EKOLOGIK VAZIFASI
Hozirgi vaqtda o`simlik gullarining changlanishida flovonoidlarni roli muhimligi to`la aniqlangan. Chunki ular tufayli hosil bo`lgan ranglar hashorotlar va qushlarni chaqiradi. Rangsiz flovan va flovonoidlar ham gullarning changlanishida muhim ahamiyatga ega. Ular yaqin ultrabinafsha nurlarni yutganligi sababli hashorotlar tomonidan yaxshi qabul qilinadi. Masalan Nashagullar turkumining ayrim vakillarida flovonoidlar faqatgina gultojibarglarning asosida joylashgan. Ammo ularga xos bo`lgan 240-380 nm nurlarning yutilishi hashorotlar, xususan asalarilarning urug’chi va nеktar joylashgan gul markazini topishga yordam qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |