21.01-guruh Razzaqberdiyov Asadbek Mavzu Reja: - 1. Fanni o’rganish va qo’llash
- 2. Jismoniy kamolot
- 3. Ayrim tafovutli va bir-biriga aloqador tushunchalar
- 4. Jismoniy madaniyat nazariyasi va uslubiyoti manbalari va
- rivojlanish bosqichlari
- 5. Fanning asosiy mazmuni va tuzilishi
- „Jismoniy madaniyat nazariyasi“ kursini o‘rganishda boshqa
- ilmiy o‘quv fanlari singari, birinchi navbatda lining imko-
- niyatlariga qarab, ushbu predmetga taalluqli dastlabki tushun-
- chalarni aniqlash zarur. Jismoniy madaniyat nazariyasi keng
- ma’noli tushunchalarga ega. Bu fan nisbatan yosh bolib,
- nazariy bilimlar sohasi to‘laligicha tashkil topmagan.
- Jismoniy madaniyatning asosiy tushunchasi sifatida nimani
- olish kerak? Uning qoidasini ifodalashdan avval, uning
- mohiyatini ochib berishga yordamlashadigan madaniyatga oid
- ayrim masalalarga to‘xtalib o‘tamiz.
- Madaniyat rivojlanishi jarayonida, shunday faoliyat turlari
- (shakllari, uslubiyatlar) paydo bo4adiki, ular insonning o‘z-
- o‘zini takomillashtirishiga, shaxsiy tabiatini ham o'zgartirishiga
- yo‘naltirilgandir. Mana shunday madaniyatning tarkibiy qismiga
- jismoniy madaniyat ham kiradi.
- Jismoniy madaniyatning faoliyat turi sifatida — insonning
- o‘ziga xos, maqsadga muvofiq harakat faolligini tashkil etadi.
- Boshqacha qilib aytganda, bu fanda inson harakat faoliyatining
- aniq shakllari ko‘rsatilgan. Jismoniy madaniyatga hamma
- shakldagi harakatlar kirib qolmasdan, balki inson foydali
- faoliyatining aniq mashqlari kiradiki, bular hayotda kerakli
- harakat ko‘nikma va malakalarni tashkil toptira oladigan, hayot
- uchun ahamiyatli bo‘lgan, jismoniy sifatlarning yo‘naltirilgan
- holda rivojlanishini ta’minlay oladigan, insonning sog‘lig‘i va ish
- qobiliyatini yuqori darajada ushlab tura oladigan boMsin.
- Jismoniy kamolotning tarkibiy qismi, tarixiy xarakterga ega
- bo‘lib, muayyan jamiyatning aniq talablarini ifoda qilgan holda,
- hamma vaqt bir xilda qolmasdan, ijtimoiy rivojlanish bosqichiga
- qarab o‘zgaradi.
- Jismoniy madaniyatdan jamiyatda yo‘naltirilgan holda
- foydalanish iqtisodiy o‘sishga va Vatanni himoya qilishga keng
- ravishda yordam beribgina qolmasdan, kishilarning ruhiy,
- ma’naviy talabini ham qoniqtirib, shaxsning har tomonlama
- uyg‘un rivojlanishiga, sog‘lom hayot tarzini tashkil etish vosi
- tasi sifatida ham muhim ahamiyatga ega.
- Yuqorida aytilganlarning hammasi jismoniy madaniyat
- tushunchasini quyidagicha ta’riflashga imkon beradi.
- Jismoniy madaniyat — jamiyat va shaxs madaniyatining
- tarkibiy qismidir.
- „Jismoniy madaniyat“ atamasi o‘zaro aloqador tushun
- chalar: „jismoniy madaniyat harakati“, ,,sport“, „jismoniy
- tarbiya“, ,,badantarbiya“ni o‘z ichiga oladi. Bularni hech bo‘l-
- maganda qisqa ma’noda aniqlamasdan turib, jismoniy mada
- niyat kursining mazmunini ko‘rib chiqishga o‘tib bo‘lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |