10,11- MA’RUZA: Maxsus yarim avtomatik tikuv mashinalari
REJA:
11.1 3022-M rusumli yarimavtomati
11.2 "Dyurkopp" firmasining 558-1303\EII\22 halqa yo‘rmash yarimavtomati
11.3 "Pfaff" (Germaniya) firmasining 3306-7-20-966\11 tugma qadash yarimavtomati
11.4 LK-981-555-BR-2 (Yaponiyaning "Juki" firmasi) tugma qadash yarimavtomati
11.5 "Dyurkopp" firmasining 541-15105 yarimavtomatik tikuv mashinasi
11.6 "Pannoniya" (Vengriya) firmasining CS1625K-303A puxtalama yarimavtomati
117.7 827 (Rossiya) rusumli tugma qadash yarimavtomatik tiuv mashinasi
Maxsus yarim avtomatik tikuv mashinalar ishining xususiyatlari
Tikuvchilik buyumlari detallariga ishlov berishda alohida ishlarni bajarishga mo‘ljallangan yarim avtomatlar ishlatiladi.
Puxtalaydigan va furnitura chatadigan yarim avtomat mashinalarda sermehnat texnologik operatsiyalar avtomatik bajariladi. Bu va bundan boshqa ba`zi ishlarni bajarishda materiallarning surilishi, ignaning ogishi oldindan belgilangan bo‘lib, ular bajarilayotgan operatsiya oxirigacha materiallarni bosib turadigan va furniturani tutib turadigan maxsus konstruktsiyali mexanizm yordamida bajariladi.
Tikuvchi detallarga ishlov berayotganida mashinaning old qismi tomonda utiradi. Mashina tikmayotgan paytida kiskich yoki tugma tutkich ko‘tarilgan bo‘ladi. Pedal bosilganda qisgich yoki tugma tutkich pastga tushadi va mashina ishlay boshlaydi.
Tikuv yarim avtomat mashinalarining texnologik jarayonlarda qo‘llanilishi mehnat unumdorligini anchagina oshirish, tikish sifatini yaxshilash, tikuvchilarning charchashini kamaytirish imkonini beradi.
11.1. 3022-M rusumli yarimavtomati
"Orsha" yengil mashinasozlik firmasi ishlab chiqaradigan 3022-M rusumli yarim avtomati sof jun va aralash tolali kostyumbop gazlamalardan erkaklar shimining kiyik qirqilmagan vitochkalarini bitta moki bahyaqator yuritib tikishga mo‘ljallangan. Asosiy valining aylanish chastotasi 4000 min , bahyasining yirikligi 2,5 mm, vitochkaning uzunligi 70-190 mm, kengligi 20-52 mm. Tiqiladigan materialning tepki tagida qisilgan holatdagi qalinligi ko‘pi bilan 2 mm. Ignalar 0203 № 100-120.
YArim avtomat mashina tikadigan bosh qism 10 dan (11.1-rasm), "iplar zanjirini" uzish qurilmasi 96 kiyim detali 8 ni surish mexanizmi o‘rnatilgan ish stoli, vitochka hosil qilish qurilmasi 21 dan, boshqarish pulti 14, detallari qatlamini tutib turish qurilmasi (kiskich) 3 va dazmollash qurilmasi 2 dan, mashina bosh qismining elektr yuritgichi 28, elektr va pnevmatik boshqarish apparati, chiqarish pedali 30 dan iborat. Demak, yarim avtomat markazlashtirilgan pnevmatik tarmoqqa ulangan bo‘lishi kerak.
11.1-rasm. 3022-M rusumli tikuv mashinasi (mashinaning tashqi ko‘rinishi bilan ish stoli)
Ishlashga tayyorlash. Mashina bosh qismi mexanizmlarining tutashgan detallari moylanadi. Karterlar 7,10 dagi (11.2-rasm) moy satxi aniqlanib, kamiga moy qo‘yiladi. Ip galtagi tayanchi 5 ga (11.1-rasmga qarang) galtak o‘rnatilgan bo‘ladi. Ustki va ostki iplarni taqish hamda naychaga ip urash 1022-M rusumli tikuv mashinasidagidek bajariladi. Iplar taqilgandan keyin tumbler 25 yordamida elektr shkaf 24 ning avtomatik ajratgichi ishga tushiriladi va yoritgich 18 yonadi. Sungra klapan 27 yordamida yarim avtomat pnevmatik tarmogidagi havo bosimi rostlanadi. Bosim (manometr 26 ning ko‘rsatishicha) 0,4-0,45 MPa ga teng bo‘lishi kerak. Pnevmatik apparat bosim ostida bo‘lganda reyka 5 (11.2-rasmga qarang), tepki 3, kisgich 7 (11.2-rasm) va qirqkich 4 dan iborat bo‘lgan pichoq qurilmasi yuqoriga ko‘tariladi. Boshqarish pulti 14 ning "ishga tushirish" tugmachasi 19 (11.1-rasmga qarang) bosilganda elektr yuritgich 28 ishga tushadi. "Ignani ko‘tarish" tugmachasi 15 bosilganda mashina bosh qismining maxovik gildiragi aylana boshlaydi. Agar maxovik gildirak aylanmasa, reduktsion klapan 29 ni aylantirib turib, mashina asosiy valining minimal aylanish chastotasini rostlash kerak. Igna yuqori holatdaligida knopka 15 yordamida mashinaning bosh qismi to‘xtatiladi.
"Tepki" deb ataladigan tumblyor 16 ni ungga burganda, reyka 5 (11.2-rasmga qarang) bilan tepki 3 pastga tushadi. Igna 12 ga ip takgandan keyin ip uchini tepki 9 ning (11.3-rasmga qarang) teshigidan o‘tkaziladi va igna plastinasi 3 ning arikchasiga kiritib qo‘yiladi. Qisgich 7 ipning bush uchini bosib turishi kerak, buning uchun "Pichoqni ko‘tarish" tugmachasi 12 ni bosiladi (11.1-rasmga qarang), shunda kisgich va qirqgich ko‘tariladi. Tugmacha 12 qo‘yib yuborilganda, kisgich ipni kisib koladi, natijada, bahyaqator boshlanishida bahya tashlab tikilishi bartaraf etiladi.
11.2-rasm. 3022-M rusumli yarim avtomatining old qismi. 11.3-rasm. 3022-M rusumli yarim avtomatining ip
qirqgichi.
Tumblyor 16 ni (11.1-rasmga qarang) chapga burganda tepki 3 (11.2-rasmga qarang) bilan reyka 5 ko‘tariladi. Detallari taxlamasi stolcha 23 ning ustiga qo‘yiladi (11.2-rasmga qarang), kiyim detallarining chap uchi kisgich 3 bilan kisib qo‘yilib, pnevmotaksimlagich 1 o‘lanadi. Xom ashyoning o‘ng tomonidagi uchlari qisgich tagidan 60-70 sm chikib turishi kerak. Vitochka tikilgandan keyin detalni havo oqimi yordamida soplo 7 dan dazmollagich 2 ustiga tushirish uchun, "puflash" dastagini 13 ni chapga burish kerak. Boshqarish pulti 14 dagi tugmacha yarim avtomatni istalgan vaqtda to‘xtatish uchun xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |