912-18 guruh talabasi
SHAVKATOV SHAHZODBEK
3-Mustaqil ish
Nazorat savollari
Kommutatsiyalash tavsifi
Marshrut tavsifi
Kommutatsiyalash masalasining tarkibi
Axborot oqimi tavsifi
Marshrutlashtirish masalasining tarkibi
Kanallarni kommutatsiyalash nimaga asoslanadi?
Javoblar
1.
Kompyuterlar ayrim topologiyaga muvofiq o’zaro fizik bog’langan va manzillashtirish tizimi tanlangan bo’lsin (1-rasmga qarang). Eng muhim muammo echilmasdan qolayapdi. Oxirgi tugunlar orasida ma’lumotlarni qnday usulda uzatish kerak?
1-rasm. Tranzit tugunlar tarmog’i orqali foydalanuvchilarni kommutatsiyalash.
Tranzit tugunlar tarmog’i orqali oxirga tugunlarning bog’lanishi kommutatsiyalash deyiladi. Jo’natuvchidan oluvchiga yo’lda yotadigan tugunlar ketma-ketligi marshrutni hosil qiladi.
Masalan, 1-rasmda keltirilgan tarmoqda 2- va 4-tugunlar to’g’ridan-to’g’ri o’zaro bog’lanmagan va ma’lumotlarni tranzit tugunlar, masalan 1- va 5-tugunlar orqali uzatishga majbur. 1-tugun o’z A va V interfeyslar orasida, 5-tugun esa F va B interfeyslar orasida ma’lumotlarni uzatilishini bajarishi kerak. bu holatda marshrut 2-1-5-4 ketma-ketlik hisoblanadi, bu erda 2 – jo’natuvchi tugun, 1- va 5 – tranzit tugunlar, 4 – oluvchi tugun.
Umumiy ko’rinishda kommutatsiyalash masalasi quyidagi o’zaro bog’langan xususiy masalalar ko’rinishida berilishi mumkin:
Ular uchun marshrutlar hosil qilinishi talab qilinadigan axborot oqimlarini aniqlash;
Oqimlarni marshrutlashtirish;
Oqimlarni harakatlantirish, ya’ni oqimlarni tanish va ularni har bir tranzit tugunda lokal (ajratilgan) kommutatsiyalash;
Oqimlarni multiplekslash va demultiplekslash.
2.
Marshrut bu jo’natuvchidan oluvchiga yo’lda yotadigan tugunlar ketma-ketligi hisoblanadi. Marshrulashtirish masalasi quyidai ikki vazifalarni o’z ichiga oladi:
Marshrutni aniqlash;
Tanlangan marshrut haqida tarmoqni ogohlantirish.
Marshrutni aniqlash ma’lumotlarni manzilga etkazish uchun ular orqali ma’lumotlar uzatiladigan tranzit tugunlar va ularning interfeyslari ketma-ketligini tanlanishini bildiradi. Agar o’zaro ta’sirlashuvchi tarmoq interfeyslari juftligi orasida ko’plab yo’llar mavjud bo’lsa, u holda qandaydir mezon bo’yicha bitta optimal yo’l tanlanadi.
Xost-manbadan xost-qabullagichga paketning yo’lini tanlanishi masalasi marshrutizator-manbadan marshrutizator-qabulagichga paketni tanlash masalasiga keltiriladi.
Istalgan marshrutlashtirish protokolining o’zagi marshrutizator-manbadan marshrutizator-qabulagichga paketni yo’lini aniqlaydigan algoritm (marshrutlashtirish algoritmi) hisoblanadi. Marshrutlashtirish algoritmining vazifasi oddiy: berilgan marshrutizatorlar va ularni bog’laydigan liniyalar ko’pligi uchun marshrutlashtirish algoritmi marshrutizator-manbadan marshrutizator-qabulagichga “optimal” yo’lni aniqlaydi. “Optimal” so’zi “minimal narxli” yo’lni bildiradi. Biz ko’ramizki, biroq amalda o’yinga xavfsizlik masalalari kabi strategik mulohazalar kiradi.
3.
Kanallar kommutatsiyalanadigan tarmoqlar haqida so’zlashini tugatishda oldin bu texnologiyaning ma’nosini yaqqol ko’rsatadigan sonli misolni ko’rib chiqamiz. Bizga 640000bit o’lchamli faylni A xostdan V xostga kanallarni kommutatsiyalash usuli orqali uzatish zarur bo’lsin. Uzatish qancha vaqtni oladi? Tarmoqdagi barcha liniyalar soni bir xil, vaqt bo’yicha ajratish printsipini ishlatadi, bunda kadrning slotlari soni 24 ga teng, liniya bo’yicha uzatish tezligi 1,536Mbit/sni tashkil etadi deb olamiz. Shuningdek A xostning tarmoq bilan bog’lanishni o’rnatishiga vaqt sarflarini 0,5 sekundga teng olamiz. Demak, aloqa liniyasining tezligi barcha aloqa kanallari orasida teng “taqsimlanishi” bois, aloqa kanali bo’yicha uzatish tezligi (1,536Mbit/s) / 24 = 64kbit/sni tashkil etadi. Endi biz aloqa kanali bo’yicha faylni uzatilishi vaqtini hisoblashimiz mumkin: 640000bit / (64kbit/s) = 10s. A xostning tarmoq bilan bog’lanishni o’rnatishiga vaqt sarflarini hisobga olish bilan faylni uzatilishi to’liq vaqtini olamiz: 10s + 0,5 s = 10,5 s. Birinchi yaqinlashida uzatish vaqti aloqa liniyalarining soniga bog’liq bo’lmaydi. Uni ham bitta liniya, ham 100 ta liniyalar hollarida 10 sekundga teng hisoblash mumkin.
4.
Axborot oqimi yoki ma’lumotlar oqimi deb ma’lumotlarni umumiy tarmoq trafigidan ajratadigan umumiy belgilar to’plami bilan birlashtirilgan uzluksiz ma’lumotlar ketma-ketligiga aytiladi.
Masalan, bitta kompyuterdan keladigan barcha ma’lumotlar – oqimni qanday aniqlash mumkin. birlashtiruvchi belgi manbaning manzili hisoblanadi. Bu ma’lumotlarni bir necha nimoqimlar yig’indisi sifatida tasavvur qilish mumkin, belgi yuborish manzili hisoblanadi. Nihoyat, bu nimoqimlardan har birini, o’z navbatida, turli ilovalar – elektron pochta, fayllarni ko’chirish dasturi, veb-server hosil qilgan maydaroq nimoqimlarga bo’lish mumkin. Oqimni hosil qiladigan ma’lumotlar turli ma’lumotlar axborot birliklari – paketlar, kadrlar yoki yacheykalar ko’rinishida bo’lishi mumkin.
Kommutatsiyalashda oqimning majburiy belgisi ma’lumotlarni yuborish manzili hisoblanadi. Yuborish manziliga asoslanish orqali tranzit tugunga kiradigan butun ma’lumotlar oqimi nimoqimlarga bo’linadi, ulardan har biri ma’lumotlarning harakatlanishi marshrutiga mos interfeysga uzatiladi. Manba va yuborish manzillari mos oxirgi tugunlar juftligi uchun oqimni aniqlaydi.
5.
Marshrutlashtirish algoritmlarini ifodalash uchun tarmoq graf sifatida qaraladi (2-rasm). Grafning tugunlari paketlarni harakatlanishi haqida qaror qabul qilinadigan marshrutizatorlar-nuqtalar, bu tugunlarni bog’laydigan liniyalar (graflar nazariyasi terminologiyasiga muvofiq “qirralar” deyiladigan) esa marshrutizatorlar orasidagi fizik liniyalar hisoblanadi. Har bir aloqa liniyasiga bu liniya bo’yicha paketning qayta uzatilishi “narxidan” iborat bo’lgan qandaydir qiymat mos keladi. Narx liniyaning fizik uzunligiga (masalan,transokean kabeli bo’yicha kadrni uzatilishi narxi quriuqlikda yotqizilgan qisqa kabel bo’yicha uzatish narxidan qimmat bo’lishi mumkin), liniya bo’yicha ma’lumotlarni uzatish tezligiga yoki liniyaning moliyaviy narxiga bog’liq bo’lishi mumkin.
2-rasm. Tarmoqning abstrakt modeli.
Tarmoqni graf ko’rinishida ko’rib chiqishda jo’natuvchidan oluvchiga minimal narxdagi yo’lni aniqlash masalasini echish uchun shunday liniyalarning ketma-ketligini topish kerakki, bunda:
yo’lning birinchi liniyasi manba bilan bog’langan;
yo’lning oxirgi liniyasi manzil bilan bog’langan;
Do'stlaringiz bilan baham: |