Guruh talabasi xolmirzayeva marjona


Xоtirаning individuаl psixоlоgik xususiyatlаri



Download 42,25 Kb.
bet7/9
Sana07.07.2022
Hajmi42,25 Kb.
#753342
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
XOLMIRZAYEVA MARJONA kurs ishi

2.1. Xоtirаning individuаl psixоlоgik xususiyatlаri.
So‘z-mantiq xotirasi. So‘z-mantiq xotirasi mazmunini fikr va mulohazalar, aniq hukm hamda xulosa chiqarishlar tashkil etadi. Insonda fikr va mulohaza turli xil shakllar yordamida ifodalangan-ligi tufayli, ularni ifodalash faqat o‘zlashtirilayotgan materiallarning asosiy ma’nosini izoxlash, talqin qilib berish yoki ular-ni so‘zma-so‘z ifodalanilishini aynan aytib berishga qaratilgan bo‘lishi mumkin. Agar ma’lumot, axborot, xabar, material ma’no ji-hatdan qayta ishlanmasa, u holda materialni so‘zma-so‘z o‘zlashtirish mantiqiy o‘rganish bo‘lmasdan, balki, aksincha, mexanik esda olib qolishga aylanib qoladi. So‘z-mantiq xotiraning vujudga kelishida birinchi signal bilan bir qatorda ikkinchi signallar tizimi asosiyat kasb etadi. Chunki so‘z mantiq xotirasi faqat insonga xos bo‘lgan xotiraning maxsus turi hisoblanib, bu xotira turi o‘zining sodda shakllari bilan hay-vonlarga ham taallukdi bo‘lgan xarakter his-tuyg‘u va obrazli xotira-lardan ham sifat, ham miqdor jihatidan keskin farq qiladi. Ana shu boisdan so‘z-mantiq xotirasi bir tomondan xotiraning boshqa turlari taraqqiyotiga asoslanadi, ikkinchidan, ularga nisbatan yetak-chilik qiladi. Shu bilan birga boshqa barcha turlarning rivojlani-shi so‘z-mantiq xotiraning takkomillashuviga uzviy bog‘liqdir. So‘z mantiq xotiraning o‘sishi qolgan xotira turlarining barqarorla-shuvini belgilaydi. Ixtiyoriy va ixtiyorsiz xotira. Xotira turlariga nisbatan boshqacha tarzda yondashish hollari uch-raydi, shu boisdan xotira faoliyati amalga oshirayotgani yaqqol, fa-ollik xususiyatlari bilan uzviy bog‘liq ravishda turlarga ajratila-di. Masalan, faoliyat maqsadiga ko‘ra ixtiyorsiz va ixtiyoriy turlar-ga bo‘linadi. Ixtiyoriy xotira deganda ma’lum maqsadni ro‘yobga chiqarish uchun, muayyan davrlarda aqliy harakatlarga suyangan holda amalga oshi-rishdan iborat xotira jarayoni tushuniladi. Bu faoliyatni, odatda, ong bevosita boshqaradi. Ko‘pincha psixologiya fanida ixtiyoriy xo-tiraga ixtiyorsiz esda olib qolish qarshi qo‘yiladi. Bu jarayon ma’-lum, kerakli topshiriq yoki vazifa qo‘ysa, esda olib qolishga yetak-lovchi faoliyat biron-bir maqsadni ro‘yobga chiqarishga yo‘naltiril-gan taqdirda yuzaga keladi. Biz matematika topishmokdari yechayotga-nimizda masaladagi sonlarni esda olib qolishni o‘z oldimizga maq-sad qilib qo‘ymaymiz. Mazkur so‘zmantiq holatda asosiy maqsad faqat masala yechishga qaratiladi, buning natijasida sonlarni (ikkinchi darajali belgi sifatida) esda sakdashga hech qanday o‘rin ham qolmaydi. Shunga qaramay, biz ularni qisqa muddatga bo‘lsada, esda saqlashga intilamiz, bu holat faoliyat yakunlangunga qadar da-vom etadi. Esda olib qolishni maqsad qilib qo‘yish, esda olib qolishning asosiy sharti hisoblanadi. Serb psixologi Radoslavevich o‘z tadqi-qotida quyidagi hodisani bayon etadi. Tajribada tekshiriluvchidan biri sinovni qo‘llayotgan tilning tushunmaganligi tufayli uning oldiga qo‘yilgan vazifalarni payqay olmagan. Buningoqibatida uncha katta bo‘lmagan tadqiqot materiali 46 marta o‘qib berilganiga qara-may tekshiriluvchiga tushuntirilib berilganidan so‘ng, u material bilan olti marta o‘qib tanishib, uni takrorlab, qismga ajratib esga qayta tushirishga erishgan. Xotiraning ixtiyoriy va ixtiyorsiz turlari xotira taraqqiyotiga ikkita ketma-ket bosqichlarini tashkil etadi. Ixtiyorsiz xotira-ning turmushda va faoliyatda katta o‘rin egallashini har kim o‘z shax-siy tajribasidan biladi. Ixtiyoriy xotiraningturmushda va faoli-yatda katta o‘rin egallashini har kim shaxsiy tajribasidan biladi. Ixtiyorsiz xotiraning muhim xususiyatlaridan biri maxsus mnemik maqsadsiz, aqliy, asabiy, irodaviy zo‘r berishsiz hayotiy ahamiyatga ega bo‘lgan keng ko‘lamdagi ma’lumot, xabar, axborot, taassurotlari-ning ko‘pchilik qismini aks ettirishidir. Shunga qaramasdan, inson faoliyatiningturli jabhalarida o‘z xotirasini boshqarish zaru-rati tug‘ilib qolishi mumkin. Xuddi mana shunday sharoitda, holat-larda, vaziyatlarda, favqulodda kerakli narsalar ixtiyoriy ravishda esda sakdash, esga tushirish yoki eslash imkoniyatini yaratadigan xotiraning mazkur turi katta ahamiyatga egaligi shubhasiz. Qisqa muddatli uzoq muddatli va operativ xotira. So‘nggi paytlarda sobiq sho‘ro va chet el psixologiyasida xotira tadqiqotchilarining e’tiborini esda olib qolishning dastlabki, boshlang‘ich daqiqalarida vujudga keladigan holatlar, jumladan, tashqi taassurot izlarining mustahkamlashigacha bo‘lgan jarayonlar, holat-lar mexanizmlar, shuningdek, ularning mustahkamlanish muddatlari o‘ziga jalb qilib kelmoqda. Masalan, biror material (shakli, mohi-yatidan qat’i nazar) xotirada mustahkam joy olish uchun bu subyekti tomonidan tegishli ravishda qayta ishlab chiqilishi, zarur materi-allarini bunday ishlab chiqish uchun ma’lum darajada muddat talab etilishi tabiiydir. Ana shu vaqt, muddat oralig‘ida xotirada qayta tiklanayotgan izlarni konsolidatsiyalash-mustahkamlash deb qabul qilingan. Mazkur jarayon inson tomanidan yaqinginada bo‘lib o‘tgan hodisalarni aks sadosidan kechinma sifatida kechiriladi va tako-millashadi.

Download 42,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish