III .18. Elektromagnit maydon. Elektromagnit to’lqin va uning xossalari.
416. Elektr maydon qayerda vujudga keladi?
A) elektr toki atrofida B) elektr zaryadlari atrofida
C) o’zgaruvchan magnit maydon atrofida D) B va C javob to’g’ri
417. Magnit maydon qayerda vujudga keladi?
A) elektr toki atrofida B) harakatdagi elektr zaryadlari atrofida
C) o’zgaruvchan elektr maydon atrofida D) barcha javob to’g’ri
418. Elektr maydon kuch chiziqlari qanday zaryaddan boshlanadi va qaysi zaryadda tugaydi?
A) Musbat, manfiy B) manfiy, musbat
C) musbat, musbat D) manfiy, manfiy
419. Elektromagnit maydonning fazoda tarqalishiga … deyiladi.
A) elektromagnit tebranish B) elektromagnit to’lqin
C) majburiy tebranish D) erkin tebranish
420. Elektromagnit to’lqinlar qanday to’lqin xususiyatiga ega?
A) erkin B) majburiy C) bo’ylama D) ko’ndalang
421. Elektromagnit to’lqinning bir tebranish davriga teng vaqtdagi ko’chish masofasiga to’lqin … deyiladi.
A) chastotasi B) uzunligi C) davri D) tarqalish tezligi
422. To’lqin vakuumdan muhitga o’tganda to’lqinning tarqalish tezligi qanday o’zgaradi?
A) ortadi B) kamayadi
C) o’zgarmaydi D) avval ortadi, so’ng kamayadi
423. To’lqin vakuumdan muhitga o’tganda to’lqin uzunligi qanday o’zgaradi?
A) ortadi B) kamayadi
C) o’zgarmaydi D) avval ortadi, so’ng kamayadi
424. To’lqin vakuumdan muhitga o’tganda to’lqinning chastotasi qanday o’zgaradi?
A) ortadi B) kamayadi
C) o’zgarmaydi D) avval ortadi, so’ng kamayadi
425. To’lqin uzunligini hisoblash formulasini yozing.
A) B) C) D) barcha javob to’g’ri
III .19. Radioning kashf etilishi. Radiotelefon aloqa.
426. Birinchi radiopriyomnik kim tomonidan yasalgan va namoyish etilgan?
A) A. S. Popov B) I. Nyuton C) A. Eynshteyn D) Om Georg
427. Birinchi radioaloqa qancha masofaga o’rnatilgan?
A) 250 m B) 500m C) 1000m D) 400m
428. A. S. Popov radiopriyomnigida elektromagnit to’lqinlarni sezuvchi detal sifatida nimadan foydalangan?
A) antenna B) diod C) tranzistor D)kogerrer
429. Mikrafon qanday vazifani bajaradi?
A) tovush to’lqinlari tebranishlarini elektr tebranishlarga aylantiradi
B) elektr tebranishlarni tovush to’lqinlariga aylantiradi
C) yuqori chastotali tebranish hosil qiladi
D) yuqori chastotali eltuvchi tebranishlardan tovush tebranishlarini ajratib beradi.
430. Radiouzatgichning asosini nima tashkil qiladi?
A) antenna B) mikrafon
C) so’nmas tebranish generatori D) tranzistor
431. So’nmas tebranishlar generatori qanday vazifani bajaradi?
A) tovush to’lqinlari tebranishlarini elektr tebranishlarga aylantiradi
B) elektr tebranishlarni tovush to’lqinlariga aylantiradi
C) yuqori chastotali tebranish hosil qiladi
D) yuqori chastotali eltuvchi tebranishlardan tovush tebranishlarini ajratib beradi.
432. Biror ma’lumotni uzaytirish uchun yuqori chastotali tebranishlarning amplitudasini o’zgartirish usuliga … deyiladi.
A) modulyatsiya B) detektorlash
C) tebranish konturi D) radiolakatsiya
433. Yuqori chastotali eltuvchi tebranishlardan tovush tebranishlarini ajratib olish jarayoniga … deyiladi.
A) modulyatsiya B) detektorlash
C) tebranish konturi D) radiolakatsiya
434. Radiopriyomnikda detektorlash vazifasini qanday asbob bajaradi?
A) yarimo’tkazgichli diod B) mikrafon
C) so’nmas tebranish generatori D) tranzistor
435. Radioto’lqinlar yordamida obyektni topish va uning turgan joyini aniqlashga … deyiladi.
A) modulyatsiya B) detektorlash
C) tebranish konturi D) radiolakatsiya
Do'stlaringiz bilan baham: |