Guruh talabasi Xalilov Temur 2-Topshiriq


Temperament va faoliyatning individual xususiyatlari



Download 0,82 Mb.
bet2/8
Sana30.12.2021
Hajmi0,82 Mb.
#91426
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Pedagogika psixologiya(2-topshiriq)

2. Temperament va faoliyatning individual xususiyatlari.

Temperament va faoliyatning individual xususiyatlari SHaxsning individual xususiyatlari haqida gap ketganda, ularning tug„ma, biologik xususiyatlariga alohida e‟tibor beriladi. CHunki aslida bir tomondan shaxs ijtimoiy mavjudot bo„lsa, ikkinchi tomondan - biologik yaxlitlik, tug„ma sifatlarni o„zichiga olgan substrat - individ hamdir. Temperament va layoqatlar individning dinamik - o„zgaruvchan psixik faoliyati jarayonini ta‟minlovchi sifatlarini o„zichiga oladi. Bu sifatlarning ahamiyati shundaki, ular shaxsda keyin ontogenetik taraqqiyot jarayonida shakllanadigan boshqa xususiyatlarga asos bo„ladi. Odam temperamentiga aloqador sifatlarning o„ziga xosligi shundaki, ular odam bir faoliyat turidan ikkinchisiga, bir emostional holatdan boshqasiga, bir malakalarni boshqasi bilan almashtirgan paytlarda reakstiyalarning egiluvchan va dinamikligini ta‟minlaydi va shu nuqtai nazardan karaganda temperament - shaxs faoliyati va xulqining dinamik (o‘zgaruvchan) va emostional - hissiy tomonlarini xarakterlovchi individual xususiyatlar majmuidir. Temperament xususiyatlari shaxsning ichki tuzilmasi bilan bevosita bog„liq bo„lib, ularning namoyon bo„lishi uning konkret vaziyatlarga munosabatini, ekstremal vaziyatlarda o„zini qanday tutishini belgilab beradi. Masalan, inson turli vaziyatlarda o„zini turlicha tutadi: oliy o„quv yurtida talabalar safiga qabul qilganligi to„g„risidagi axborotni eshitgan bolaning o„zini tutishi, yoki hayotning ogir sinovlari (yaqin kishining ulimi, ishdan haydalish, do„stning xoinligi kabi) paytida odam beixtiyor namoyon qiladigan reakstiyalari uning temperamentidan kelib chiqadi. SHuning uchun ham ikkala vaziyatni ham kimdir og„ir-bosiqlik bilan, boshqasi esa o„zini yo„qotgudek darajada his-hayajon bilan boshidan kechiradi. SHuning uchun ham temperamentning shaxs shakllanishi va ijtimoiy muhitda o„ziga xos mavqeni egallashidagi ahamiyati juda katta. O„zini bosib olgan, hayot qiyinchiliklarini sabr-bardosh bilan ko„taradigan insonning odamlar orasidagi obro„si ham baland bo„ladi. Bu uning o„z-o„ziga nisbatan hurmatini ham oshiradi, ishga, odamlarga va narsalarga munosabatini takomillashtirib borishiga imkon beradi. Temperamentning yana bir ahamiyatli jihati shundaki, u hayotiy voqealar va vaziyatlarni, jamiyatdagi ijtimoiy guruhlarni «yaxshi - yomon», «ahamiyatli - ahamiyatsiz» mezonlari asosida ajratishga imkon beradi. YA‟ni, temprament odamning ijtimoiy ob‟ektlarga nisbatan «sezgirligini» tarbiyalaydi, professional mahorat va kasb malakasining oshib borishiga yordam beradi. Temperamental xususiyatlar aslida tug„ma hisoblansada, shaxsga bevosita aloqador va anglanadigan bo„lgani uchun ham ma‟lum ma‟noda o„zgarib boradi. SHuning uchun ham tug„ilgan chog„ida sangvinikka o„xshash harakatlar namoyon qilgan bolani umrining oxirigacha faqat shundayligicha qoladi, deb bo„lmaydi. Demak, har bir temperament xususiyatlarini va uning shaxs tizimga aloqasini bilish va shunga yarasha xulosalar chiqarish kerak. Akademik I. Pavlov temperament xususiyatlarini belgilab beruvchi uch oliy nerv tizimi xossalarini ajratgan edi: k u ch, ya‟ni nerv tizimining kuchli ko„zgatuvchilar ta‟siriga bardoshi, shunga ko„ra odamlardagi mehnatga yaroklilik, chidam kabi sifatlarning namoyon bo„lishi: m u v o z a n a t l a sh g a n l i k, ya‟ni asabdagi tormozlanish va ko„zgalish jarayonlarining o„zaro mutonosibligi, shunga ko„ra, o„zini tuta olish, bosiqlik kabi sifatlar va ularga teskari sifatlarning namoyon bo„lishi; x a r a k a t ch a n l i k , ya‟ni ko„zgalish va tormozlanish jarayonlaridagi o„zaro almashinish jarayonining tezligi va harakatchanligi ma‟nosida. Quyidagi rasmda nerv jarayonlari bilan temperament tiplari o„rtasidagi o„zaro bog„liqlik asosida temperament tiplari aks ettirilgan :

SHunday qilib, asab tizimi bilan bog„liq individual sifatlarni bilish shart, chunki ular bevosita mehnat va o„qish jarayonlarini har bir inson tomonidan, uning manfaatlariga mos tarzda tashkil etishga xizmat qiladi. Asabga bog„liq bo„lgan tabiiy xususiyatlarmizni ham umuman o„zgarmas deb aytolmaymiz, chunki tabiatda o„zgarmaydigan narsaning o„zi yo„q. SHuning uchun ham oxirgi yillarda o„tkazilayotgan tadqiqotlarda shaxs tizimida shunday ma‟kul, «hayotiy ko„rsatgichli» xususiyatlar tizimini o„rganilmoqda va unda temperamentga aloqador sifatlar ham nazarda tutilmoqda. Masalan, V.S. Merlin temperamentning psixologik tasnifi va ularning hayotiy vaziyatlarda namoyon bo„lishini boshqarish masalasida ko„p ishlar qilgan. Uning fikricha, insonda mavjud bo„lgan faollik, bosiklik, emostional tetiklik, hissiyotlarning tezda namoyon bo„lishi va o„zgaruvchanligi, qayfiyatning turgunligi, behalovatlilik, ishchanlik, yangi ishga kirishib ketish, malakalarning tez hosil bo„lishi kabi qator sifatlar asosida shaxsdagi o„sha ekstroversiya va introversiya xossalari yotadi va ularni ham o„zgartirish va shu orqali temperamentni boshqarish mumkin. SHulardan kelib chiqqan xolda shaxsning mehnat qilish uslubini tanlash va professional mahoratni ustirishda ayni shularga e‟tibor berish kerak. Masalan, ba‟zilar xoleriklarga o„xshash qiziqkon, tezkor bo„lishadi. Uning mehnat jarayonidagi ishini kuzatadigan bo„lsak, faollik, ishni tez bajarishga layoqat ijobiy bo„lsa, uning sifati, chala tashlab ketish havfi, ba‟zi tomonlariga yuzaki qarashi kishini uylantiradi. SHu nuqtai nazardan olib qaralganda, hayotda sof temperament ham bo„lmaydi va u yoki bu temperament tipi juda yaxshi ham emas. har bir tipning o„ziga xos nozik, kuchsiz tomonlari va shu bilan birga kuchli, ijobiy tomonlari ham bo'ladi.


Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish