Guruh talabasi mutalibova saodatning



Download 111 Kb.
bet2/4
Sana15.08.2021
Hajmi111 Kb.
#148346
1   2   3   4
Bog'liq
NAVOIY LIRIKASIDA TAZOD SAN’ATI

KIRISH.


Bugungi kunda mustaqil O’zbekistonimizda yoshlarga, jumladan, ularning har sohada yetuk, barkamol shaxs bo’lib yetishishlari,buyuk ajdodlar merosini chuqur va puxta egallashlari uchun barcha sharoitlar yaratilmoqda. Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Miromonovich har bir yozgan asarlari, har bir so’zlagan nutqlarida albatta, yoshlarga alohida e’tibor qaratadilar.Jumladan,bir asarlarida ham yoshlar mavzusiga alohida to’xtalib shunday degan edilar:

“Farzandlarimizning turli radikal va zarar g’oyalar ta’siriga tushib qolishiga yo’l qo’ymaslik- asosiy vazifamizdir.Bu boradagi ishlarni yangicha yondashuv bilan davom ettirishimiz kerak.

…Oliy o’quv yurtlari nufuzini oshirish, nodavlat ta’lim maskanlari sonini ko’paytirib, sohaga yuqori malakali kadrlarni jalb qilish va raqobatni kuchaytirish lozim.”1

Haqiqatda ham yoshlar har doim Prezidentimiz diqqat markazida. Ayniqsa, yoshlarni ulug’ bobokalonlari ijodiga qiziqish uyg’otishdagi say-harakatlari tahsinga sazovor. Misol tariqasida “Kitobxonlik” tanlovini olishimiz mumkin. 7yoshdan 30 yoshgacha bo’lgan yoshlarni qamrab olgan ushbu tanlovda Navoiy g’azallarinini yuzlab yod olgan yoshlarni ko’rib ko’zing quvnaydi, qalbing beixtiyor faxr-iftixorga to’ladi.

Yana “Murojaatnoma” ga to’xtaladigan bo’lsak,yana quyidagi fikrlar aytib o’tildi: “Jamiyatda o’qituvchi kasbi eng nufuzli va obro’li kasb bo’lishi lozimligi, muallimlarimiz bolalarga sifatli ta’lim berish va o’z ustida ishlashdan boshqa narsa haqida o’ylamasligi uchun davlat barcha sharoitlarni yaratib berishi lozimligi haqida to’xtalib o’tildi.2

Prezidentimizning yuqoridagi barcha fikrlaridan ham bilishimiz mumkinki, yoshlar har doim davlatning diqqat markazida. Davlat xizmatchilari

bo’lgan shaxslar xoh u o’qituvchi bo’lsin xoh boshqa kasb egasi barcha birday yoshlar tarbiyasi uchun birday mas’uldir.

Inson hech qachon xotirasiz yashay olmaydi. Birinchi Prezidentimiz Islom Abdug’aniyevich Karimov ham buni anglgan holda “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q” degan edilar. Haqiqatda ham biz ayniqsa, adabiyotimizni boyitgan ulug’ shaxslar- Alisher Navoiy, Bobur, Mashrab singari shaxslarni o’qimay, o’rganmay ilojimiz yo’q. bularning safini yana uzundan uzoq davom ettirishimiz mumkin. Ayniqsa, Navoiy ijodi o’zining mazmumi, hajmi, inson ruhiyatiga ta’siri bilan alohida ajralib turadi. Muhtaram Prezidntimiz Shavkat Miriyoyev joriy yilda Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligini munosib nishonlash uchun mas’ullarga bir qator topshiriqlar berdi. Jumladan, Alisher Navoiy hayoti va ijodini mamlakatimiz va xalqaro miqyosda keng o’rganish va targ’ib qilish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Alisher Navoiy nomidagi xalqaro jamoat fondini tashkil etish to’g’risida”gi qaror loyihasini ishlab chiqish va boshqa topshiriqlar yuklatildi.3

Alisher Navoiy ijodi qancha o’rganilsa, shuncha o’rganishni talab qiladigan, qancha uning ichiga kirganing sari tubi shuncha uzoqlashadigan cheksiz ummondir. Uning ijodi haqida zamondoshlari ham juda ko’plab iliq fikrlarni bildirganlar. Jumladan, Rashidiy shunday degan edi:

“U (Alisher Navoiy)ning kelib chiqishi baxshilarga borib taqaladi. Otasini “ Kichkina baxshi” deyishgan, u saroyda amaldor bo’lgan. Mir Alisher bolalikdan Sulton Husayn bilan do’stlashgan.Sulton Husayn Mirzo podshoh bo’lgach, Alisher Navoiy uning xizmatiga kelgan, mirzo uni behad qadrlab, g’amxo’rlik ko’rsatgan, Mir Alisher esa xalqqa xuddi shunday g’amxo’rlik qilgan.”4

Istiqlol yillarida mumtoz adabiy merosimiz, xususan, Alisher Navoiy ijodiga munosabat tubdan yangilandi. Endilikda ulug' shoir adabiy merosini chuqurroq tadqiq etish, u ilgari surgan g'oyalarning falsafiy asoslarini teranroq anglash, asarlarida ifodasini topgan komil inson muammosi mohiyatini tushunishga alohida e'tibor berilmoqda.

Xalqimizga singdirilgan insonparvarlik, xalqparvarlik, adolat, e'tiqod yetukligi,haqiqat, iymon, shukronalik, sabr-qanoat, kelajakka umidvorlik singari g'oyalar barcha davrlarda ham insoniyat ma'naviy kamoloti uchun muhimdir.

Respublikamizning birinchi Prezidenti Islom Abduğaniyevich Karimov mumtoz adabiyotimiz, xususan, Alisher Navoiy ijodiy merosini yuksak ma' naviy qadriyat sifatida alohida e'tirof etadilar. Prezidentimiz Alisher Navoiyning xalqimiz ma'naviy taraqqiyotidagi xizmatlarini munosib baholab, shunday degan edilar: “ Alisher Navoiy xalqimizning ongi va tafakkuri, badiiy madaniyati tarixida butun bir davrni tashkil etadigan buyuk shaxs, milliy adabiyotimiz ning tengsiz namoyondasi, millatimizning g'ururi, sha'n-u sharafini butun dunyoga tarannum qilgan o'lmas so'z san'atkoridir. Ta’bir joiz bõlsa, olamda turkiy va forsiy tilda so'zlashuvchi biror-bir inson yo'qki, u Navoiyni bilmasa, Navoiyni sevmasa, Navoiyga sadoqat va e'tiqod bilan qaramasa. Agar bu ulug’ zotni avliyo desak, u avliyolarning avliyosi, mutafakkir desak, mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak, shoirlarning sultonidir".5

Darhaqiqat, inson qalbining quvonch-u qayg'usini, ezgulik va hayot mazmunini Navoiydek teran Ifoda etgan shoir jahon adabiyoti tarixida kamdan kam topiladi va bu yetuk mutafakkir bizning bobokalonimiz ekanligidan faxrlanishimiz kerak. Zero, ona tiliga muhabbat, milliy g'urur singari tuyg'ular ham bizning ong-u shuurimizga dastavval Alisher Navoiy asarlari bilan kirib keladi. Xalqimizni, ayniqsa, yoshlarni Navoiyning bebaho merosidan bahramand etsak, madaniy yuksalishimizda, jamiyatimizda ezgu insoniy fazilatlarni kamol toptirishda shunchalik kuchli ma'naviy qurolga ega bo'lamiz. Shuning uchun ham Alisher Navoiy asarlarini o'qib-o'rganish, shoir ilgari surgan gumanistik g'oyalarning mohiyatini tushinib yetish mamlakatimizning har bir fuqarosi uchun g'oyatda muhimdir. Shuni e'tiborga olgan holda universitetlarimizning barcha fakultetlarida “Alisher Navoiy hayoti va ijodi" nomli tanlov fani ham ma'lum muddat o'qitildi. Shoir asarlari bilan yaqindan tanishib, uning ezgu ideallarini o'z ongi va shuuriga singdirilgan barkamol avlod vakillari qaysi ixtisoslik egasi bo'lishiga qaramasdan, biz qurayotgan erkin va farovon fuqarolik jamiyati, ozod va hur millatimiz kelajagi uchun fidoyi inson bo'lib yetishishiga ishonamiz.

O'zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Abdug'aniyevich Karimov so'zlagan bir nutqlarida shunday degan edilar: “Bugun hech kimga sir emaski, biz yashayotgan XXI asr- intellektual boylik hukmronlik qiladigan asr. Kimki bu haqiqatni o'z vaqtida anglab olmasa, intellektual boylikka intilish har qaysi millat va davlat uchun kundalik hayot mazmuniga aylanmasa - bunday davlat jahon taraqqiyoti yo'lidan chetda qolib ketishi muqarrardir"6,-degan edi. Mazkur fikrlar to'la ma'noda nafaqat barcha yoshlar, qolaversa, ko'proq oliy o'quv yurtlarida tahsil olib, zamonaviy bilim va Islom Karimov. Ma'ruza matni. 2008-yil. ko'nikmalarni egallayotgan biz, yoshlarga ham daxldordir.

Ulug' bobokalonimiz Hazrat Alisher Navoiyning asarlarini o'rganishda ham ana shunday intellektual bilimlarimizni ishga solgan holda harakat qiladigan bo'lsak, ayni muddao.

Alisher Navoiyning qaysi bir asarlariga nazar soladigan bo'lsak, barcha asarlarida badiiy adabiyotning go'zal namunalariga duch kelamiz. So'zlar shunchalik mahorat bilan o'z o'rnida qo'llanganki, hech birini olib tashlash yoki birining o'rniga muqobilini qo'llashning umuman imkoni yo'q. Ulardagi ma'no, mazmun shunchalik teranki, o'quvchi asarni o'qib turib shoir mahoratiga tahsinlar aytishdan boshqa chorasi yo'qdir. Shoir betakror, shunchalar jozibador topilmalarni topib qo'llaganligi unga o'zgacha bir ko'rinish, takrorlanmas jozibani baxsh etganligi hech kimga sir emas.

Ma'lumki, Sharq adabiyoti tarixining ko'p asrlik taraqqiyoti davomida adabiy an'ana muhim o'rin egallaydi. Shoirlar salaflari ijodiy merosiga murojaat qilar ekanlar, avvalo, o'z estetik qarashlariga mos, ko'ngillariga yaqin, dunyoqarashlariga nisbatan uyg'un keladigan asarlarni maqbul ko'rganlar. Yana bir tomoni, o'rta asrlar estetikasi me'yoriy xarakterda bo'lib, mavzular ko'lami hamda janrlar tabiati avvaldan belgilangan qoidalar asosida voqe bo'lgan va bu holat o'sha davr kishilarining mental dunyoqarashi bilan izohlanadi.

Alisher Navoiy ijodi Sharq adabiyotining boy adabiy an'analari zaminida maydonga keldi va o'z navbatida keyingi davr adabiyoti rivojiga samarali ta'sir ko'rsata oldi. Ma'lumki, Navoiy nafaqat o'zbek tilida, balki forsiy tilda ham salmoqli ijod qilgan va bularni bizga meros qoldirgan (forsiydagi taxallusi “Foniy" bo'lgan). Uning forsiy merosi XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab ilmiy tadqiqotlar obyektiga aylandi hamda mutaxassislar tomonidan ijobiy baholandi. Shu o'rinda ayni masalani maxsus o'rgangan tojik adabiyotshunosi, akademik Abdug'ani Mirzoyevning “Foniy va Hofiz” maqolasidan ko'chirmani keltirsak: “Umuman, Alisher Navoiyning mana shu ikki javobiya g'azalida yangi ma'no va nozik badiiy tasvir ma'lum darajada ko'p va mahorat bilan ishlatilgan bo'lib, bularni XV asrning ikkinchi yarmidagi butunlay mustaqil va birinchi darajali fors-tojik she'rlariga aylantirgan. Bu holat “Foniy" devonida tasodifiy hodisa emas.” 7

Umuman olganda Foniy forsiy tilda deyarli barcha janrlarda, jumladan, qasida janrida ham go'zal badiiyat namunalarini yaratgan.

Alisher Navoiy “Xamsat ul-mutahayyirin” da yozishicha, “Tuhfat ul-afkor" sulton Husayn Boyqaro tomonidan ijobiy baholangan: “Podshoh chun o'qub tahsin qildilar". Shoirning o'zi ta'kidlaganidek, “saltanat tariqining nafyi voqe" bo'lgan. Qasida adabiyotshunoslikda adabiy ta'sir bilan bog'liq holda hamda irfoniy talqinlar yuzasidan bir qadar o’rganilgan.

Alisher Navoiyning qaysi bir asariga nazar soladigan bo'lsak, barchasida badiiy san'atlarning go'zal namunalariga duch kelamiz. Ularni har gal o'qiganimizda o'zgacha ma'no, o'zgacha mazmun va ohangdorlik kasb etaveradi. Bu esa Hazrat Alisher Navoiyning asarlari o'qishliligi va badiiy qimmatini yanada oshirishga xizmat qiladi.




Download 111 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish