Guruh talabasi abdullayev asadbekning fuqarolik jamiyati fanidan yozgan mustaqil ish


Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning o`ziga xos xususiyatlari



Download 80 Kb.
bet2/4
Sana26.04.2020
Hajmi80 Kb.
#47381
1   2   3   4
Bog'liq
Abdullayev Asadbek mustaqil ish 70-19

Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning o`ziga xos xususiyatlari

Mamlakatimizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar milliy davlatchilik va suverenitetni mustahkamlash, xavfsizlik va huquq-tartibotni, davlatimiz chegaralari daxlsizligini, jamiyatda qonun ustuvorligini, inson huquq va erkinliklarini, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik muhitini ta’minlash uchun muhim poydevor bo‘ldi, xalqimizning munosib hayot kechirishi, fuqarolarimizning bunyodkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlar yaratdi.

Strategiyaning «Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari» bobida xususiy mulk huquqi va kafolatlarini himoya qilish, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesga to‘liq erkinlik berish, ular faoliyatiga davlat idoralarining noqonuniy aralashuviga yo‘l qo‘ymaslik, davlat mulkini xususiylashtirishni yanada kengaytirish, xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning ustav jamg‘armalarida davlat ishtirokini kamaytirish, davlat mulki xususiylashtirilgan ob’yektlar bazasida xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonlarida davlatning ishtirokini kamaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.

Mamlakatimizda bozor iqtisodiyotiga o‘tish va bozor munosabatlarini chuqurlashtirish jarayonida liberallashtirish, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy hayotning barcha jabhalarini demokratlashtirish, milliy xo‘jalikda tarkibiy o‘zgarishlarni jadallashtirish makroiqtisodiy mutanosiblikning asosiy harakatlantiruvchi kuchi bo‘lib kelayotir. Liberallashtirish tamoyillari tufayli qator yillar mobaynida mamlakatimizda iqtisodiy o‘sish barqaror turibdi. Jumladan, o‘tgan yili yalpi ichki mahsulotning o‘sish sur’atlari 5,3 foizni tashkil etdi1.

Bosqichma-bosqich erkinlashtirib borish o‘tish davrining o‘zidayoq o‘zining ijobiy natijalarini bera boshladi. 90-yillar o‘rtalariga kelib yalpi sanoat mahsuloti, keyin esa yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarish bozor islohotlaridan oldingi darajada tiklandi. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi yillarida ham iqtisodiyotda o‘sish davom etdi. Islohotlarni chuqurlashtirish, tarkibiy qayta qurishlar, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, diversifikatsiyalash, kichik biznesni rivojlantirish, xususiy mulkning ustuvor rolini ta’minlash, davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini bosqichma-bosqich kamaytirib borish hisobiga iqtisodiy samaradorlik ta’minlandi.

2017 yil 29 sentyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatini tartibga solish to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi. Qarorda tashqaridan kiritiladigan tovarlarga boj to‘lovlari o‘rtacha 14,5 foizdan 6,5 foizgacha tushirish ko‘zda tutilgan. Ma’lumki, tashqi savdoni keyingi erkinlashtirgunga qadar O‘zbekistonda noqishloq xo‘jalik mahsulotlariga import stavkalari eng yuqori edi. Qishloq xo‘jalik mahsulotlariga esa yaqingacha import bojlari boshqa hamkor mamlakatlarga nisbatan aksincha past edi. O‘tgan yil oktyabr oyidan boshlab barcha tovarlarga bojxona import bojlari o‘rtacha 2,5 martaga pasaytirildi. Tashqi savdoning liberallashuvi eksport-import operatsiyalari kuchayishiga, milliy iqtisodiyotning dunyo bozoridan o‘rin olishini osonlashtirishga, asosiysi mamlakatimizning qo‘shimcha qiymat global zanjiriga integratsiyalashuviga xizmat qilishi shubhasiz.




Download 80 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish