Guruhning shakllanishi, guruhdagi ijtimoiy-psixologik muhit, Guruhlarda rahbarlik va liderlik, boshqaruv uslublari, O’quv guruhida ijtimoiy mavqye muammosi



Download 31,56 Kb.
bet4/5
Sana31.12.2021
Hajmi31,56 Kb.
#211163
1   2   3   4   5
Bog'liq
11-Mavzu. Kichik guruhlar psixologiyasi

Rasmiy lider - liderlikka saylangan yoki tayinlangan lider bo’lib, ushbu jamoaning faoliyatiga rasman javobgar hisoblanadi. Norasmiy lider - rasmiy liderlik mavqyeini egallamaganligiga qaramay, ko’pchilik tomonidan e’tirof etilgan, obro’ga ega bo’lgan liderdir. Liderlik uslublari:

1. Avtoritar uslub.

2. Demokratik uslub.

3. Liberal uslublardan iborat.

Demak, ayni bir jamoada bir necha lider mavjud bo’lishi mumkin. Agar jamoada liderlar ko’p bo’lsa, bu ijobiy holat. Lekin bunda liderlarning ahloqiy normalari bir-biriga zid kelmasligi lozim. Liderlarning turli-tumanligi jamoa hayotining turlicha bo’lishini ta’minlaydi.

Liderlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlar jamoadagi psixologik iklimning muhim tomonidir. Bundan tashqari jamoaning psixologik iqlimiga jamoa a’zolari o’rtasidagi shaxslararo munosabatlar ham katta ta’sir ko’rsatadi. Bunda jamoa a’zolari o’rtasidagi o’zaro munosabatlarning qanchalik chuqur bo’lishi muhim rol uynaydi. Bu jihatdan o’zaro munosabatlarning 3 hil darajasini ajratib ko’rsatish mumkin:

1 - daraja: simpatiya yoki antipatiya asosida vujudga keluvchi o’zaro munosabatlar.

2 - daraja: ish yoki o’qish yuzasidan bo’ladigan o’zaro munosabatlar.

3 - daraja: insoniy munosabatlar yoki chuqur ishonchga asoslangan o’zaro munosabatlar.

Jamoadagi normal psixologik iqlimni belgilovchi bevosita ko’rsatkichlar ham mavjud:

• Jamoadagi erkinlik atmosferasi.

• Muloqot turli shakllarining mavjudligi.

• Umumiy maqsadni tushunish va unga erishishga intilish.

• Fikr - mulohazalarni ochiqchasiga aytish imkoniyatining mavjudligi.

• Tanqid qilish erkinligi. Nizolarning ham mavjud bo’lishi.

• Jamoa a’zolari o’rtasida vazifalarning to’g’ri taksimlanishi.

• Boshliqning norasmiy lider bo’lishi.

• Hodimlar qo’nimsizligining kamligi.

Bulardan tashqari jamoaning psixologik iqlimiga bir qancha omillar ta’sir ko’rsatishi mumkin.

Uquvchi, talabalar jamoasidagi ma’naviy psixologik iqlimning tashkilotchisi - o’qituvchi, guruh rahbari hisoblanadi. Har bir guruh rahbari jamoada normal psixologik iqlimni yaratish uchun unga ta’sir etuvchi omillarni yahshi bilishi zarur. Chunki yahshi tashkil etilgan jamoada normal psixologik iqlim mavjud bo’lganda guruh a’zolarining o’zlashtirishi, tartib -intizomni saqlashi ham yahshi yo’lga qo’yiladi.

Guruh va jamoalardagi shaxslararo munosabatlarni o’rganishda kuzatish, eksperiment va suhbat metodlaridan foydalaniladi. Shaxslararo munosabatlarni o’rganish metodlaridan yana biri - sosiometriya metodidir. Bu metodning mohiyati shundan iboratki, inson u yoki bu ko’rsatkich bo’yicha guruh a’zolarini tanlaydi, qilingan tanlashlar asosida kishining guruhdagi shaxslararo munosabatlar tizimida tutgan o’rni haqida hulosa chiqaradi. Demak, sosiometriya metodi yordamida guruh a’zolari o’rtasidagi simpatiya yoki antipatiyani aniqlash mumkin, sociometriya metodini operativ tarzda o’tkazish, uning natijalarini esa matematik ravishda qayta ishlash va grafik tarzda ifodalash mumkin.

Sosiometriya metodini tadqiqot metodi sifatida tan olish bilan bir qatorda uning ba’zi kamchiliklarini ham ko’rsatib o’tish zarur. Asosiy kamchilik shundan iboratki, sosiometriya metodi mavjud munosabatlar to’zilishining sabablarini aniqlash imkonini bermaydi. Shuning uchun ham sosiometriyadan olingan ma’lumotlar kuzatish, suhbat, psixologik - pedagogik eksperiment natijalari bilan to’ldirilishi lozim.

Sosiometriya metodidan guruh jamoa a’zolari o’zaro bir-birlarini yahshi bilgan holatlardagina bo’ladigan va shaxsiy munosabatlardagi haqiqiy o’rnini aniqlash, birlamchi guruhlar mavjudligi yoki mavjud emasligini topish, birlamchi guruhlarning paydo bo’lish va tarqab ketish sabablarini aniqlash mumkin.

Xulosa

Sosiometriya metodining mohiyati shundan iboratki, tekshiriluvchiga birga qilinadigan ishlar yoki guruh a’zolarining ishlarini birgalikda bajarishga hohishlari to’g’risida savollar beriladi. Beriladigan savollar tanlash ko’rsatkichlari deyiladi. Kuchli va kuchsiz ko’rsatkichlar farqlanadi. Kuchlshari chukur va barqaror munosabatlarni, kuchsizlari esa yuzaki va beqaror munosabatlarni aniclashga imkon yaratadi.

Kuchli va kuchsiz ko’rsatkichlar mazmun jihatdan turlicha bo’lishi mumkin, lekin ulardagi umumiy narsa natija, ya’ni sherik tanlashdir.

Sosiometrik tadqiqotdan olingan ma’lumotlar asosida sosiogrammalar to’ziladi. Agar guruh a’zolari soni 20 tadan ko’p bo’lsa, sosiometrik matritsa to’zish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Shuningdek, natijalarni grafik ravishda, zanjir, uchburchak yoki yulduzcha shaklida ham ifodalash mumkin. Shunday qilib, sosiometriya metodi obyektiv va aniq ma’lumotlar, ya’ni shaxsning guruh yoki jamoadagi real holatini aks ettiruvchi ma’lumotlar olishga imkon beradi va amaliy maqsadlarda foydalanishi mumkin.

Guruh — bu muayyan belgiga, masalan birgalikda faoliyat ko’rsatishning mumkinligiga va uning harakteriga, tashkil topish xususiyatlari va shu kabilar asosida ajralib turadigan insoniy umumiylikdir. Guruhlarning tasniflanishi ham shunga muvofiq tarzda bo’lib, kichik va katta guruhlarga bo’linadi - o’z navbatida ular ham real, shartli, formal hamda noformal, rivojlanish darajasi turlicha bo’lgan, ya’ni, rivojlangan va etarli darajada rivojlanmagan yoki kam rivojlangan guruhlartg. bo’linadi.


Download 31,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish