2018-yilning 1-choragida inflyatsiya darajasini jilovlash bo‘yicha takliflar
1. Aholi orasida inflyatsion kutilmalar xavfini kamaytirish maqsadida Ichki iste'mol bozorida narx-navoni barqarorlashtirishga ko‘maklashish Jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risidagi ma'lumotlarni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va Moliya vazirligining rasmiy saytlarida joylashtirib borish.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 28-dekabrdagi 1025-sonli qaroriga muvofiq, iste'molchilarning ayrim toifalari uchun tabiiy gaz va elektr energiyasining tariflari oshirilishi munosabati bilan, “O‘zqurilishmateriallari” AJga qurilish materiallari narxining oshib ketishining oldini olish maqsadida ushbu korxonalarda energiya tejovchi uskunalar va texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish.
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga qish-bahor mavsumida aholini asosiy qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan to‘laqonli ta'minlash maqsadida, viloyatlarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash uchun mo‘ljallangan obmorxonalar, muzlatkichlar bilan yetarli darajada ta'minlash bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirish vazifasini yuklash.
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga “O‘zbekneftegaz” AJ hamda “O‘zbekenergo” AJ bilan birgalikda hududlarda issiqxonalarni tashkil qilish, ularni zaruriy miqdorda isssiqlik va yoqilg‘i - energetika resurslari bilan ta'minlash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash vazifasini yuklash. Tijorat banklariga esa hududlarda issiqxonalarni tashkil qilish uchun imtiyozli shartlarda kreditlar ajratish tavsiya qilinadi.
5. Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyihalarni boshqarish agentligi bilan birgalikda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 29.12.2017-yildagi PQ-3454-sonli "O‘zbekiston Respublikasining 2018-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida"gi qarorining 30-bandida belgilangan topshiriqning ijrosini ta'minlash maqsadida, mavjud soliq imtiyozlarini bekor qilish va soliq to‘lovchilar sonini kengaytirish orqali qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasini kamaytirish bo‘yicha takliflar tayyorlash jarayonini tezlashtirish.
6. O‘tgan yillar tajribasini hisobga olgan holda, Qishloq xo‘jaligi vazirligi “O‘zagrokimyohimoya”AJ bilan birgalikda 2018-yilda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini zarakunandalardan himoya qilish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash hamda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib borish.
7. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga tuman va shahar markazlarida yirik savdo markazlarini qurish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish vazifasini topshirish.
8. Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar hokimliklari bilan hamkorlikda aholini go‘sht va go‘sht mahsulotlari bilan ta'minlash maqsadida hududlarda yirik agrokomplekslarni va qayta ishlash korxonalarni tashkil qilish masalasini hududiy investitsiya dasturlariga kiritish.
1.2-§.Epidemiologik vaziyatda davlat tomonidan
narxlarning nazorati
Epidemiologik vaziyatda bozorlarimizda va ko`pgina mahsulot turlari narxlarida o`sish kuzatilganining guvohi bo`ldik.Lekin bunday vaziyatlar tez fursatlar ichida tegishli organlar va davlat idoralari tomonidan nazoratga olindi va ijobiy ravishda hal qilindi.Narxlar oshishiga sabab aholi o`rtasida qaysidir ma`noda vahima uyg`ondi.Ko`pchilik insonlar oziq ovqat mahsulotlaridan meyyoridan ortiq xarid qilishi oqibatida,bozorlarimizda unga bo`lgan talab keskin oshib ketishiga sabab bo`ldi.Bunday hollarda aholini vahimaga tushmaslikka chaqirildi.Narxlarni jilovlash maqsadida esa davlat zaxiralaridagi qishloq xo`jaligi mahsulotlari aholi bozorlariga yetkazildi.Bunday paytda avtomapillarning birqanchasiga yollarda harakatlanish vaqtincha ta`qiqlab qo`yildi.Jumladan avtobuslar qatnovi,va viloyatlar aro qatnovchi birqancha avtomobillar qatnovi cheklab qo`yildi.Natijada yollarimizda taksi narxlarining keskin oshib ketishi kuzatildi.Bu muamolar ham tez fursatlarda o`z yechimini topdi.Tegishli o`rganlar tomodidan o`tkazilgan tadbirlarda bu masalalar ham ijobiy hal etildi.
Epidemiologik vaziyatda O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI TRANSPORT VAZIRLIGI tomonidan berilgan rasmiy bayonet bilan tanishib chiqsak:
Do'stlaringiz bilan baham: |