114-§.Omonim omoleksemalarning turlanish va tuslanish sistemalariga munosabati. Omonim omoleksemalar nutqda turlanib yoki tuslanib turli shakllarga kiradi. Qiyos qiling: bog’-1 (ot turkumi: «mevazor, daraxtzor») va bog’-2 (ot turkumi «beda, o’t bog’lami»). Bu ikki ot nutqda turlanib, o’zaro teng bo’lgan so’z formalarini (grammatik shakllarni) hosil qiladi:
bog’-1: bog’ni, bog’ning, bog’ga, bog’lar... kabi.
bog’-2: bog’ni, bog’ning, bog’ga, bog’lar... kabi.
Bunday shakllar so’z formalari sanaladi. So’z formalaridagi tenglik omoforma omoleksemalarga ham xos (yuqorida ko’rib o’tildi). Demak, nutqda omonimlar ham, omoformalar ham so’zformalar omonimiyasini yuzaga keltirishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |