarflangan vaqt bilan  belgilanadi.  Bunday  vaqt gap bo’laklari,  ularning o’rni, gapning 
turi,  situatsiya  kabi  omillar  ta’sirida  har  xil  bo’ladi.  Masalan:  darak  gaplarda  gap 
boshida  kelgan  ega  talaffuzida  temp  sekinroq  bo’ladi,  bu  temp  kesim  sostavida 
tezlashadi. Agarda ega logik urg’u olsa, uning talaffuzidagi temp kuchayadi. 
So’roq gapda eganing tezligi darak gapdagi eganikidan bir oz ortiq bo’ladi, kesim 
tezligi  esa  nisbatan  kamayadi.  Buyruq  gaplarda  temp  gap  oxiriga  tomon  tezlashib 
boradi, ammo oxirgi so’z tezligi keskin pasayadi. (16,63-66). 
     
4.  Nutq  intensivligi  - 
  talaffuzning  kuchli  va  kuchsiz  bo’lishi.  Nutq  intensivligi, 
odatda,  nafas  chiqarishning  kuchayishi  yoki  kuchsizlanishiga  asoslanadi.  Masalan, 
xonadagi nutq ochiq maydondagi nutq intensivligidan kuchsizroq bo’ladi. 
     
5.  Nutq  tembri  – 
tovushning  bo’yoqdorligi.  Bunday  bo’yoqdorlik  asosiy  ton  va 
qo’shimcha  tonlar  nisbatidan  kelib  chiqib,  nutqning  ta’sirli,  quvnoq,  o’ynoqi  yoki, 
aksincha, ma’yus, g’amgin bo’lishini ta’minlaydi. 
      
6.  Pauza  – 
nutq  oqimidagi  ayrim  to’xtalishlar.  Pauzaning  sintaktik  va  nosintaktik 
turlari bor: sintaktik pauza gap bo’laklarini belgilash funktsiyasini bajaradi; nosintaktik 
pauza esa so’zlovchining nafas olishini rostlash ehtiyoji bilan yuzaga keladi. 
      
Izoh: 
Logik  urg’u  va  emfatik  urg’ular  ham,  aslida,  intonatsiya  bilan  bog’liq 
hodisalardir,  ammo  ular  urg’ular  tizimiga  ham  dahldor,  shu  bois  ularni  darslikning 
aksentuatsiyaga oid bo’limida ko’rish ma’qul topildi. 
       

Download 2,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   395




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish