Yuqoridagi mulohazalarga tayangan holda, kichik biznеsni tadbirkorlik faoliyatining bir ko’rinishi sifatida, mni va mеzonlari qonunchilik bilan bеlgilangan, o’zida tadbirkorlikning tavakkalchilik, tashabbuskorlik, novatorlik, tashkilotchilik, minimal sarflar evaziga maksimal daromad olishga intilish kabi asosiy elеmеntlarini uyg’unlashtirgan ishlab chiqarish ko’lami darajasi dеb tavsiflash mumkin. Ayni shu ko’lam darajasi uning mеzonlarini bеlgilashda bosh omil hisoblanadi. “Kichik biznеs” tushunchasiga turlicha ta'rif bеrilishining asosiy sababi ham ana shu mеzonlar xilma-xil ekanligidadir. I shbilarmonlarni qo‘zg‘atuvchi kuch daromad olish ishtiyoqi bo‘lib, bu daromad ularga ishbilarmonlik firmalarini taraqqiy toptirish va o‘z ishini kengaytirish, hamda unda ishlovchilarni moddiy rag‘batlantirish uchun kerak bo‘ladi. O‘z ishini tashkil qilishda ustuvor sabab bo‘lib, inson o‘zining jamiyatdagi iqtisodiy, moddiy va ijtimoiy holati (mavqei)ni yaxshilash, o‘zining va oilasining hayoti farovonligini oshirish uchun intilishi hisoblanadi. Tadbirkorlik faoliyatiga turtki bo‘ladigan boshqa sabablar qatoriga shaxsning o‘zini ko‘rsatishga, xalqning moliyaviy resurslaridan bir qismini, qo‘shimcha mehnat va boshqa resurslarni xo‘jalik jarayoniga jalb qilishga imkon borligi, fuqarolarning qonuniy ravishda o‘z daromadlarini oshirishga, qo‘shimcha daromad keltiruvchi faoliyat turi bilan astoydil shug‘ullanishga imkoni borligi kabi omillarni qo‘shish
`
Korxona ishi amaliyotida, ishlab chiqarish moddiy ta’minotini rejalashtirishning bir qancha usullari ishlatiladi (5.1-rasm): — buyurtmali; rejadagi vazifalar asosida; amalga oshirilayotgan ehtiyojlar asosida. Buyurtmali uslub talab etilayotgan xomashyoni faqatgina ehtiyoj tug‘ilganda sotib olishni nazarda tutadi, shuning uchun ham ombor zaxiralari hosil qilinadi. Bu uslub donalab va mayda seriyalab ishlab chiqarishni, omborlashtirilishi qiyin bo‘lgan, yuqori sifatli materiallarga va ko‘p joy egallaydigan detallarga hamda sozlash ishlarini olib borish uchun zarur materiallarga bo'lgan ehtiyojni qoniqtirish uchun qo‘llaniladi. 5.1-rasm. Ishlab chiqarislining moddiy ta’minotini rejalashtirish usullari. 79 Buyurtmalar asosida moddiy ta’minot alohida va bir qancha pozitsiyalar bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin. Bir qancha pozitsiyalar bo'yicha moddiy ta’minot bir xil vaqt oraliqlaridan (masalan haftalardan) keyin amalga oshiriladi, bunda berilgan davr bo'yicha kelib tushgan arizalami hisobga oigan holda bitta umumiy buyurtma shakllantiriladi. Rejadagi vazifalar asosida moddiy ta’minot. Bu uslub materiallarga boMgan ehtiyojning determinant hisobiga asoslanadi. Bunda ma’lum davrda vujudga keladigan birlamchi va ikkilamchi ehtiyojlami aniqlash imkonini bemvchi mahsulot strakturasini hamda qo‘shimcha ehtiyojlaming ma’lum bo'lishi nazarda tutiladi. Rejadagi vazifalar asosida xomashvo bilan ta’minlashda buyurtmalar hajmi netto ehtiyojdan kelib chiqqan holda aniqlanadi, bunda rejalashtirilayotgan kelib tushishlar va omborda mavjud materiallar miqdori hisobga olinadi. Bu hisob ketma-ketligi 5.1-jadvalda ko‘rsatilgan. Materiallarga buyurtmalar faqatgina umumiy ehtiyoj mavjud zaxiralardan oshsa beriladi. Ombor zaxirasi, ko‘zlangan zaxira va sex zaxirasi tushunchalariga tasnif beramiz. Ombor zaxirasi — bu ishlab chiqarishga nio‘ljalIagan va buxgalteriya hisobida keltirilgan mavjud materiallar miqdori. Materiallarga haqiqiy ehtiyojni aniqlash maqsadida ombor zaxirasi ikki qismga ajratiladi: bclgilangan ishlab chiqarish dasturi ixtiyoriga berilgan, lekin sex tomonidan ishlatilmagan materiallar hamda olinishi mumkin bo‘lgan materiallar (mavjud zaxira). Ko‘zlangan zaxiralar — bu realizatsiyaga mo‘ljallangan va shuning uchun qo‘l ostida mavjud deb olinmaydigan materiallar miqdori. Sex zaxirasi — bu ombordan olingan va qayta ishlash maqsadida sexda joylashgan materiallar.