13.03.2019-yil.
LABORATORIYA ISHI № 4
Bajarish muddati: 13.03.2019.
Mashg’ulot uchun ajratilgan soat: 2 soat.
Laboratoriya jihozlari: Corel Draw dasturi.
Mavzu: Corel Draw dasturida hajmga ega tasvirlar yaratish. Перетекания uskunasi bilan ishlash. Matnlar bilan ishlash.
I. Ishning maqsadi: Hajmga ega tasvirlar yaratish, “Перетекания” uskunasi bilan ishlash, matnlar bilan ishlash ko’nikmalarini hosil qilish.
II. Nazariy qism:
Corel Draw dasturining eng yaxshi tomonlaridan biri bu matnlar bilan ishlash bo’ladi. Dasturda matnni har xil garniturada, ranglarda, kegllarda va shriftlarda berish imkoniyati bor. Shriftlarni sirtqi ko’rinishlarini bezashni cheksiz turlari bor. Matn ishchi oynada Redaktirovanie teksta (Edit Text) yordamida kiritiladi.
Corel Draw dasturida matn ko’rinishi ikki turda bo’ladi: sarlavha (artistic) va abzats (paragraph). Matn tipi Tekst (Text) asbobi yordamida kiritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |