Ma’lumotlar bazasiga ma’lumotlar yozish
Shunday qilib forma tuzildi. Endi eng asosiysini bajarish qoldi – bu formadagi ma’lumotlarni bizning ma’lumotlar bazasiga jо‘natish. Ma’lumki, ma’lumotlarni jadvalga yozish uchun SQL tilidagi INSERT buyrug‘i ishlatiladi. Masalan:
mysql> INSERT INTO Artifacts
SET title='Kamolov';
PHP skriptda bunday buyruqdan (yoki SQL dagi istalgan buyruqdan) qanday foydalaniladi, degan savol tug‘iladi. Buning uchun mysql_query() funksiyasi mavjud.
mysql_query sintaksisi
mysql_query resursi (query qatori
[, resurs link_identifier])
mysql_query() SQL-sо‘rovni MySQL ma’lumotlar bazasining link_identifier kо‘rsatkichi yordamida aniqlanadigan aktiv ma’lumotlar bazasiga jо‘natadi (bu MySQL serveri bilan biron-bir aloqaga havola). Agar link_identifier parametri о‘tkazib yuborilgan bо‘lsa, sо‘nggi ochiq aloqa ishlatiladi. Agar ochiq aloqa bо‘lmasa, funksiya parametrsiz mysql_connect() funksiyasiga о‘xshash holda MBBT (SUBD) bilan bog‘lanishga urinadi.
Sо‘rov natijasi buferlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |