137-§. Vulgarizmlar - haqorat ma’nosida qo’llanadigan so’zlar: xunasa, dayus, so’tak, to’nka kabilar. Bunday leksemalar yoki ularning vulgar ma’nolari adabiy til birligi sanalmaydi, ularni qo’llash nutq madaniyatiga xilof deb qaraladi, ammo badiiy asar tilida bunday so’zlardan uslubiy vosita sifatida foydalaniladi. Masalan: U qizig’ar mashinasini Qoraqamishga qarab uchirdi. (T.M.). Yolg’on gapirasan, xunasa, uyida bo’lmagansan. Ayvoni yo’q uning (T.M.). Dayus, dayus Vali tog’a, Mirvali tog’a dayus...(S.Ahm.). Hosilboyvachchaga aytib qo’y: senikini artkuncha, o’zinikini eplasin. Kelib-kelib o’shandan panoh izladingmi, e so’tak! (T.M.). Anavi to’nkani nima qilamiz? – dedi Asadbek, jahlidan tushib...(T.M.).
Do'stlaringiz bilan baham: |