3. Qiziqarli psixologik testlar va ularni qo`llash texnologiyasi
Inson kundalik hayoti mobaynida nimalar tanlagani orqali u haqda juda ko’p narsa bilib olish mumkin. Insonning fe’l atvori haqida hatto u ichadigan qahva orqali ham ma’lumotga ega bo’lish mumkin.
Pisixologik testlar esa ko’proq ma’lumot olishning yaxshi usulidir.
Xarizmatik odamning aql bilan ish ko'rishi ko'pchilikka sir emas. Lekin bu o'sha odam ideal degani emas. Faqat xarizmatik odam ahmoqlik qilmaydi, jamiyatga zarar yetkazmaydi. Chunki u biror ishni amalga oshirishdan avval yaxshilab o'ylaydi.
Psixologik test: Aql bilan ish ko'rasizmi, yo tavakkalchilikka berilganmisiz?
1. Bo'lar-bo'lmasga jahlingiz chiqib ketaveradimi?
A) Ha
B) Yo'q
2. O'zingizga nisbatan jismoniy baquvvat odamni xafa qilishdan tiyilasizmi?
A) Ha
B) Yo'q
3. O'zgalar e'tiborini tortish uchun birinchi bo'lib kim bilandir janjal ko'tara olasizmi?
A) Ha
B) Yo'q
4. Hayotingizga xavf tug'dirishi mumkin bo'lsa-da, mashinani katta tezlikda boshqarasizmi?
A) Ha
B) Yo'q
5. Kasal bo'lib qolsangiz, faqat dorilarga suyanasizmi?
A) Ha
B) Yo'q
6. O'z maqsadingizga erishish uchun har qanday yomon ishni qilishga tayyormisiz?
A) Ha
B) Yo'q
7. Soatlab quyoshda toblanib o'tirishni yoqtirasizmi?
A) Ha
B) Yo'q
8. Qachondir mashhur odam bo'lishingizga ishonasizmi?
A) Ha
B) Yo'q
9. Bahs, munozaralarda yutqaza boshlaganingizni sezsangiz, vaqtida o'zingizni to'xtata olasizmi?
A) Ha
B) Yo'q
10. Och bo'lmasangiz ham ko'p ovqat yeyishga odatlanganmisiz?
A) Ha
B) Yo'q
11. Bayramlarda sizga nima sovg'a qilishlarini oldindan bilishni xohlarmidingiz?
A) Ha
B) Yo'q.
NATIJALAR:
2, 9 savollarning qoniqarli deb topgan javoblaringiz uchun, 1, 3, 4, 5, 6, 7, 8 savollarning qoniqarsiz javoblari uchun 1 balldan qo'ying.
8 balldan yuqori.
Siz hamisha aql bilan ish tutasiz. Hayotdan ko'p narsa talab qilmaysiz. Hech kimdan behuda xafa bo'lmaysiz. Faqat atrofdagilarning oldingizga maslahat so'rab kelmayotgani sizni biroz hayratga soladi.
4 dan 8 ballgacha.
Siz o'z imkoniyatlaringizni yaxshi bilasiz va shuning uchun bilib-bilmay yuqori cho'qqilarni zabt etish uchun shoshilmaysiz. Ba'zida tavakkalchilik qilib qo'yasiz-u, keyin ancha paytgacha afsuslanib yurasiz.
4 balldan kam.
Tavakkalchilikni yoqtirasiz. Hamisha nimaningdir yetarli emasligidan noliysiz. O'zingizni tez-tez eng baxtsiz odamlar qatoriga qo'shasiz. Ko'nglingiz sira to'lmaydi. Xayolingizda o'zgalar hayotda hamma narsaga erishyapti. Ularning mashinalari, qo'sha-qo'sha uylari bor. Hoynahoy sandiq to'la pulga ham egadirlar. Ammo bilmaysizki, sizning nolishlaringizga, jahl qilishlaringiz-u, qalbingizda hayotga nisbatan nafrat uyg'onishiga hech kim e'tibor berib o'tirmaydi. Hamma o'z aravasini tortish, izlanish, mehnat qilish, o'z tashvishlari qozonida qovrilish bilan band. Ko'zingizni oching, hali hammasi oldinda. Biror ishni amalga oshirishdan oldin uning oqibati haqida bosh qotirishga odatlaning. Tirik ekaningiz, qo'l-oyoqlar, til va boshqa a'zolaringiz ishlab turganiga shukr qiling. Qarang, atrofda qancha yaxshi ishlar bo'lyapti. Barcha xursand, quvnoq. Siz ham mana shu kuningizdan quvonishga o'rganing. Ishonamizki, bir kun kelib ezgu maqsadlarga albatta erishasiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |