1950-80-yillarda zamonaviv o’zbek estrada san'atiniitg rivojlanishi. XX asrning 50-60-yiIlarida respublikamizda estrada jamoalari ishtirokida tomoshabiniar uchun konstert berish rasm bo’Ia boshladi.
1954-yilda O'zbekiston davlat filarmoniyasi tarkibida «Estrada kvarteti» ansamblini tuzdi. 1954-yili «O'zbek davlat estradasi» tashkil etildi va barcha jamoalar uning tarkibiga o'tkazlldi. Asosiy maqsad estrada musiqani rivojlantirish edi.
1957-yilda, Moskva shahrida jahon yoshlari va talabalarining VI xalqaro festivali o'tkazilish munosabati biian Toshkentda «Yoshlik» miiliy estrada ansambli tuziladi. Ansambl ikki guruhdan iborat bo’liib, "Milliy estrada ansambli" va "Estrada ansambli*' deb nomlanadi. Ansamblga yetakchi sozartdalar bilan birga B.Zokirov, L.Zokirova, N.Zokirov, F.Sodiqova, R.Nomozov, N.Eshonxo'jayev kabi xonandalar taklif etiladi.
Jamoa ijro dasturida kompozitor E.Salixov va Y.Dementevlar bastalagan yoshlik, do'stlik, tinchlik mavzusidagi qo'shiqlari o'rin oladi. O'zbekiston yosh san’atkorlari osz san'atlarini jahon yoshlari oldida namoyish qildilar va festival diplomiga sazovor boldilar.
Festivalda ilk bor xonanda Botir Zokirov o'zining estrada qo'shiqlari bilan ishtirok etadi va tomoshobinfar e'tiboriga tushadi. Uning ajoyib, noyob tembrga ega, betakror ovozi barcha tinglovchilarni maftun qildi va estrada xonandaligi faoliyatini belgilab beradi. So'ngra O'zbekistoda estrada ijrochiligiga alohida e'tibor sifatida 1958-yili O'zbekiston davlat estrada jaz orkestri tashkil qilinadi. Sh.Ramazonov badiiy rahbariligida kompozitor Anatoliy Kroll va dirijyor Yevgeniy Jivayevlar faoliyatlarini boshlaydilar. Orkestr ijro reperiuarida «Arabcha tango», afg'on xalq qo'shig'i «O, karvonboshi», «Maro bebus» qo'shilari, meksikancha «Xayr muhabbat», bir qator o'zbek xalq qo'shiqlari davrning ommabop qo'shiqlariga aylanadi,
O'zbek bastakorlari va kompozitorlari musiqa ijodiyotida, ayniqsa estrada janriga bo'lgan e'tibor oshadi va xalq musiqasi ohanglariga asoslangan va zamonaviv qo'shtq va kuylar yaratiladi. Ushbu sohada bastakorlardan M.Mirzayev, E.Salixov, Sh.Ramazonov, Yan Frenkel, A.Nesterov, A.Malaxov, X.Izomov, S.Yudakov, M.Burhonov, M.Ashrafiy, Ye.Jivayev kabi kompozitorlar o’z asarlarini yaratadilar.
«Ey mehribonim», «Namanganning olmasi», «Qahramon qizlar», «Toshkent haqida qo'shiq», «Toshkent osmoni», «Muhabbat», «Maftun bo'ldim» kabi qo'shiqlar, orkestr ijrosi uchun «O'zbekcha syuita», «Bahor», «O'yinqaroq qiz», «Lirik vals» kabi asarlar shular jumlasidandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |