47-§. Sintagma urg’usi – nutq oqimining ma’no jihatdan muhim bo’lgan qismini
(sintagmani) alohida ta’kidlash, ajratish uchun qo’llangan urg’u. Sintagmani aniqlash
mezoni ikkitadir: a) semantik mezon; b) sintaktik mezon. Bu mezonlar sintagmaning
grammatik-semantik jihatdan yaxlit bir butun konstruksiya ekanligidan kelib chiqadi.
Sintagma urg’usi fraza (gap) ichidagi mazmunan yaxlit, grammatik jihatdan bir butun
bo’lgan qismni maxsus ta’kidlash, uni shu fraza (gap) ichidagi boshqa sintagmalardan
ajratish uchun xizmat qiladigan fonetik vositadir. Buni quyidagi nutqiy parcha tahlilida
ko’rib chiqaylik: "Iqtisodiy va siyosiy sohalardagi barcha islohotlarimizning pirovard
maqsadi yurtimizda yashayotgan barcha fuqarolar uchun munosib hayot sharoitlarini
tashkil qilib berishdan iboratdir. Aynan shuning uchun ham ma’naviy jihatdan
mukammal rivojlangan insonni tarbiyalash, ta’lim va maorifni yuksaltirish, milliy
uyg’onish g’oyasini ro’yobga chiqaradigan yangi avlodni voyaga etkazish
davlatimizning eng muhim vazifalaridan biri bo’lib qoladi." (Prezident I. Karimovning
1995-yil fevral oyidagi O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi
sessiyasidagi ma’ruzasidan).
Yuqoridagi nutqiy parchada ikkita sodda yoyiq gap bor: 1."Iqtisodiy va siyosiy
sohalardagi barcha islohotlarimizning pirovard maqsadi yurtimizda yashayotgan barcha
fuqarolar uchun munosib hayot sharoitlarini tashkil qilib berishdan iboratdir". 2."Aynan
shuning uchun ham ma’naviy jihatdan mukammal rivojlangan insonni tarbiyalash,
ta’lim va maorifni yuksaltirish, milliy uyg’onish g’oyasini ro’yobga chiqaradigan yangi
avlodni voyaga etkazish davlatimizning eng muhim vazifalaridan biri bo’lib qoladi".
Har bir gap nutqning fonetik bo’linishida bir frazaga teng bo’lishini hisobga olsak,
keltirilgan nutqiy parchada ikkita fraza borligi ma’lum bo’ladi. Frazalar, ma’lumki,
katta pauzalar bilan bir-biridan ajratiladi (pauza ham fonetik vosita – intonatsiyaning
tarkibiy uzvlaridan biri). Har bir fraza taktlarga (sintagmalarga) bo’linadi. Demak,
sintagmalar frazaning kichikroq (qisqaroq) pauzalar bilan ajratiladigan parchalaridir.
Yuqoridagi ikki frazadan birinchisida quyidagi parchalar – sintagmalar bor: a)
"Iqtisodiy va siyosiy sohalardagi barcha islohotlarimizning pirovard maqsadi";b)
"yurtimizda yashayotgan barcha fuqarolar uchun munosib hayot sharoitlarini tashkil
qilib berishdan iboratdir". Bu sintagmalardan birinchisi alohida urg’u (sintagma urg’usi)
bilan yakunlangan bo’lib, uning fonetik tabiati quyidagi belgilarga ega: sintagma
oxiridagi "maqsadi" so’zining so’nggi bo’g’ini ochiq bo’lib, bu bo’g’indagi "i"
unlisi cho’ziq talaffuz etilmoqda (kvantitativ urg’u), tovush toni ko’tarilgan (ton
belgisi), kuchi esa intensivlashgan (zarb belgisi), bu hol shu sintagmaning ma’nosini
alohida ta’kidlash imkonini bergan. Sintagma urg’usidan so’ng kelgan qisqa pauza
birinchi va ikkinchi sintagmalarni bir-biridan ajratish vazifasini bajargan. Sintagma
urg’usining o’rni kuzatilgan maqsad va nutq situatsiyasiga qarab o’zgartirilishi ham
mumkin. Bunday paytda u gapning grammatik jihatlariga ham ta’sir qiladi. Qiyos
71
qiling:
Bu shifokor – Dilbarning onasi. (Bu shifokor-ega sostavi; Dilbarning onasi – kesim sostavi).
Bu - shifokor Dilbarning onasi. (Bu – ega, shifokor Dilbarning onasi – kesim sostavi).