Guruh va uning turlari
- Real guruhlar deb, bir jamiyatda yashab, kishilar bilan haqiqiy, real munosabatga kirishish yo`li bilan tuzilgan guruhga aytiladi. Masalan: yoshlar jamoa guruhi, bolalar guruhi (bir maktab doirasida) sinflar, talabalar guruhi. NamDUning fizika fakul’teti 3 - kurs talabalari guruhi real guruhdir. Demak, real guruhga kiradigan kishilar doimo bir - biri bilan munosabatda bo`lib, bir -biriga yordam beradi. Bizga ma`lumki, odamni mehnat yaratgan, shuning uchun kishilarning 1 - guruhlari mehnat guruhlari bo`ladi. Masalan: oila mehnat guruhiga kiradi. Ibtidoiy jamiyatda yashagan qabilani guruhlarga kiritish mumkin. Guruhlarning eng kattasi - bu butun insoniyatdir.
Real guruhlar
- Referent guruh - shaxs shartli va real guruhdagi kishilarning so`zlariga kirmasligi mumkin. Shaxsning o`z referent guruhi ham bo`ladi, bu kompaniya bo`lishi mumkin. Referent guruhdagi kishilar shaxsga har tomonlama yoqadi, ularni hurmat qiladi, gaplariga quloq soladi. Masalan: bola ota - onasining so`ziga kirmasligi, maktabda o`qituvchining gapiga kirmasligi mumkin. Ammo u referent guruhdagi boshliqning gapiga so`zsiz itoat qiladi. SHuning uchun tarbiyachi, ota - ona agar bolani tarbiyalay olmasalar, uning referent guruhini aniqlab, shu guruhning sardori orqali ta`sir etishlari mumkin. Odatda guruhlar tasodifan to`planib qolgan kishilardan ham tashqil topishi mumkin. Masalan: poezd kupesida, avtobusda uzoq safarga ketayotgan kishilar, kasalxonada yoki sanatoriyada davolanayotgan kishilar guruh bo`lishi mumkin. Bunday guruhlar norasmiy guruh deyiladi. Rasmiy guruhga talabalar, o`quvchilar guruhlari kiradi. Cнunki rasmiy guruhlar buyruqlar asosida tuziladi.
Referent guruh
- Norasmiy liderlar referent guruh boshliqlari, bo`lishi mumkin. Tashqilotchilar ham norasmiy lider hisoblanadi. Liderlar o`z ortlaridan boshqalarni ergashtira oladigan kishilardir. Ularda tashqilotchilik qobiliyatlari shakllangan bo`ladi. Guruhdagi kishilar konformli, ya`ni kelishuvchan, kechirimli bo`lishlari lozim. Agar guruh uyushgan bo`lsa konformlilik kuchli bo`ladi. Jamoadagi shaxslar konformlilik asosida barcha ishlarni amalga oshirishlari mumkin. Guruh yoki jamoada kelishuvchanlik bo`zilsa, muloqot to`g`ri amalga oshirilmasa konfliktlar - nizolar kelib chiqishi mumkin. Nizolar ikki xil bo`ladi: a) shaxsiy adovatlar asosida kelib chiqadigan nizolar; b) xizmat (ish) yuzasidan kelib chiqadigan nizolar. Nizolarni bartaraf qilish rahbar - liderlarning qobiliyatiga bog`liq.
Jamoada yoshlarda umumiy axlok normalariga to`g`ri keladigan munosabatlar: talabchanlik, odillik, jamoachilik, o`rtoqlik, g`amxo`rlik, nazokatlilik, sofdillik, vatanparvarlik, mehr - muruvvatlilik kabi xislatlar shakllantiriladi
Har bir jamoaning o`z lideri – boshlig`i bo`ladi. Lider shu jamoa ichidan etilib chiqishi kerak. Lider rasmiy va norasmiy bo`lishi mumkin. Rasmiy lider yuqoridan tayinlanadi. Masalan, rahbarlar tayinlanadi
Do'stlaringiz bilan baham: |