Ruhimda yashaydi bir vahshiy odam kuzatib yotadi fel-atvorimni qancha sipo ko`rinsam shuncha darg’azab. Agar kishi ong oqimini fikrlashga yo`naltirsa, «vahshiy odam» kimligini anglab etadi. U iblis-shayton. Ma`lumki, shayton ezgulikdan bezovta bo`lsa, yomon amollardan gul-gul yonadi. Modern she`riyatning sara namushalarini yaratayotgan shoirlardan biri Fahriyordir. Uning she`rlari kutilmagan tashbehlarga boyligi bilan ajralib turadi. Umidlarim kulini sochdim, Men boshimga oqarar sochim. Qolaverdim, qayonlar ketding, Sen mendagi o`zingdan qochib? – deya yozadi Fahriyor. Umidlar ushalavermagach, hijronda qalb otashga aylanadi. Umid eng oxirida o`ladi deganlaridek, yana umidlar… Ular otashda kuyib, kulga aylanadi. Umidlar qalangani sari umidko`proq alangalanadi Ko`rib turganimizdek, modern she`riyat hayotni, olam va odamni yomon illatlardan yiroq ko`rishni istaydi. Bunday xususiyatni Abduvali Qutbiddin, Davron Rajab, Boltaboy Bekmatov, ikrom Iskandar, Go`zal Begim she`rlaridan topish mumkin. Lekin zamonaviy she`riyatda beo`xshov tashbehlar, umuman izohlash mumkin bo`lmagan tasvirlar ham uchraydiki, ular ham modern she`riyat nomi bilan gazeta jurnallarimiz sahifalaridan o`rin olmoqda Zamonaviy she`riyatda xalqona ohanglarga ehtiyojning ortib boratgani kuzatilmoqda.Mumtoz she`rshunoslikda «Sahlu mumtani» deb ataluvchi sanat mavjud. Bir qarashda bu usulda yozishdan ososn narsa yo`qdek ko`rinadi. Biroq buni uddalash maholdir. Unda fikrni ohorli aytish, fikrni lo`nda v maromiga etkazib aytish hammaning ham qo`lidan kelavermaydi. - Zamonaviy she`riyatda xalqona ohanglarga ehtiyojning ortib boratgani kuzatilmoqda.Mumtoz she`rshunoslikda «Sahlu mumtani» deb ataluvchi sanat mavjud. Bir qarashda bu usulda yozishdan ososn narsa yo`qdek ko`rinadi. Biroq buni uddalash maholdir. Unda fikrni ohorli aytish, fikrni lo`nda v maromiga etkazib aytish hammaning ham qo`lidan kelavermaydi.
Mahmud Toir ijodida shunday misralar bor: Mahmud Toir ijodida shunday misralar bor: Ko`klam qabog’i Muncha uyuldi. Osmon ko`zidan YOshi quyuldi. Jismu jonimda G’alat titroqlar. Shabnamdan sharob Ichar yaproqlar. Tuyg’ularning obrazli tasvirini bu tarzda berish dushvor. Chinakam ilhom samarasi o`laroq yaraladi bu xil misralar .Mustaqillik davri she`riyatida yangi tamoyillar bilan bir qatorda mumtoz adabiyot an`analari asosida she`rlar ham ko`plab yaratildi. Mumtoz she`riyat janrlaridan g’azal, ruboiy va masnaviy shaklida asarlar ko`plab yaratildi. Ularning eng sara namunalari barcha davrlarda bo`lgani singari musiqaga solinib, xalq xukmiga havola qilinayotganligi quvonchli holdir - .Mustaqillik davri she`riyatida yangi tamoyillar bilan bir qatorda mumtoz adabiyot an`analari asosida she`rlar ham ko`plab yaratildi. Mumtoz she`riyat janrlaridan g’azal, ruboiy va masnaviy shaklida asarlar ko`plab yaratildi. Ularning eng sara namunalari barcha davrlarda bo`lgani singari musiqaga solinib, xalq xukmiga havola qilinayotganligi quvonchli holdir
E’TIBORINGIZ UCHUN TASHAKKUR!!!
Do'stlaringiz bilan baham: |