chizma. Tashqi savdoda kvotalar qo’llanilishining iqtisodiy oqibatlari
Eksport subsidiyalari va kompensatsion import bojlari
Ko’pchilik hollarda eksportni davlat tomonidan rag’batlantirish tadbiri
sifatida ko’pgina mamlakatlarda eksport subsidiyalari qo’llaniladi. Bunda tajriba -
konstruktorlik ishlari va eksportga mo’ljallangan ishlab chiqarishni bevosita
moliyalashtirish yoki bu maqsadlarga davlat byudjetidan imtiyozli kreditlar berish
ko’zda tutiladi.
Eksport subsidiyalari turli shakllarda qo’llaniladi. Bularga:
-
eksportyor firmalarga yoki xorijiy sheriklarga past foizli kreditlar
berish; - reklama xarajatlarini davlat hisobidan qoplash, bozor konyukturasi
haqida tekin axborot etkazib berish;
-
firmalarga ishlab chiqarish hajmidagi eksport ulushiga muvofiq soliq
imtiyozlarini berish;
-
bevosita subsidiyalash kiradi.
Amaliyotda eng ko’p subsidiya oluvchi tarmoq qishloq xo’jaligi
hisoblanadi.
Eksport subsidiyalarining berilishi milliy ishlab chiqaruvchilarining tashqi
bozorda raqobatbardoshligini oshiradi. Ammo importyor davlatlar tomonidan
kiritiladigan kompensatsion import bojlari bu yutuqni yo’qqa chiqarishi mumkin.
Oqibatda eksportyor davlat byudjeti yo’qotishga uchraydi, importyor davlat
byudjeti esa qo’shimcha daromad ko’radi. Bu tadbir dempingga qarshi kurash
ko’rinishlaridan biridir. Dempingga karshi qaratilgan bojlar jahon amaliyotida
keng qo’llanilib, o’zida qo’shimcha import bojlarini aks ettiradi. Ular odatda, jahon
narxlaridan yoki import qilayotgan mamlakat ichki narxlaridan past narxlar
bo’yicha, eksport qilinayotgan mahsulotlarga o’rnatiladi. Bu bojlarni belgilash
haqidagi qarorni xalqaro sud mahalliy ishlab chiqaruvchilar va sotuvchilar
murojaatidan so’ng chiqaradi xamda uning miqdorini va to’lash tartibini
belgilaydi. Masalan, dempingga qarshi bojlar o’z valyuta resurslarini to’ldirish
maqsadida jahon bozoriga xom ashyo resurslarini eksport qilishni ko’paytirgan
sobiq ittifoqdosh respublikalarga nisbatan faol qo’llanilmoqda.
Ixtiyoriy ravishda eksportni cheklash eksport kvotalarining bir turi bo’lib,
xorij mamlakatlarining ayrim mamlakatlarga "ixtiyoriy" eksport miqdorlarini
cheklashdan iborat. Bu erda «ixtiyoriy so’zi» shartli xarakterga ega. Chunki,
eksport qilayotgan mamlakat savdo siyosatida o’z hamkorlari tomonidan birorta
noxushlikka duch kelmasligi uchun eksport miqdorini cheklaydi.
Ihtiyoriy ravishda eksportni cheklash ikki xil xususiyatga ega:
1.
Ihtiyoriy ravishda eksportni cheklash milliy iste’molchilar uchui tarif
va kvotalarni bslgilashga nisbatan ancha sezilarsiz. Shuning uchun iste’molchilar
ularni e’tiborsiz qabul qiladilar va xukumatga norozilik bildirmaydilar.
2.
Ixtiyoriy ravishda eksportni cheklash sharoitida xorij iste’molchilari
ular sotib olayotgan eksport mahsulotiga yuqoriroq narx belgilashlari mumkin.
Shunday qilib, xorijliklar ihtiyoriy ravishda eksportni cheklash sharoitida
eksportyor ko’rgan yo’qotishlarni narxlarni oshirish hisobiga qoplashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |