SELECT AVG(AMOUNT) FROM ORDERS 85 Masalan, oraliq natijani topish lozim bo'lsin. Bu holda guruhlanishli so'rov yordam beradi. Ya‟ni SELECT operatorining GROUP BY ifodasi. Avval GROUP BY ifodasi qatnashgan quyidagi so'rovni ko'ramiz: Xar bir xizmatchi uchun buyurtma o'rtacha narxi qancha? SELECT REP, AVG(AMOUNT) FROM ORDERS GROUP BY REP REP maydoni bu xolda guruhlash maydonidir, ya’ni REP maydonning xamma qiymatlari guruhlarga ajratiladi va xar bir guruh uchun AVG(AMOUNT) ifodasi hisoblanadi. Ya‟ni quyidagilar bajariladi: So'rovlar xar bir xizmatchaga bittadan guruhga ajratiladi. Xar bir guruhda REP maydoni bir xil qiymatga ega. Xar bir guruh uchun guruhga kiruvchi xamma satrlar bo'yicha AMOUNT ustuni o'rta qiymati hisoblanadi va bitta natijaviy satr xosil qilinadi. Bu qator guruh uchun REP ustuni qiymati vash u guruh uchun so'rov o'rta qiymatini o'z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |