Psixologik treninglar tabiiy va maxsus tabunda quyidagi jihatlarga e’tabor berish kerak: * Har qanday treningda tashqi jismoniy defektga rzda uyushtirilgan bo’ladi Eng muhimi guruhni tashkil qilish bosqichi bo’lib, ega bo’lgan va psixik holatida buzilishlar bo’lgan kishilar ishtirok etmasliklari lozim * guruh a’zolarining soni 8 dan 12 tagacha (ba’zi hollarda 20 tagacha) bo’lgani ma’qul * ishtirokchilarning yoshi ilochi boricha taxminan teng bo’lishi, ya’ni ular orasidagi farq 4-5 yoshni tashkil etishi mumkin * ishtirokchilar orasida erkak va ayollar soni imkon boricha teng bo’lishi kerak Bundan tashqari yana quyidagilarga ham e’tabor berish lozim bo’ladi: * treningda muammosi bir xil bo’lgan odamlarni to’plash kerak * trening ishtirokchilari iloji boricha bir-biriga notanish bo’lishlari lozim * trening o’tkaziladigan xona albatta izolyatsiyalangan bo’lishi shart, ya’ni hech kim ularni bezovta qilishi mumkin emas va ular ham boshqalarga xalaqit bermasligi kerak * rasmiylashgan guruh bo’lishiga yo’l qo’ymaslik lozim * trenerdan auditoriya erkin bo’lishini ta’minlash va auditoriyani yaxshi bilish talab etiladi
TRENING BOSQICHLARI
Tashkiliy bosqich
Boshlang’ich bosqich
Asosiy bosqich
Yakuniy bosqich
ISHTIROKCHINING GURUHDAN KETISH SABABLARI
Ishtirokchilar guruhda yuzaga keladigan o’zi uchun yoqimsiz bo’lgan emotsiyalardan o’z-o’zini namoyon qilish va yaqin munosabat o’rnatishdan qo’rqib qochishlari mumkin
Chiqib ketgan ishtirokchining shaxslararo xulq-atvori guruhdagi boshqa a’zolarining xulq-atvoriga mutloq teskari bo’lishi mumkin
Guruhni tark etish o’zini namoyon qilishni, ochilishni xohlamaslikdan kelib chiqqan bo’lishi mumkin
Guruhdagi boshqa ishtirokchilar uning muammolariga ijobiy munosabat bildira olmaslikdan qo’rqish bo’lishi mumkin
Trening mashg’ulotlarining davomiyligi : 1. Haftasiga 4-5 kun, bir kunda 8 soatdan mashg’ulot o’tiladi (orada 30 yoki 60 minut tanaffus beriladi). Bu eng samarali natija beradiga trening mashg’uloti sanaladi 2. Haftasiga 2-3 kun, bir kunda 4-5 soat mashg’ulot o’tiladi. O’rtacha samarali natija beradi 3. Haftasiga 1 kun, 3-4 soatdan mashg’ulot o’tkaziladi Bunday davomiylikda tashkil etilgan trening mashg’ulotlari kamroq samara berishi mumkin.
Trening dasturini tuzayotganda quyidagilarga ahamiyat berish kerak: 1. Tanlangan mashqlar va o’yinlar umumiy treninglarning maqsadiga (u necha kun davom etishidan qat’iy nazar) va aynan shu mashg’ulotning maqsadiga to’liq mos kelishi lozim; 2. Bajarilishi lozim bo’lgan mashq va o’yinlarning ketma-ketligi guruhiy o’zaro ta’sirning rivojlanishi va guruhiy dinamikaning mexanizmlaridan kelib chiqib tanlanishi kerak; 3. Ishtirokchilarning guruhda ishlashga bo’lgan motivasiyasini hisobga olish lozim.