15.2. Bichish usullari
Mehnat unumini oshirish va mahsulot sifatini yaxshilashga alohida ahamiyat berilayotgan hozirgi paytda tikuvchilik sanoatida tayyorlov-bichish ishlarini avtomatlashtirish eng aktual masalalardan biridir, chunki gazlamalarni qo‘lda to‘shash va bichish nihoyatda ko‘p jismoniy kuch talab qilish bilan birga, mehnat unumi nihoyatda past bo‘ladi.
15.4-rasm. Sirpantirib bichish mashinasining sxemasi
Bichish ishlarini avtomatlashtirish uchun yangi usullar topish kerak. Bu yo‘ldagi faol izlanishlar natijasida gazlamalarni qirqadigan asboblarning bir qancha yangi turlari topildi. Qirqish asboblarining qaysi tipi ishlatilishiga qarab, hozirda mavjud bichish usullarini ma`lum sistemaga solish mumkin. Bunday sistema asosan ikki xil: universal asboblarda bichish va maxsus asboblarda bichish sistemalari. Universal asboblarda bichishga ko‘chma bichish mashinalarida (disk pichoqlisi ham, vertikal pichoqlisi ham) bichish, lenta pichoqli mashinalarda bichish va qaychida bichish kiradi.a; maxsus asboblarda bichishga esa chopqilarda (bir guruh chopqilarda ham, yakka chopqilarda ham) bichish, matritsa va puanson yordamida bichish, SO lazeri nurida bichish, elektr uchqunida bichish, gidromonitorda bichish kiradi.
15.5-rasm. Ikkita valik orasidan o‘tkazib bichish sxemasi
Bichiladigan detallar shaklida yasalgan chopqilarni guruh qilib yoki yakka-yakka ishlatishga asoslangan usullar alohida ko‘rib chiqilishi lozim. Bular bichish stolini sirpantirib bichish (15.4-rasm), valiklarda bichish (15.5-rasm) va o‘yib olish presslarida bichish usullaridan iborat.
Qator ilmiy tekshirish institutlarida gazlama, trikotaj va boshqa materiallarni lazer nuri bilan qirqish yuzasidan tadqiqotlar o‘tkazildi. Lazar nuri bilan qirqilgan to‘shama profili 88-rasmda ko‘rsatilgan. Sintetik tolasi 60%dan oshmaydigan yengil va og‘ir gazlamalardan bichiladigan kiyim detallarini to‘shamadan mo‘ljallangan maxsus dasturga binoan gazli lazer yordamida qirqib olishga mo‘ljallangan mashinalar yaratildi. Bu mashinada sun`iy mo‘yna va zamsha materiallardan, to‘shama qilmay bir qavat qilib bichish ham mumkin (15.6-rasm).
15.6-rasm. Lazer nuri bilan qirilgan to‘shama profili. a) nur bir marta sekinroq o‘tkazilganda. b) nur bir necha marta tez-tez o‘tkazilganda
15.7-rasm. Gazlamalarni elektr uchquni bilan bichish
Gazlamalarni kontaktsiz bichish usullaridan yanada biri elektr uchqunlaridan foydalanish usulidir (15.7-rasm.). Elektr uchquni bilan bichish usulida gazlama 1 ustiga grafit chiziq 2 chizilib, unga elektrod 3 ulanadi. Grafit chiziqning narigi uchida yana bir elektrod 4 bo‘ladi.
Elektrodlarga yuqori kuchlanishli tok berilsa, gazlama butun grafit chiziq bo‘ylab qo‘yib qirqiladi. Hozirda gazlamalarni nihoyatda katta bosim kuchi bilan otilib chiqayotgan ingichka suv oqimida qirqish usuli ham sinab ko‘rilmoqda. Bu ham kontaktsiz bichish usuliga oid bo‘lib gidromanitorda bichish deb ataladi.
Biroq bichish ishlarini mexanizatsiyalashtirishdagi yuqorida ko‘rilgan usullar tayyorlov-bichish ishlarini to‘la avtomatlashtirish imkonini bermaydi. Sрu sababli bu nihoyatda muhim sohada ilmiy tekshirish ishlari davom etmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |