611-19 guruh talabasi Mirboltayev Qobiljon
Fan: Kiberxavfsizlik asoslari
14-amaliy mashg’ulot
Mavzu: Risklarni baxolash usullari
Ishdan maqsad: Korxonaning axborot xavfsizligi risklarini aniqlash, tahlil qilish va ularni
minimallashtirish bo’yicha eng samarali choralarni taklif qilish nazarda tutilgan.
Nazariy qism
Kompyuter tizimlarining axborot xavfsizligini buzilishi risklarini baholash axborot
xavfsizligini boshqarish jarayonining muhim tarkibiy qismlaridan biridir.
Risk - bu aktiv yoki aktivlar guruhining zaifliklaridan foydalangan holda tahdidni amalga
oshirish natijasida tashkilotga yetkazilishi mumkin bo’lgan zarar.
Risk voqea va uning oqibatlari ehtimolligi yig’indisi sifatida belgilanadi.
Risklar tahlili - bu xavf omillarini aniqlash va ularning ahamiyatini baholash jarayoni bo’lib,
istalmagan hodisalarning ro’y berishi va maqsadlariga erishishiga salbiy ta’sir ko’rsatish.
Risklarni tahlil qilish, baholash va ularni kamaytirish yoki u bilan bog’liq salbiy ta’sirlarni
yumshatish usullarini o’z ichiga oladi. Ya’ni Resurslarga berilgan baholar, tahdidlar va
zaifliklar asosida risklar darajasini (o’lchovlarini) aniqlash va hisoblash.
Risklarni tahlil qilishning maqsadi potensial sheriklarga loyihada ishtirok etishning
maqsadga muvofiqligi to’g’risida qaror qabul qilish va mumkin bo’lgan moliyaviy
yo’qotishlardan himoya qilish choralarini ishlab chiqish uchun zarur ma’lumotlarni
berishdir.
Risk tahlilini quyidagi turlarga bo’lish mumkin:
sifat;
miqdoriy.
Sifat tahlili risk turlari, hosil bo’lish omillarini aniqlash vazifasini bajaradi.
Risklarning miqdoriy tahlili individual xavflar va umuman loyihaning xavfini aniqlash
imkoniyatini yaratishi kerak.
Risklarni boshqarish xavflarni maqbul darajaga tushirish uchun qarshi choralarni aniqlash
va tanlashdan iborat.
Riskni baholashning maqsadi quyidagilarni aniqlashdan iborat:
mavjud xatarlarning maqbulligi;
birinchi navbatda kamaytirish kerak bo’lgan, qabul qilinishi mumkin bo’lmagan xatarlarni
aniqlash;
qabul qilinishi mumkin bo’lmagan xavflarni kamaytirish uchun iqtisodiy maqsadga muvofiq
bo’lgan himoya choralarini aniqlash.
Topshiriq varianti:
Advokat ofisi xavfsizlik tizimining tahlikasini baholash.
Tahdid nomi
Vujudga
kelish
ehtimoli
Amalga
oshiriladigan
Zarar
Xavf
Zararliy dastur
.
6
6
36
Foydalanuvchilarning xatolari
yoki malakasizliklari.
5
3
15
Ichki tahdidlar
4
3
12
Elektr uzulishlar
3
3
9
Tabiy ofatlar
2
2
4
Jami xavflar yig’indisi
76
Xulosa:
Kollej xavfsizlik tizimining tahlikasini baholashda quyidagi yuzaga kelishi mumkin bo’lgan
xavflar inobatga olindi: avvalo eng katta xavf bu tabiiy ofatlar, baxtsiz xodisalar bo’lib,
buning oqibatida muhim ma’lumotlar, hujjatlarni yo’qolishiga, shuningdek, moddiy
zarar keltirib chiqaradi, shuning uchun bino tashqi va ichki tomondan mustaxkam
qurilishni talab etadi.
Ikkinchi yuzaga kelishi mumkin bo’lgan xavflardan biri elektr uzilishlar bo’lib, buning
oqibatida tarmoq xavfsizlikka javob bera olmasligi va oqibatda xakkerlar hujumiga
uchrashi mumkin, shuning uchun qo’shimcha elektr energiya manbalarini ko’paytirish,
quyosh panellaridan foydalanish maqsadga muvofiq. Yana bir katta xavflardan biri
foydalanuvchilarning xatolari oqibatida yuzaga keladigan xavfdir. Buning oqibatida ham
ma’lum miqdorda zarar ko’rish ehtimoli mavjud. Zararli dasturlar natijasida ham tarmoq
ma’lum darajada ishdan chiqishi yoki xavfsizlikka yetarli darajada javob bera olmasligi
mumkin. Buning oldini olish uchun xavfsizlik siyosatini kuchaytirish talab etiladi. Yana
bir asosiy xavflardan biri ichki tahdidlar bo’lib, biror hodim yoki hodimlar tomonidan
yashirincha ma’lumotlarni tashqariga chiqishi oqibatida ham xavf yuzaga keladi. Buni
oldini olish uchun xavfsizlik tizimini kuchaytirish, kuzatuv kameralari yoki shunga
o’xshash qurilmalardan foydalanish maqsadga muvofiq.