Guruh talabasi Murodov Humoyunning “Biokimyo va Molekulyar biologiya’’ fanidan tayyorlagan taqdimoti



Download 1,36 Mb.
bet3/4
Sana21.06.2022
Hajmi1,36 Mb.
#688993
1   2   3   4
Bog'liq
Murodov Biokimyo slayd.1

Initsiatsiya

  • Translyatsiya boshlanishi uchun bir nechta muhim “ingrediyentlar” kerak. Bular quyidagilardan iborat:
  • Ribosoma (katta va kichik subbirliklardan iborat boʻlgan)
  • Oqsil tuzilishi haqida maʼlumotga ega boʻlgan iRNK
  • Birinchi aminokislota boʻlgan metioninni tashib yuruvchi “initsiator” tRNK
  • Initsiatsiya jarayonida yuqoridagi qismlar darhol bir joyga yigʻiladi. Birgalikda ular initsiatsiya kompleksini hosil qiladi va bu toʻplam yangi oqsil sintezini boshlaydi.

Bizning hujayralarimiz (va boshqa eukariot hujayralar)da initsiatsiya quyidagicha kechadi: birinchidan, metioninni tashuvchi tRNK ribosomaning kichik subbirligiga birikadi. Birgalikda ular (yadroda ishlov berish paytida biriktirilgan) 5ʼ GTF qalpogʻini tanib, iRNKning 5ʼ uchiga bogʻlanadi. Keyin ular iRNK boʻylab 3ʼ yoʻnalish boʻyicha “harakatlanadi”, boshlangʻich kodonga yetib borganida toʻxtaydi (odatda birinchi AUG aminokislotasi keladi, lekin har doim ham emas).

Bakteriyalarda bu jarayon biroz boshqacha. Ularda kichik ribosomal subbirlik iRNKning 5ʼ uchidan 3ʼ uchiga qarab harakatlanmaydi. Buning oʻrniga u toʻgʻridan toʻgʻri iRNKdagi muayyan ketma-ketlik bilan bogʻlanadi. Bu Shayn-Dalgarno ketma-ketligi start kodonlardan oldin keladi va ularni ribosomaga “yoʻnaltirib” beradi.

  • Bakteriyalarda bu jarayon biroz boshqacha. Ularda kichik ribosomal subbirlik iRNKning 5ʼ uchidan 3ʼ uchiga qarab harakatlanmaydi. Buning oʻrniga u toʻgʻridan toʻgʻri iRNKdagi muayyan ketma-ketlik bilan bogʻlanadi. Bu Shayn-Dalgarno ketma-ketligi start kodonlardan oldin keladi va ularni ribosomaga “yoʻnaltirib” beradi.

Elongatsiya

  • Elongatsiya
  • Translyatsiyaning oʻrta bosqichi oʻz nomiga mos: elongatsiya – polipeptid zanjirning uzayish bosqichi.
  • Aslida zanjir oʻsishi qanday amalga oshadi? Buni bilish uchun elongatsiyaning birinchi bosqichini koʻrib chiqamiz – boshlangʻich kompleks hosil boʻlgan, ammo aminokislotalar hali zanjirga bogʻlanmagan.
  • Dastlab metionin tashuvchi tRNK ribosomaning oʻrta boʻshligʻida P saytidan boshlaydi. Keyinchalik yangi kodon uning yonidagi A saytga joylashtiriladi. Ushbu sayt antikodoni kodon bilan mos keladigan navbatdagi tRNK uchun “qoʻnadigan sayt” hisoblanadi.
  • Terminatsiya
  • Hamma narsaning yakuni boʻlgani singari, polipeptid zanjiri hosil boʻlishining ham yakuni mavjud. Translyatsiya jarayonining yakuni terminatsiya deyiladi. Terminatsiya jarayoni iRNKning stop kodonlari (UAA, UAG yoki UGA) A saytga kirganida sodir boʻladi.
  • Stop kodonlar (tRNK boʻlmasa ham) P saytga mos keladigan relizing faktorlari deb nomlangan oqsillar tomonidan taniladi. Relizing faktorlar odatda peptid bogʻlarini tashkil etadigan ferment bilan bogʻliq: ular zanjirning oxirgi aminokislotasiga suv molekulasini biriktiradi. Ushbu reaksiya zanjirni tRNKdan ajratadi va yangi hosil boʻlgan oqsil chiqariladi.
  • Keyin-chi? Yaxshiyamki, translyatsiya “anjomlari” koʻp marta qayta ishlatishga moʻljallangan. Kichik va katta ribosomal subbirliklar va iRNK bir-biridan ajralib chiqqandan soʻng, har bir element translyatsiyaning boshqa turida qatnashishi mumkin (bu odatda tez amalga oshiriladi).

Download 1,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish