Tadqiqot uchun til materiali sifatida hozirgi zamon o`zbek yozuvchilarning asarlar matnlari, og`zaki nutqdan ayrim misollar olindi. Bo`lak butunning, xususiylik umumiylikning, hodisa-mohiyatning, element (birlik) sistemaning tarkibiga kiritilmaguncha o`z o`rnini, qiymatini topgan va sharhlangan sanalishi mumkin emas. Qo`lingizdagi bu tadqiqotning ahamiyati va qiymatini bu yerda sarlavha sifatida qo`yilgan masalaning hech bo`lmaganda o`ta yuzaki va umumiy bayoni bilan tanishmay, ya'ni bu ishning o`zbek tili sintaktik tadqiqi silsilasidagi o`rnini aniqlamay turib sharhlash yoki uqib olish mumkin emas. Borliqni ilmiy dialektik bilish jarayonining manba tadqiqida metodologik tamoyillarning uzluksiz almashinuvi va tadqiq manbai mohiyatiga bosqichma-bosqich chuqurlashib, unda yangi-yangi tomon, qirra, munosabat va aloqadorliklarni ochib borishi1 o`zbek tili sintaksisini yevropaviy tadqiq usullarida o`rganishning nisbatan qisqa tarixida o`zining yorqin aksini topdi. 1
Ona tili sifatida o`zbek tili sintaksisining talqin va tavsifida generativ-transformatsion usullardan tashqari fanimizda o`z davrida ancha keng ommalashgan ilmiy-amaliy yondashish va yo`nalishlar sifatida uch asosiy maktabni sanab o`tish va bularni
1) formal yondashuv, 2) mazmuniy yondashuv,
3) substantsial (formal-funktsional) yondashuv sifatida ajratish mumkin.
Har uchala maktabda til sistema sifatida qaraladi va tadqiqotu tavsiflar sistem tahlil asoslarida amalga oshiriladi, lekin har bir yo`nalishda sistema (tizim) va sistem munosabatlar tabiatini tushunishda jiddiy farqlar va qarama-qarshi talqinlar mavjud. Bunday tafovutu farqlar tadqiq manbai - o`zbek tili sintaktik qurilishining - serqirraligi va ichki ziddiyatlar majmuasidan iboratligi bilan bog`liq; har bir yondashuv manbaning ma'lum bir qirrasini yorqinroq ochish va tavsiflashga, shu tomonni boshqa qirralardan ko`ra bo`rttirib tavsiflashga xizmat qiladi.
Ilmiy yo`nalish tadqiq manbaining qaysi qirrasiga ko`proq e'tibor berishi uning maqsadi – serqirra lisoniy hodisaning qaysi jihatiga qanday maqsadlarni ko`zlab asosiy diqqatni qaratishi, shunga muvofiq ravishda qanday metodologik tamoyillarga tayanishi-yu qanday tadqiq usul va vositalaridan foydalanishi bilan uzviy bog`liqdir. Shuning uchun ham har bir yo`nalishning tahlil, tavsif, hukm va xulosalari ilmiy maktabning metodologik asoslari nuqtai nazaridan turib baholanishi lozim. Bir yondashuv talqin va hukmini ikkinchi yondashuv nuqtai nazaridan baholash yoki inkor etish - tamoman g`ayriilmiy bo`lsa-da, fanda juda keng tarqalgan hodisa - umuman fanning mohiyatini tushunmaslik, tadqiq manbaining ma'lum bir qirrasini (shu tadqiqotchi uchun yaqin tomonini) manbaning o`zi bilan tenglashtirish (fetishizm) yoki o`zaro yaqin, aloqador hodisalarni aralashtirish (eklektizm) oqibatidir. Tom ma'noda ma'lum bir fanning taraqqiyot holati unda mavjud bo`lgan yondashuv va yo`nalishlarning tur va xillari bilan uzviy bog`liqdir - maktab va talqinlar qanchalik ko`p va rang-barang bo`lsa, fan ham shuncha rivojlangan sanaladi. Fanda talqinlar xilma-xilligi, tavsiflar rang-barangligi bo`lmasa, unda qotib qolgan, mutlaqlashtirilgan qoida va talqinlar hukmron bo`lsa, u inqiroz va tanazzul holatidadir. Mana shu nuqtai nazardan bugungi o`zbek sintaksis fanini zamonamizning keng rivojlangan ilmiy yo`nalishlaridan biri sifatida baholash lozim - unda teng huhuqli ilmiy maktablar sifatida xilma-xil talqinlar bir davrda yashab rivojlanib bir-birini to`ldirib kelmoqda... Yevropa tilshunosligida endi tarqalayotgan substantsial (formal-funktsional) yo n d a sh u v o`zbek tilshunosligi bag`rida funktsional lingvistika (Praga strukturalizmi) tahlil tamoyillarini dialektik mantiqning ilmiy tushunchaga qo`yadigan talablari asosida onglilik va izchillik bilan to`ldirish asosida shakllangan bo`lib, voqelikdagi (jumladan, uning parchasi bo`lmish nutqdagi) har bir narsada umumiylik, mohiyat, imkoniyat va sabab (UMIS)ni va yakkalik, hodisa, voqelik, oqibat (YaHVO) ni farqlaydi. UMISlarni invariant, YaHVOlarni - variantlar sifatida baholab, bevosita kuzatishda berilgan YaHVOlarni bevosita kuzatishda berilmagan, idrokiy tahlil asosidagina ochiladigan UMISlarning moddiy shakllarda yuzaga chiqishi, ko`rinishi deb biladi. O`zbek tilining ichki qurilish qonuniyatlari, jumladan, gap kesimining morfologik tugal shakllanganligi - tasdiq/inkor, mayl/zamon, shaxs/son ma'no va formantli bo`lishi va shuning uchun eksplisit ega gap qurilishida muhim konstruktiv bo`lak bo`la olmasligi - asosida substantsial yondashuvda gap markazi sifatida kesim qabul qilinadi va u mohiyatan mantiqiy bo`lgan sub'yekt-predikat aloqasiga tayanib emas, balki kesimlik kategoriyasi ko`rsatkichlari bilan shakllantirilgan atov birligi (mohiyatan so`z shakli)ning sintaktik (funktsiyasi sifatida qaraladi.
Ikki yoki undan ortiq grammatik asosning mazmun, grammatik va intonatciyaga ko`ra birikishdan hosil bo`lgan gap qo`shma gap deyiladi.
Qo`shma gapning grammatik asosi ikki yoki undan ortiq gaplar bo`lib, uning qismlari mazmun va grammatik jihatdan, shuningdek, intonatciyaga ko`ra birikib, bir butunlikni tashkil qiladi.
Masalan: Quyosh jilmayib boqar va sarg`aygan ko`katlar kokilida shudring jilolanardi. (O`.Hoshimov) Bu qo`shma gap tarkibida ikkita grammatik asos bo`lib, ular orasida bir paytda ruy berayotgan voqea- hodisalar ifoda etilgan. Qo`shma gap qismlari esa zidlov bog`lovchisi yordamida o`zaro birikkan.
Do'stlaringiz bilan baham: |