Guruh talabasi xolmirzayeva marjona


Genetik, hаyotiy, ixtiyorsiz, ixtiyoriy xоtirа



Download 42,25 Kb.
bet3/9
Sana07.07.2022
Hajmi42,25 Kb.
#753342
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
XOLMIRZAYEVA MARJONA kurs ishi

1.1. Genetik, hаyotiy, ixtiyorsiz, ixtiyoriy xоtirа.
Yuqorida biz inson miyasiga ta’sir qilgan qo‘zg‘ovchilarning izi esda olib qolinishini ko‘rib o‘tgan edik. Navbatdagi vazifa izlar-ning mustahkamlanish jarayoni qanday kechadi, degan savolga javob berishdan iboratdir. Izlar tezda mustahkamlanadimi yoki ma’lum vaqt talab qiladimi, degan muammolar tug‘ilishi tabiiy holdir. Bu savollarni o‘rganish ko‘pginatadqiqotchilarning predmeti bo‘lib xizmat qilgan. Ko‘pgina psixologlar kuzatishlariga qaraganda, inson-ning bosh miyasi jarohatlanganda, jarohatgacha bo‘lgan qisqa vaqt ichi-da va jarohatdan keyin ma’lum vaqt oralig‘ida ta’sir qilgan qo‘zg‘ov-chilarning izi saqlanmaydi. Bosh suyagi og‘ir jarohatlanib, odam xu-shidan ketganda, shikastlangangacha qanday hodisa ro‘y berganligini va undan so‘ng ro‘y bergan hodisani sira eslay olmaydi. Bu hol ante-regrad, retrograd va anteroretrograd amneziyasi degan nom olgan. Bu holat shuni ko‘rsatadiki, asab tizimiga ro‘y bergan kuchli shok (ruhiy og‘ir favquloddagi xastalanish) miyani ma’lum muddatga unga yetib kelgan qo‘zg‘atuvchilarning izlarini saqlashga qobiliyatsiz qilib qo‘yadi. Anterograd, retrograd va anteroretrograd amneziya miya izlarini esda olib qolishga qobiliyatsiz bo‘lib qolgan vaqt oralig‘ini o‘lchash imkonini berdi. Masalan, 78-km da halokatga (avriyaga) uchragan mo-totsiklchi 64-km dan boshlab ko‘rgan barcha narsalarni esdan chiqaradi. U soatiga 60 km tezlik bilan ketayotganligi sababli halokatdan 10—15 daqiqa oldin ro‘y bergan taassurotlarning izlarini mustah-kam saqlab qola olmagan. Demak, izlarning xotirada mustahkamla-nishi yoki psixologiyada aytiladiganidek, «konsolidatsiya»lanish uchun 10—15 daqiqa kifoya qilar ekan, xolos. Shunga o‘xshash omillar asosida maxsus tajribalar o‘tkazilib, bunda sinaluvchilarga sun’iy kuchsiz shok beriladi va qanday muddat ora-lig‘i xotiradan tushib qolishi kuzatiladi. Psixolog Fedor Dmitriyevich Gorbovningtajribalari bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Sinaluvchilar berilgan sonni ilgari natijaga qo‘shib yoki undan ayirib, arifmetik operatsiyalarni bajarishlari zarur edi. Albatta, misollarni yechish davomida sinaluvchi xotirasi-da ilgarigi natijalarni saqlash kerak edi. Favqulodda «birdaniga» sinaluvchiga keskin yorug‘lik chaqnashi ko‘rinishida «shok» beriladi. Tajribalarning ko‘rsatishicha, bunday hollarda tekshiriluvchilar hozirgina olingan natijani eslaridan chiqarib qo‘yib, hisobni oxir-gisidan emas, balki oldingisidan davom ettirdilar. Tajribalar shuni ko‘rsatdiki, kuchsizgina shok ungacha bo‘lgan izlarni o‘chirar va izlarning «konsolidatsiya»lanishi uchun zarur bo‘lgan sharoitga to‘sqin-lik qilar ekan. Yuqoridagi kuzatishlar shunday fikrlar olib keldiki, izlarning mustahkamlanishi uchun muayyan vaqt talab qilinadi va ushbu faktni tekshirish uchun psixologiyada qator tadqiqotlar o‘tkazila boshlandi. Amerikaliklar tomonidan tadqiqotlar quyidagicha amalga oshi-rilgan. Hayvonlar ko‘nikma hosil qilinayotganidan bir oz vaqt o‘tgan, hayvonga elektr toki beriladi. Agar shok ko‘nikma hosil qilingani-dan 10—15 daqiqadan keyin berilsa, u holda mazkur ko‘nikma yo‘qola-di: agar ko‘nikma hosil qilinganidan keyin 45—60 daqiqa ichida be-rilsa, ko‘nikma saklanadi. Shu sababdan izlarning mustahkamlani-shi vaqti uchun 10—15 daqiqa ajratilishi kifoya qiladi. Jahon psi-xologlari olib borgan keyingi tajribalar shuni ko‘rsatdiki, shok-dan so‘ng hosil qilinadigan ko‘nikmaga ham shok salbiy ta’sir ko‘rsa-tishi mumkin. Demak, shok izlarining «konsalidatsiya»lanishigacha ta’sir qilib qolmasdan, balki miyani shunday holatga solib qo‘yar ekanki, bunda ko‘nikma hosil bo‘lishi reallikdan uzoklashadi. Hozirgi davrda shu narsa ma’lum bo‘ladiki, yuqoridagi samara (ef-fekt) faqat elektr toki yordamidagina emas, balki farmakologik elementlar ta’siri ostida ham kuzatilar ekan. Masalan, barbitu-ratlar bosh miya po‘stlog‘ini tormozlanish holatiga olib keladi; met-razol po‘stlokda kuchli qo‘zg‘alishni yuzaga keltiradi. To‘plangan ma’lumotlarga qaraganda, odamda ko‘nikma hosil qilinib, bir daqiqa o‘tgandan so‘ng barbituratlarni qabul qilish ko‘nikma izining yo‘qo-lishiga olib kelar ekan; aynan shu doza dori barbituratli ko‘nikma hosil qilingandan so‘ng 30 daqiqa o‘tgach qabul qilinsa, ko‘nikma-ning buzilishiga olib kelishi mumkin. Shunga o‘xshash natijalar metrazol bilan o‘tkazilgan tajribalarda ham kuzatilgan; ko‘nikma hosil qilingandan so‘ng 10 sekund o‘tgach, metrazol qabul qilinishi izlarning qo‘pol ravishda buzilishiga olib keladi, 10 daqiqa keyin qabul qilinsa, u holda izlarning kuchsiz saklanishi namoyon bo‘ladi, 20 daqiqa o‘tganda esa ko‘nikma butunlay sakdangan. Biroq miyaning qo‘zg‘alishiga ta’sir qiluvchi turli moddalar iz-larning saqlanishiga turlicha «chuqurlikda» ta’sir qiladilar. Ba’-zilari 3-4 kun oldin hosil qilingan ko‘nikmalarni yo‘qotsa, bosh-qalari izlarning hosil bo‘lishiga ta’sir qiladi. Ma’lum bo‘lishicha, izlarning «konsolidatsiya»lanishini tezlash-tiruvchi moddalar ham ma’lumdir. Bunday preparatlarning biri-ot-rixnindir. Bundan inyeksiya qilinsa, konsolidatsiyani tezlashti-rish bilan birga, unga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi moddalarga nisba-tan «yashovchanroq» qilib qo‘yadi. Yuqorida ta’kidlab o‘tilgan tajribalardan ko‘rinib turibdi-ki, izlarning mustahkamlanishi ma’lum vaqt talab qiladi va ushbu jarayonda turli kuch bilan ta’sir qiluvchi holatlar hukm suradi. Lekin hayvonlarning individual farqlari mavjud bo‘lib, izlar-ning konsolidatsiyasi turli hayvonlarda turlicha tezlikda ro‘y be-radi. Amerikalik psixolog Mak Gouning ko‘rsatishicha, ko‘nikma tez hosil bo‘ladigan kalamushlarga ko‘nikma hosil qilinadigan 45 sek. o‘tgandan keyin shok berilsa, izlar yo‘qoladi, 30 daqiqadan keyin shok berilsa, u holda izlar sakdanadi; ko‘pincha ko‘nikma asta-sekin hosil bo‘luvchi kalamushlarda (individual-tipologik xususiyatlarga ko‘ra) 45 sekunddan, 30 daqiqadan keyin berilgan shok izlarini bir xilda yo‘qotadi. Bu shuni ko‘rsatadiki, kala-mushlarning «tez» guruhlarida izlar 15-20 daqiqa ichida konsoli-datsiya bo‘lishga ulguradi (uzoq vaqtgacha) va ular «sekin» guruhlari-da esa izlar konsolidatsiya bo‘lishiga ulgurmaydi hamda uzoq vaqt-gacha yaxshi mustahkamlana olmaydi. Inson tomonidan muayyan izlarni o‘zlashtirish degan gap izlar-ning mustahkamlanganligi emas hali, chunki ularning mustahkamla-nishi uchun ma’lum vaqt zarurdir. Bu vaqt ko‘pgina omillarga bog‘liq bo‘lib, jumladan, bular qatoriga individual xususiyatlar va ularning imkonini kiritish mumkin. Fizik iz qolish nazariyasida neyronlardan nerv impulslari-ning o‘tishi o‘zidan keyin fizik iz qoldiradi deb taxmin qilinadi. Bu nazariya tarafdorlarining fikriga qaraganda, izlarning fizik aks etish sinapslarda yuzaga keladigan elektrik va mexanik o‘zga-rishlarda o‘z aksini topadi. Izlarning neyrofiziologik asoslari to‘g‘risida fikr yuritil-ganda Lorente, Makselein kabi olimlarning reverberlashtirish hodi-sasini (reverberlashtirish — aylancha aks ettirish demakdir) tatbiq qilinganlarini aytib o‘tish maqsadga muvafiqdir. Ularning ko‘rsa-tishlaricha, nerv hujayralaridan chiqqan aksonlar boshqa hujayra-lardagi dendritlar bilan qo‘shilishi natijasida reverberlashtirish hodisasi vujudga keladi. Protoinlar hosil bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘lgan holatlar biokim-yoviy reaksiyalar deyiladi. Bu hodisani jahon psixologlari uzoq muddatli xotiraning psixofiziologik mexanizmi deb ataydilar. Mak Konnel (AQSH) yomg‘ir chuvalchanglarida tajriba o‘tkazgan. U shartli reflekslarni hosil qilish boshqa reaksiyalardan farkdi o‘laroq, biokimyoviy reaksiyalarda (yorug‘dan qochishni mashq qilish) ikki-uch marta kamayib ketishini ko‘rsatgan. Yuqorida bayon qilingan tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, xotira sababiy bog‘lanish, ya’ni determinator holati natijasida vujudga keladi. 5.Qisqa muddatli uzoq muddatli va operativ xotira Psixikaning eng muhim xususiyatlaridan biri borliqto‘g‘risida-gi tashqi taassurotlarning, insonning individual-tipologik xusu-siyatlarining aks ettirilishi individning yurish-turishida, xattiharakatlarida, fe’l-atvorida keyinchalik uzluksiz ravishda foyda-lanishdan iboratdir. Inson xattiharakatlarining asta-sekin mu-rakkablashuvi, yangicha mazmun va shakl kasb etishi, sifatiy o‘zga- rishlarining yuz berishi, shaxsiy tajribaning kengayishi, ortishi bilan ro‘y beradi. Tashqi olamning, borliqning, turmush tarzining bosh miya katta yarim sharlarining po‘st qobig‘ida hosil bo‘ladigan obrazlari, tasvirlari, xossalari tubdan yo‘qolib ketmaydi. Voqe-likning vatashqi olamningtimsollari, tizimlari o‘zaro turli yo‘sin-da, tarzda bog‘lanib mustahkamlanadi, tartibga keladi, guruhga bir-lashadi, hayot va faoliyatning talablariga mos ravishda esda olib qolinadi; esda saqlanadi, muayyan izlarning jonlanishi natijasi-da ularning barchasi tiklanadi. Xotira insonning hayoti va faoliyatining barcha sohalarida qat-nashishi tufayli uning namoyon bo‘lish shakllari, holatlari, shart-sharoitlari, omillari ham xilma-xil ko‘rinishga egadirlar. Odatda, xotiraning turlariga va ularni muayyan turlarga ajratishda eng mu-him asos qilib, uning xarakteristikasini esda olib qolish, esda saqlash, qayta esga tushirish, tanish singari jarayonlarni amalga oshiruvchi faoliyatningxususiyatlariga bog‘liqligi olinadi. Umumiy psixologiyada xotira 5 ta muhim mezonga (bizningcha) muvofiq ra-vishda turlarga, ko‘rinishlarga ajratiladi: I. Ruhiy faoliyatning faolligiga ko‘ra xotira quyidagi turlarga bo‘linadi: a) harakat yoki motor-harakat xotirasi; b) obrazli xotira; v) his-tuyg‘u yoki hissiyot xotirasi; g) so‘z-mantiq xotira. II. Ruhiy faoliyatning maqsadiga binoan; a) ixtiyorsiz, b) ixtiyoriy, v) mexanik. III. Ruhiy faoliyatning davomiyligiga ko‘ra: a) qisqa muddatli xotira; b) uzoq muddatli; v) operativ (tezkor) xotira. IV. Ruhiy faoliyat qo‘zg‘atuvchisining sifatiga ko‘ra: a) musiqiy, b) eshitish xotirasi. V. Ruhiy faoliyatning inson yo‘nalishiga qarab: a) fenomenal, b) kasbiy. Harakat xotirasi. Inson faoliyatining har bir turiga ruhiy fa-ollikning u yoki bu ko‘rinishlari ustunlik qilishi kuzatiladi: ma-salan, harakat, hissiyot, idrok, aqd-zakovat kabi ruhiy faoliyatning ko‘rinishlari mavjuddir. Ana shu ruhiy faollik turlarining har biri tegishli harakatlarda va ularning mahsulotlarida o‘z ifodasi-ni topib, harakatlarda, hissiy kechinmalarda, tuyg‘ularda, obrazlar-da, timsollarda fikr va mulohazalarda aks etadi. Bularning barchasiga xizmat qiluvchi xotiraning o‘ziga xos turla-riga nisbatan psixologiya fanida ilmiy tushunchalar tariqasida nom berilgan: harakat, hissiyot, obrazli va so‘z-mantiq xotira. Turli harakatlar va ularning bajarilishi tartibi, tezligi, sur’ati, izchilligi va boshqalarni esda qoldirish, mustahkamlash, esga tushirishdan iborat xotira turi harakat xotirasi deb ataladi.

Download 42,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish