H. A. Jamolxonov hozirgi o‘zbek adabiy tili



Download 1,41 Mb.
bet146/271
Sana31.01.2022
Hajmi1,41 Mb.
#420091
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   271
Bog'liq
Жамолхонов HOZIRGI O’ZBEK ADABIY TILI

Tayanch tushunchalar


Hozirgi leksik ma’no – leksemaning hozirgi o’zbek tilidagi ma’nosi.
Avvalgi leksik ma’no – leksemaning o’tmishdagi leksik ma’nosi.
Bosh ma’no – leksemaning semantik tarkibidagi hosila ma’nolarning o’sib chiqishiga asos bo’lgan ma’no.
Hosila ma’no – bosh ma’nodan taraqqiy etib chiqqan ma’no.
Eski leksik ma’no – leksemaning hozirgi paytda arxaiklashib qolgan ma’nosi.
Etimologik leksik ma’no – leksemaning kelib chiqishida uning mazmun planiga asos bo’lgan dastlabki ma’no. U ma’no etimoni deb ham ataladi.
Shakl etimoni – leksemaning yuzaga kelishida asos bo’lib xizmat qilgan dastlabki shakl.
Leksik sinonimiya
Adabiyotlar: 4[72-73],11[31-35],19[105-110],26[39-47],27[107-113],32[68-72],93[24-28],124[3-6].


101-§. Leksik sinonimiya leksemalarning bir xil ma’no anglatishiga ko’ra guruhlanishidir: yelka, kift, o’miz (birinchi guruh); in, uya, oshyon (ikkinchi guruh); nur, shu’la, yog’du, ziyo (uchinchi guruh) va b.lar. Bunday guruhlar tilshunoslikda sinonimik qatorlar deb nomlanadi. Har bir sinonimik qatorda:
a)leksemalarning denotativ ma’nosi bir xil, ifoda semalari (ma’no qirralari, uslubiy bo’yoqlari, subyektiv baho, qo’llanish doirasi) har xil bo’ladi. Masalan, ozod, erkin, hur, sarbast leksemalari bitta denotatni – "o’z erki, haq-huquqiga egalik"ni ataydi, biroq ularda o’zaro farqlanuvchi ifoda semalari ham bir: Xususan, erkin leksemasi bir qadar betaraf ma’noli bo’lsa, ozod, leksemasida ko’tarinki ruhni ifodalash, hur leksemasida badiiy uslubga xoslik sezilib turadi, sarbast leksemasi esa eskirgan, kitobiydir. Qiyos qiling: Erkin nafas olmoq (O’TIL, 2-tom, 451). Toki, bizdan olis avlodlarga ozod va obod vatan qolsin! (I.Karimov). Yashnagan el tillarda doston, Qutlug’ nomi hur O’zbekiston (M.Sh.). Podshohning nikohida bo’lgan xotinlari posbonlar bilan uncha hisoblashmay, ko’pincha ularni qo’lga olib, sarbast yashaydilar (O.);
b)ifoda semalari ba’zan darajalanadi: yuz, bet, aft, bashara, turq leksemalarining barchasida ("yuz"dan boshqalarida) salbiy bo’yoqli semalar bor, biroq bu semalarda salbiy bo’yoqning ifodalanish darajasi har xil: u "bet"dan "turq"qa tomon ortib, kuchayib boradi. Qiyos qiling: U betlari yumdalangan, oppoq sochlari yulingan bu telba xotinni o’zining qirq yillik umr yo’ldoshiga o’xshata olmadi. (M.Ism.), Sherbekning ko’ziga Xo’jabekovning aftidan nahs tomayotgandek jirkanch bo’lib ko’rinib ketdi (S.An.), U bir ko’ngli, borib, muttaham qozining tumshug’iga tushirgisi yo iflos basharasiga tupurgisi keldi. (M.Ism.). Devor ustida turgan o’n ikki yoshlardagi bir qiz devordan kesak ko’chirib olib, Mulla Norqo’ziga o’xtaldi: "Xu o’l, turqing qursin!" (A.Q.);
d)ifoda semalari bo’lmagan, betaraf ma’noli leksemalar sinonimik qatorning dominantasi sanaladi. Chunonchi, yuz, bet, aft, bashara, turq (dominanta - yuz); nur, shu’la, yog’du, ziyo (dominanta - nur); yolg’iz, yakka, tanho (dominanta – yolg’iz) kabi. Bulardan yuz (birinchi qatorda), nur (ikkinchi qatorda) va yolg’iz (uchinchi qatorda) betaraf ma’nolidir;
e)leksemalarning turkumlik semalari bir xil bo’ladi, bu hol sinonimlarning bir so’z turkumiga birlashishini taqozo qiladi: bahor va ko’klam (ot), chiroyli va go’zal (sifat), so’zlamoq va gapirmoq (fe’l) kabi.
Yuqoridagi xususiyatlardan, ayniqsa, ifoda semalarining har xilligidan kelib chiqib, leksik sinonimlar quyidagi turlarga ajratiladi:
1.Ma’no sinonimlari (ideografik sinonimlar). Bunday sinonimlar ma’no qirralari bilan farqlanadi. Masalan, achchiqlanmoq, g’azablanmoq, qahrlanmoq leksemalari "g’azabi kelmoq" ma’nosi bilan bir sinonimik qatorga birlashadi, ammo ularda shu ma’noni ifodalash darajasi bir xil emas, u "achchiqlanmoq"dan "g’azablanmoq"qa, "g’azablanmoq"dan esa "qahrlanmoq"qa qarab kuchayib boradi.
2.Uslubiy sinonimlar (stilistik sinonimlar). Bunday sinonimlarning leksik ma’nosi ijobiy yoki salbiy bo’yoqlar (uslubiy semalar) bilan qoplangan bo’ladi, ayni shu uslubiy semalar sinonimlarning uslubiy vosita sifatidagi qiymatini belgilaydi. Masalan, jilmaymoq, iljaymoq, irjaymoq, tirjaymoq, ishshaymoq va irshaymoq leksemalarining barchasida bitta leksik ma’no – "ovoz chiqarmay miyig’ida kulish" hodisasini nomlash bor, ammo shu ma’no jilmaymoq leksemasida bir oz ijobiy, iljaymoq leksemasida esa bir oz salbiy bo’yoq bilan qoplangan, bu salbiy bo’yoq irjaymoq, tirjaymoq, ishshaymoq va irshaymoq leksemalarida yana-da ortib boradi. Qiyos qiling: U hamisha kulib, j i l m a y i b turadigan mehribon chehrani ko’rmadi (M.Ism.). Sho’xroq qiz, yigitlar i l j a y i b, bir-biriga ko’z qisib qo’yishadi ("Mushtum"). Fosih afandi bo’lsa... qora duldul ustida kuydirgan kalladay i r j a y i b o’tirar edi (M.Ism.). Fazliddin t i r j a y i b, egri-bugri tishlarining oqini ko’rsatdi (O.) Lekin Murzin hayron qolib: "U emas-ku!" – degan edi, kommendant: "Adashmang, aynan o’zi", - dedi surbetlarcha i sh sh a y i b. (Sh.). Yer yutgurlar, nima qilib i r sh a y i b turibsizlar, huv, ko’zlaring teshilsin! - dedi xotinlardan biri (M.Os.).
3. Nutqiy sinonimlar – nutqning u yoki bu turiga xoslanishi bilan o’zaro farqlanadigan sinonimlar. Masalan, ozgina, picha, sal, xiyol, jinday, qittay, jichcha qatoridagi ozgina leksemasi nutqning barcha ko’rinishlarida (adabiy nutqda xam, so’zlashuv nutqida ham) qo’llana olgani holda, picha, xiyol, jinday, qittay, jichcha leksemalari faqat so’zlashuv nutqiga xoslangandir.

Download 1,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   271




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish