Javoblari
2. Amaliyot mashg‘ulotining topshiriqlari
1. Optik eltuvchini to‘g‘ri, tashqi va ichki modulyatsiyalash jarayonlariga
tafsiv bering.
Yorug’lik nurlanishini tashqi va ichki modulyatsiyalash jarayonini amalga oshiruvchi qurilmalarni - optik modulyatorlar deb ataladi. Zamonaviy tolali optik aloqa tizimlarida va bu tizimlarni tekshirish va nazorat qilish uchun ishlatiladigаn o`lchov texnikasida diskret tuzilishli turli xil passiv optik elementlardan ham keng foydalaniladi. Yorug’lik signalini optik tolaga kiritish va undan chiqarish qurilmalari, optik ulagichlar, tarmoqlagichlar, attenyuatorlar, izolyatorlar, filtrlar, polyarizatorlar va boshqalar shular jumlasidandir.Yorug’lik nurlanishni optik tolaga kiritish va undan chiqarish qurilmalari nurlanish quvvatini yorug’lik manbaidan optik tolaga va optik toladan fotoqabulqilgichga imkon qadar yo`qotishlarsiz uzatish uchun xizmat qiladi. Ularning tuzilish xususiyatlari yorug’lik manbai, fotoqabulqilgich va optik tolaning tafsivlari bilan belgilanadi. Ayrim hollarda, o`zgarmas sathli yoki raqamli yoxud analog signal ko`rinishda mujassamlashgan nurlanish quvvatini birmuncha susaytirish zarurati tug’iladi.
to’g’ridan-to’g’riyokibevositamodulyatsiyalash.
tashqi modulyatsiyalash.
v) ichki modulyatsiyalash.
2.2.6 a – chizma.
Bu o’zgarishlar elektronlarning p-n orqali injeksiyalanishini boshqaradi va chiqayotgan optik nurlanishning jadalligini keng chegarada o’zgartiradi. Modulyatsiyalash chastotasini cheklash erkin eltuvchilarni generatsiyalash va rekombinatsiyalashning doimiy vaqtiga, shuningdek, qo’zg’atish zanjirlaridagi sig’imlarga bog’liq bo’ladi. Bevosita modulyatsiyalash nurlanish jadalligining o’zgartirishdan tashqari, LD rezonatorlari ayrim modalarning to’lqin uzunligi va amplitudasini o’zgartirib, nurlanish spektriga dinamik ta’sir qiladi, shuni ham e’tiborga olish kerakki, nurlanuvchi moda soni qancha kam bo’lsa, bu ta’sir shuncha sezilarli bo’ladi. Shu sababli tashqi modulyatorlardan foydalanish zarurati paydo bo’ladi.
Ikkinchi usul - modulyatsiyalanmagan yorug’lik manbaining nurlanishini modulyatsiyalash. Bu tashqi modulyatsiyalashdir (yuqoridagi 2.2.6 b- chizma). Tashqi modulyatsiyalashda boshqaruvchi signalning optik nurlanishga ta’sir qilishi albatta, shart. Buning uchun optik modulyator kerak.
Uchinchi usul- ichki modulyatsiyalash bo’lib, bunda nurlanishning o’zgarishi lazer rezonatori, masalan, Fabri-Pero rezonatori ichiga joylashtirilgan va uning aslligini o’zgartiruvchi tegishli optik modulyator yordamida bevosita optik nurlanish manbaida bu nurlanishni shakllantirish jarayonida sodir bo’ladi. Ba’zan optik nurlanishni modulyatsiyalashning bunday turini avtomodulyatsiyalash deyiladi (2.2.6 v - chizma).
Do'stlaringiz bilan baham: |