Guruh talabasi umbarov nodirek botir



Download 60,93 Kb.
bet8/9
Sana03.07.2022
Hajmi60,93 Kb.
#734811
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
NODIRBEK UMBAROV kurs ishi

Xulosa
Diqqat — subyekt faoliyatining biror obyekt yoki hodisaga jalb qilinishi. U har qanday ongli faoliyat samaradorligining zarur shartidir. Bosh miya postlogining muayyan joylaridagi optimal qozgalish manbalari Diqqatning fiziologik asosini tashkil qiladi. Diqqat ikki turga bolinadi: ixtiyorsiz (passiv) Diqqat va ixtiyoriy (aktiv) Diqqat Ixtiyorsiz Diqqat biron tashqi sabab tasirida kishi xohishidan qati nazar hosil boladi. Bunday Diqqat odamdan iroda kuchini talab qilmaydi. Diqqatni jalb qilish uchun qozgatuvchining kuchi katta ahamiyatga ega; mas, narsaning chi-royliligi, yorqinligi, otkir hidliligi va b. xususiyatlari Diqqat ni beixtiyor tortadi. Ixtiyoriy Diqqat da psixik faoliyat oldindan belgilangan maqsad bilan muayyan narsaga ongli ravishda jalb etiladi. Diqqatning bu turi iroda kuchini talab qiladi; shuning uchun bu Diqqat irodaviy Diqqatdeb ham ataladi. Insonning butun ongli faoliyati asosan ixtiyoriy Diqqat vositasida amalga oshiriladi.
Diqqatning barqarorlik, kochuvchanlik, bolinuvchilik kabi xususiyatlari, kolami bor. Diqqatning barqarorligi uning yagona, umumiy (mas, kitob oqish, masala yechish kabi) ishga xizmat qiluvchi narsa yoki hodisaga uzoq muddat jalb bola olishidan iborat. Bunda harakat obyektlari (mas, kitob matni, masalada berilgan sonlar va shu kabilar) hamda harakatning ozi (mas, masalani yechish yollari) ozgarib turishi mumkin, lekin faoliyatning umumiy yonalishi ozgarmay saqlani-shi lozim. Kochuvchan Diqqat bir faoli-yatdan yoki narsadan boshqa faoliyat yoki narsaga tez jalb boladi. Bu xususiyat Diqqatning avvalgi narsaga qay darajada qaratilganligiga va yangi faoliyatning xususiyatiga (uning Diqqatni qanchalik qarata olishiga) bogliq. Diqqatning bolina olish xususiyati bir vaqtning ozida 2 yoki undan ortiq ish-harakat bajarishda aks etib, kop kasb egalari (mas, oqituvchi, shofyor, uchuvchi) uchun ayniqsa katta ahamiyatga ega. Bu xususiyat bir faoliyatni bajarish xiyla avtomatlashib, ikkinchi faoliyat bir qadar tanish bolib qolgandan ke-yin tarkib topadi.
Diqqat kolami uning eng qisqa vaqt ichida (goyo birdaniga) oz doirasiga sigdira olishi mumkin bolgan narsalar soni bilan belgilanadi. Shu jihatdan Diqqat keng yoki tor bolishi mumkin. Odatda, keng kolamli Diqqat yaxshi Diqqat hisoblanadi. Diqqat kolami idrok qilinayotgan narsalarning hamda ularni idrok qilayotgan kishi faoliyatining vazifasi va xususiyatiga bogliq.
Diqqatning aksi parishonxotirlikayar. Bunda odam Diqqatini biror narsaga toplay olmay, hamma vaqt boshqa narsalarga chalgiyveradi. Shunday holat kishi qattiq charchaganda, uning uchun ahamiyatsiz juda kop qozgatuvchilar mavjudligida yoki, aksincha, bitga ham qozgatuvchining odam uchun ahamiyati bolmaganda roy beradi. Mashq qilish bilan parishonxotirlikka barham berish mumkin.
Diqqatning turlari va xususiyatlari odamning juda yoshlik davridan boshlab rivojlanadi va hayoti davomida ozgarib, murakkablashib boradi.
Diqqatning ob'ektiga qarab - tashqi va ichki diqqat.
Diqqatning faoliyat turlariga qarab - individual, guruhiy va jamoaviy diqqat
Kishilarning ismini yoki berilgan bob materialini tezroq va yaxshiroq eslab qolish uchun kundalik hayotimizda biz nima qila olamiz?
Ba’zan bizni xotiramiz pastligi xavotirga soladi: biz tanish ismlarni yoki eng muhim narsalarni eslab qola olmasligimizdan; suhbatimiz mavzusini yo‘qotib, kirgan xonamizda bizga nima kerakligini yoddan chiqarib qo‘yishimizdan qo‘rqib ketamiz (Neggtapp, 1982). Bunday xotira susayishini bartaraf etish uchun nima qilish kerak?
Kirish qismida gap borgan PRTR (esda olib qolish) metodi mazkur mashqlarni taklif etadi :
Materialni bir necha bor qaytaring, uzoq muddat eslab qolish imkonini beradi. Erinmang. Ismni yodda saqlab qolish uchun uni talaffuz qilgan zahotiyoq takrorlang, biroz kutib, yana qaytaring.
• Takrorlash va material bilan ishlashga ko‘proq vaqt ajrating. Minimal darajada takrorlash bilan murakkab materialni tez o‘qish (yuzaki ko‘z yugurtirish) uning xotirada qolishiga yordam bermaydi. Materialni takrorlab, uni tanqidiy anglash katta foyda keltiradi. Faol mashq qilish (yodlash) lozim.
• Materialni eslab qolish uchun uni o‘zingizga qulay qilib tashkil eting. Keyin ularning mazmunini yaxshi eslab qolish uchun mantlarni konspekt qilib, ma’ruzalarni o‘z so‘zlaringiz bilan yozib oling. Axbarotning ongsiz ravishda takrorlashdan ma’no yo‘q. YAxshisi assotsiativ (bog‘lanishli) aloqalarni o‘rnatib, ma’lumotlarni tartibga solish, yangi materialni siz o‘zingiz bilgan va boshingizdan o‘tkazgan narsalar bilan solishtiring hamda o‘z fikringiz bilan qayta hikoya qilib bering. Bularsiz siz noqulay vaziyatga tushib qolishingiz va agar savol siz rejalashtirmagan shaklda berilgan paytda ushbu savolni tushunmay qolishingiz mumkin. Gaplarni eslab qolishning mufassal guruhini tashkil etishning ko‘proq tasavvurlariga ega bo‘ling.
• Notanish tushunchalarni yodda saqlab qolish uchun mnemoik (esga olishni osonlashtiradigan) uslublardan foydalaning, notanish so‘zlarni tayan-so‘zlar bilan bog‘lang. Nomlanishlarni obrazli tasavvur qilish uchun vaziyatlarni o‘ylab toping. Ma’lumotlarni akronimlarga ajratib chiqing.
• Assotsiativ (bog‘lanishli) aloqalar orqali xotirada axbarotni yangilab turing.
• Hayolan eslab qolish ro‘y bergan vaziyat va kayfiyatni o‘zingizda tasavvur qiling. Hayolan usha joylarga qaytib boring. Har bir aytmoqchi bo‘lgan fikringiz ketma-ketligi avvalgisining ortidan kelishi uchun qulay tarzda vaziyatlarni yodga oling.
• Voqealar yaxshi yodda saqlanib turganida hamda siz ularni esdan chiqib qolishi darajasiga etkazmasdan esga olishga harakat qiling.
• Turli xil ma’lumotlarning aralashib ketish ehtimolini minimum darajaga keltiring. Bir vaqtning o‘zida bir-biriga o‘xshash mavzularni, masalan ispan va fransuz tillarini birgalikda o‘rganmang, chunki biri ikkinchisiga halaqit qiladi.
• Bir vaqtning o‘zida biladigan bilimlaringizni ham mustahkamlab, ham aniqlashtirib olish uchun o‘z bilimlaringizni takrorlang. Keyinchalik axbarotlarni yodga olish kerak bo‘lganda, o‘zingizga ortiqcha darajada ishonib yubormang. O‘zlashtirganlaringizni takrorlang. Toza qog‘ozga bo‘limlar rejasini tuzib oling. Turli xil tushunchalarga mustaqil tarzda bobning so‘ngida ularni o‘qib chiqqinungizga qadar ularga ta’rif bering. Mashq qiling. Matnlarda, xususan mazkur bobdagi yaxshi o‘zlashtirish maslahatlari sizga yordam berishi mumkin.



Download 60,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish