III .13. Elektromagnit induksiya hodisasi. Induksiya E.Yu.K. Transformatorlar.
356. Elektromagnit induksiya hodisasini birinchi bo’lib kim aniqlagan?
A) N’yuton B) Faradey C)Kulon D) Amper
357. Magnit maydon tomonidan elektr tokini hosil qilish hodisasiga … deyiladi.
A) Elektromagnit induksiya hodisasi B) magnit maydon
C) Elektr maydon D) elektromagnit tebranish
358. Magnit maydon tomonidan hosil qilingan tokka … deyiladi.
A) induksion tok B) o’zgaruvchan tok C) o’zgarmas tok D) elektr toki
359. Induksion tokning qiymati nimaga bog’liq?
A) Magnit oqimiga B) magnit induksiyasiga
C) magnit maydonga D) magnit oqimining o’zgarishiga
360. Elektromagnit induksiya qonunini belgilang.
A) Konturda vujudga keladigan induksion elektr yurituvchi kuch kontur o’rab turgan sirt orqali o’tadigan magnit oqimining o’zgarish tezligiga miqdoran teng, ishorasi esa qarama- qarshi.
B) Konturda vujudga keladigan induksion tokning magnit maydoni shu induksion tokni vujudga keltirgan magnit oqimining o’zgarishiga to’sqinlik qiladi.
C) Elektrodda ajralib chiqadigan moddaning massasi elektroddan o’tgan zaryad miqdoriga to’g’ri proporsional
D) Moddaning elektrokimyoviy ekvivalenti uning molekulyar massasining valentligiga nisbatiga to’g’ri proporsional
361. Lens qoidasini belgilang.

362. Elektromagnit induksiya E.Yu.K. qanday hisoblanadi
A) B) C) D)
363. Magnit maydon hosil qila olish qobiliyatini xarakterlovchi kattalikni belgilang.
A) induktivlik B) sig’im C) magnit oqim D) maydon kuchlanganlik
364. Induktivlik birligini belgilang.
A) Veber B) Genri C) Tesla D) Farad
365. Zanjirdagi tokning o’zgarishi natijasida shu zanjirning o’zida induksiyalangan E.Yu.K ning vujudga kelishiga … deyiladi.
A) elektromagnit induksiya hodisasi B) o’zinduksiya
C) o’zaro induksiya D) elektromagnit tebranishlar
366. Bir konturdagi tok kuchining o’zgarishi natijasida ikkinchi konturda E.Yu.K ning vujudga kelishiga … deyiladi
A) elektromagnit induksiya hodisasi B) o’zinduksiya
C) o’zaro induksiya D) elektromagnit tebranishlar
367. Tok kuchi va kuchlanishni o’zgartiruvchi asbobga … deyiladi.
A) generator B) transformator C)diod D) tranzistor
368. Transformatorning ikkinchi cho’lg’amidagi E.Yu.K ning birinchisiga nisbatan necha marta ko’p (yoki kam) ekanligini ko’rsatuvchi o’ramlar soninigng nisbatiga … deiladi.
A) Kuchaytiruvchi transformator B) Pasaytiruvchi transformator
C) Transformatsiya koeffitsienti
369. Agar transformatorning ikkinchi cho’lg’amidagi o’ramlar soni birinchi cho’lg’amdagi o’ramlar sonidan katta bo’lsa, … deyiladi.
A) Kuchaytiruvchi transformator B) Pasaytiruvchi transformator
C) Transformatsiya koeffitsienti
370. Magnit maydon energiyasini hisoblash formulasini belgilang.
A) W= B) W= C) W= mgh D)W=
Do'stlaringiz bilan baham: |