V. 2. Borning kvant postulotlari. Lazerlar.
556. Kvant nazariyasining yaratilishiga kimning nazariyasi asos bo’lgan?
A) Eynshteyn B) Bor C) Plank D) G. Gers
557. Borning birinchi postulotini belgilang.
A) Atom sistemasidagi har biriga muayyan En energiya mos keladigan alohida statsionar yoki kvant holatlardagina bo’ladi. Atom statsionar holatda nur chiqarmaydi va nur yutmaydi.
B) Atom katta energiyali Ek holatdan kichik energiyali En statsionar holatga o’tganda yorug’lik nurlanadi.
C) Massasi tekis taqsimlangan musbat zaryadli shardan iborat bo’lib, uning ichida o’z muvozanat vaziyatlari atrofida tebranma harakat qiluvchi elektronlardan iborat.
D) Atom musbat zayadli yadro va uning atrofida aylanma orbita bo’ylab harakatlanuvchi elektrondan iborat.
558. Borning ikkinchi postulotini belgilang.

559. Lazerlarda qanday nulanish turi qo’llaniladi?
A) Spontan nurlanish B) induksiyalangan nurlanish
C) tormozli nurlanish D) issiqlikdan nurlanish
560. Atomlarning o’z- o’zidan yuqori energetik holatdan past energetik holatga o’tganda qanday nurlanish hosil bo’ladi?
A) spontan nurlanish B) induksiyalangan nurlanish
C) tormozli nurlanish D) issiqlikdan nurlanish
561. Atomlarning yuqori energetik holatdan past energetik holatga tashqi ta’sir tufayli o’tishida qanday nurlanish hosil bo’ladi?
A) spontan nurlanish B) induksiyalangan nurlanish
C) tormozli nurlanish D) issiqlikdan nurlanish
562. Birinchi lazer qachon kashf qilingan?
A) 1960y B) 1965yil C) 1970 yil C) 1963 yil
563. Birinchi lazer kim tomonidan yaratilgan?
A) T. Meymon B) Basov C) Proxorov D) Ch. Tauns
564. Lazer so’zining lug’aviy ma’nosini belgilang.
A) yorug’likni majburiy nurlanish bilan kuchaytirish
B) majburiy nurlanish yordamida mikroto’lqinlarni kuchaytirish
C) issiqlikni majburiy nurlanish bilan kuchaytirish
D) issiqlikdan nurlanish yordamida mikroto’lqinlarni kuchaytirish
565. Atom quyi energetik holatdan yuqori energetik holatga o’tganda yorug’lik …
A) nurlanadi B) yutiladi
C) yutiladi, so’ng nurlanadi D) ham nurlanadi, ham yutiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |