Javob:
Algoritmning quyidagi 5 ta xossasi bor
Diskretlilik –Diskretlilik deganda hal qilinayotgan jarayonni qadamma qadam ko’rinishi ya’ni tasvirlanishi tushuniladi ya’ni aniqlanayotgan jarayonni qadamba-qadam ko’rinishi. Agar biz biror-bir masalani olsak va uni dasturi tuzmoqchi bo’lsak masalani dasturini tuzish jarayonida uning har bir shartiga e’tibor bergan holda ketma –ketlikda bajarish tushuniladi.
Ommaviylik – algoritm o’xshash masalalar turkumini yechishi kerak.
Ommaviylik bu o’xshash masalalarga qo’llanish tushuniladi
Tushunarlilik – algoritmda beriladigan ko’rsatmalar foydalanuvchiga tushunarli bo’lib, uning talablariga javob berishi kerak.
Tushunarlilik deganda asosan berilgan ko’rsatmalar ijrochiga tushunarli bo’lishligi va uning talablariga to’liq javob berish tushuniladi.
Aniqlilik – algoritmda ma’lum tartibda amallarni bajarish nazarda tutilishi kerak va bajaruvchiga joriy qadam tugatilishi bilan qaysi qadam keyingi bo’lib bajarilishi aniq ko’rsatilishi kerak.
Aniqlilik bu aniq sondagi amallarni bajarish nazarda tutilib,ijrochiga joriy qadam tugatilishi bilan keyin bajariladigan qadam aniq ko’rsatilishi kerak ya’ni dastur tuzilish jarayonida birinchi shart bajarilib bo’lingandan keyin ikkinchi shart ham aniq qadamma qadam tushuntirilishi tushuniladi.
Natijaviylik. Har bir algoritm chekli sondagi qadamlardan so’ng albatta natija berishi shart.Bajariladigan amallar ko’p bo’lsa ham baribir natijaga olib kelishi kerak. Chekli qadamdan so’ng qo’yilgan masala yechimga ega emasligini aniqlash ham natija hisoblanadi. Natijaviylikda asosan har bir algoritmni chekli sondagi qadamlardan so’ng natija berishi tushuniladi.
3 Savol: Algoritmning to’liq qurish bosqichlarini sanab bering
Masalaning qo’yilishi
Modelni qurish
Algoritmni ishlab chiqish
Algoritm to’g’riligini tekshirish
Kodlashtirish
Dasturni tekshirish
Hujjatlashtirish
4 Savol: Algoritmik yechib bo’lmaydigan masalalarga misol keltiring
Biz bilamiz ba’zi bir masalalarni algoritmik hal etilmasligi isbotlash uchun klassik masala ni yechishda biz to’xtash masalasini qabul qilganmiz.Biz uchratishimiz mumkin shunday masalalar borki ularnimng yechimi olish uchun umumiy algoritm mavjud emas shunning uchun bu masalalarni tavsiflovchi kirish ma'lumotlari qo'llaniladigan algoritmlar ishlamaydi yoki cheksiz davom etadi.
Quyidagi masalalarda yechim olib bo’lmaydi:
𝝅 sonida 𝑥 sonining taqsimlanishini hisoblash:
𝝅 = 3,141592 … , 𝑓9(1) = 5.
𝝅 = 48𝑎𝑟𝑐𝑡𝑔(1/18) + 24𝑎𝑟𝑐𝑡𝑔(1/57) − 20𝑎𝑟𝑐𝑡𝑔(1/239).
Ixtiyoriy 𝑛 uchun (𝑛) funktsiyani hisoblash masalasi.
masalan PI soni dastur kodida M_PI kabi kiritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |