217-17 guruh talabasi Raxmonov Shahzod
2- AMALIY ISH
Mavzu : Loyihalarning boshqarish tizimi.( Gant Chart PERT/CPM)
Ishdan maqsad: Loyihalarni boshqarish tizimi.(Gant Chart PERT/CPM) usullari yordamida loyihalarni boshqarish hamda ularni amaliy qo’llash ko’nikmasini hosil qilish.
Gant diagrammasi ma‘lum bir loyiha jadval ko’rinishida ishlarni bajarish ketma ketliglarini hamda ularni bajarilishi uchun ajratilgan vaqtni ko’rsatadi. U 1910 - yillarda Genri Gantt tomonidan ishlab chiqilgan va biznes tizimidagi ishlarni nazorat qilish diagrammasining bir turi hisoblanadi. Gant diagrammasinig asosiy maqsadi loyihani boshqarishdan iborat. Ushbu interaktiv grafik ko’plab loyihalarda ishlatiladi. Diagrammada loyihaning bosqichlari qaysi vaqt oralig’ida bajarilishi ko’rsatilgan. Gant diagrammasi vaqt o’qi bo’ylab yo’naltirilgan chiziqlardan iborat. Har bir chiziq loyihadagi alohida vazifalardan tashkil topgan. Har bir vazifaning bajarilish vaqti bo’lib diagrammada ko’rsatilgan bo’ladi.
Demak supermarket biznes tizimini yaratish uchun bizni quyidagi vazifalarimiz mavjud :
Tashkiliy ishlar (51)
Moliyaviy ishlar (101)
Yangiliklar, o’zgartirishlar kiritilishi (10)
Modernizatsiya qilish (9)
Tanlangan obyektni qayta qurish yoki rekonstruksiya qilish (39)
Raqobatchilarni o’rganish (13)
Ehtiyojlarni o’rganib chiqish (49)
Ghant Chart diagrammasi
Ghant Chart diagrammasi “Technology roadmap”
PERT metodi bo’yicha yuqoridagi vazifamizni hisoblasak,
PERT formulasi quyidagicha
E = (O + 4M + P) / 6
Bu yerda O-bu loyiha qismining tugashini optimistik baholash, M-haqiqatga yaqin bo’lgan baholash, P-loyiha qismining tugashini pessimistik baholash. PERT usulini yaxshiroq tushunish uchun quyidagi misolni ko’rib chiqamiz.
Masalan loyiha menejeri avvalgi tajribalariga asoslangan holda vazifaning bajarilish mudatini 90 kun deb belgiladi. Bunda 90 kun M hisoblanadi. Optimistik ( O ) baholaganda 55 kun kelib chiqdi. Barcha kechikishlar, xatarlarni hisobga olgan holda pessimistic baholash 120 kunni tashkil etadi. Bunda formulaga asosan quyidagicha hisoblanadi.
(55 + 4 (90) + 120) / 6 = 89
PERT metodi bo’yicha hisoblaganimizda yuqoridagi vazifaning bajarilish muddati 89 kun ekanligini hisoblab chiqdik.
Xulosa
Men ushbu amaliy ishni bajarishim davomida Ghant Chart PERT usullari yordamida loyihalarni boshqarish hamda ularni amaliy qo’llash ko’nikmasini hosil qildim. O’zimning loyiham supermarket do’kon biznes tizimi bo’yicha amalga oshiriladigan vazifalarni o’rganib chiqdim va Ghant Chart diagrammasida qanday ishlash kerakligini unda qanday muhitlar borligini o’rganib chiqdim.
Do'stlaringiz bilan baham: |