7.7. IKKI IPLI ZANJIRSIMON BAHYALI «ZARIF» (O‘ZBEKISTON) TIKUV MASHINASI
Bu mashina tikuvchilik va trikotaj buyumlari detallarini ikki ipli zanjirsimon bahyaqator yuritib tikishga mo‘ljallangan. «Zarif» tikuv mashinasi Toshkent To‘qimachilik va yengil sanoat instituti olimlari tomonidan yaratilgan bo‘lib, muallif ismi bilan atalgan. Hozirgi paytda bu mashina uchun Amerika, Polsha, Kanada, Rossiya, Xitoy va O‘zbekiston davlatlari tomonidan patent berilgan va «Dyurkopp» firmasida ishlab chiqarish rejalashtirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |