BAJARILADIGAN ISHLAR
|
SANA
|
IMZO
|
1.
|
Maktab o’quv binosi, sinf xonalari va maktab xodimlari bilan tanishish
|
|
|
2.
|
Fan darsliklari bilan tanishish
|
|
|
3.
|
Jurnal bilan ishlash: mavzular va baholarni qayd etish
|
|
|
4.
|
Fan o’qituvchilarining darslarini kuzatish
|
|
|
5.
|
Yillik ish rejani tuzish va uni yuritishni o’rganish
|
|
|
6.
|
Dars ishlanmasini tayyorlashni o’rganish
|
|
|
7.
|
Ochiq darslar uchun qilinadigan hujjatlar jamlanmasini o’rganish
|
|
|
8.
|
Fan o’qituvchilarini darslarini kuzatish
|
|
|
9.
|
Sinf rahbari jurnal bilan tanishuv
|
|
|
10.
|
To’garak hujjatlari bilan tanishish
|
|
|
11.
|
Bilimlar bellashuvi va fan olimpiadalari uchun tayyorlanadigan hujjatlar bilan tanishuv
|
|
|
12.
|
Fan o’qituvchilarini darslarini kuzatish
|
|
|
13.
|
Tadbir ssenariylarini tayyorlashni o’rganish
|
|
|
14.
|
Fan o’qituvchilarini darslarini kuzatish
|
|
|
15.
|
Iqtidorli o’quvchi bilan olib boriladigan ishlar bo’yicha hujjatlarni o’rganish
|
|
|
16.
|
Dars tahlili daftari bilan ishlashni o’rganish
|
|
|
17.
|
Fan oyligi hujjatlari bilan tanishuv
|
|
|
18.
|
Fan o’qituvchilarini darslarini kuzatish
|
|
|
19.
|
Nemis tili fani bo’yicha DTS talablari bilan tanishish
|
|
|
20.
|
Metod birlashma hujjatlarini o’rganish
|
|
|
21.
|
Fan o’qituvchilarini darslarini kuzatish
|
|
|
22.
|
Nemis tili fani bo’yicha metodik qo’llanmalar bilan tanishish
|
|
|
23.
|
Fan o’qituvchilarini darslarini kuzatish
|
|
|
24.
|
Past o’zlashtiruvchi o’quvchi bilan olib boriladigan ishlar bo’yicha hujjatlarni o’rganish
|
|
|
Amaliyotchi talaba: H. Palvanova
Amaliyot rahbari: ________________
Farg’ona Davlat Universiteti Chet tillari fakulteti Xorijiy til va adabiyoti: nemis tili yo’nalishi 20.130-guruh talabasi Hulkaroy Palvanovaning amaliyot davri bo’yicha Politexnika insituti qoshidagi akademik litsey direktori I. T. Boltaboyev
TAVSIFNOMA
Talaba Hulkaroy Palvanovani pedogogik amaliyot o’tash davrida o’zining namunali xulqi va odobi bilan o`rnak bo`ldi. Dars jarayonlarini tashkillashda nemis tili va boshqa fan o’qituvchilariga astoydil ko’makchi bo’lib, o’zining nazariy bilimlarini amaliyotda qo’llashda tirishqoqligi bilan amaliyotda o’rnak bo’di. O’qituvchilardan dars o’tish metodlarini o’zlashtirib, mustaqil darslarni tashkil qildi va o’z ustida muntazam ish olib bordi. Sinf bilan birgalikda ishlashda faol qatnashdi. O’zining sohasida intiluvchanligi bilan amaliyot davrini namunali o’tkazdi. Darsdan bo`sh vaqtlarida darsni yaxshi o`zlashtirmagan o`quvchilarga yordam berdi va ular bilan birgalikda ishladi.
Kelajakda malakali yetuk kadr bo’lib yetishishiga ishonamiz.
Litsey direktori:
I. T. BOLTABOYEV
FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI
CHET TILLARI FAKULTETI
XORIJIY TIL VA ADABIYOTI: NEMIS TILI YO’NALISHI
I BOSQICH 20.130-GURUH TALABASI
HULKAROY PALVANOVANING
MALAKAVIY AMALIYOT DAVRI
HISOBOTI
Men Hulkaroy Palvanova 22.03.2021dan 17.04.2021gacha bo’lgan vaqt oralig’ida Farg’ona viloyati Farg`ona shahridagi Politexnika insituti qoshidagi akademik litseyda bir oylik malakaviy amaliyotda bo’ldim.
Amaliyotim davrida nemis tili va boshqa fan o’qituvchilari bilan muntazam ish olib bordim va litsey ichki tartib qoidalari bilan tanishdm chiqdim va o’rgandim. O’qituvchilarning dars o’tish jarayonlarini doimiy tarzda kuzatdim va dars uchun kerakli bo’lgan turli xil o’qitish metodlarini, yangi pedogogik texnologiyalar bilan ish olib borishni o’rgandim. Shu bilan birga, noan’anaviy o’qitish metodlarini dars jarayonida qo’llashni va eng muhimi, haqiqiy pedagog sifatida o’quvchi bilan to’g’ri va samarali aloqa o’rnatishni kuzatdim. Fan o’qituvchilari yodamida dars rejasini tuzishni va mustaqil ravishda konspektlar yozishni, darsni to’g’ri tashkillash, mavzuga mos bo’lgan foydali materiallar va ko’rgazmali qurollarni, tarqatma materiallardan to’g’ri foydalanishni va eng muhimi o’quvchini o’z qiziqishlarini hisobga olgan holda darsga qanday qilib qiziqtirishni o’rgandim. Bunga qo’shimcha yana dars vaqtini to’g’ri taqsim qilishni va mustaqil ravishda dars o’tishni amalda sinab ko’rdim. Bunda menga ustozlardan o’zlashtirgan bilimlarim qo’l keldi.
Amaliyotim davomida bir qancha ochiq darslarni ham kuzatdim va ochiq darslarni qanday tashkillash, vaqtni to’g’ri taqsim qilish, ochiq dars o’tish davomida nimalarga e’tibor qaratish lozimligini hamda qanday tarqatma materiallardan foydalanish kerakligini ustozlardan o’rgandim.
Shu bilan birga litseydagi har hafta bo’ladigan jamoat ishlarida ham kuzatdim. Ma’naviy soatlarini muntazam kuzatib bordim. Litsey o’quvchilari tomonidan o’tkaziladigan har bir tadbirda faol ishtirok etdim. Dars o’tish davomida ustozlardan dars ishlanmalari va dars rejalaridan qanday qilib foydalanish kerakligini o’zlashtirdim. Ishonamanki, amaliyotim davrida ustozlardan o’zlashtirgan bilimlarim va malakalarim, hamda keyingi bosqichlarda o’zlashtiradigan ko’nikmalarim menga o’z kasbim bo’yicha kelajakda muhim poydevor bo’lib xizmat qiladi.
Amaliyotchi talaba: ____________________________________
Amaliyot rahbari: ____________________________________
Litsey direktori: ___________________________________
Do'stlaringiz bilan baham: |