III .10. Suyuqliklarda elektr toki. Elektroliz hodisasi. Gazlarda elektr toki.
321. Erituvchida eriganda ionlarga ajraladigan moddalarga …deyiladi.
A) gaz razryadi B)rekombinatsiya C) elektrolit D) elektroliz
322. Elektrolitlarda zaryad tashuvchi zarralarni belgilang.
A) elektron va musbat ion B) musbat va manfiy ion
C) elektron va teshik D) elektron va manfiy ion
323. Elektrolit eriganda molekulalarning musbat va manfiy ionlarga ajralish jarayoniga … deyiladi.
A) elektrolitik dissotsatsiya B)rekombinatsiya C) elektrolit
D) elektroliz
324. Elektrolitik dissotsatsiya darajasi nimaga bog’liq?
A) harorat B) bosim C) eritma konsentratsiyasiga D) barcha javob to’g’ri
325. Elektrolitdan elektr toki o’tganda tarkibiga kiruvchi moddalarning elektrodlarda ajralib chiqishiga … deyiladi.
A) gaz razryadi B)rekombinatsiya C) elektrolit D) elektroliz
326. Faradeyning I qonunini belgilang.
A) Elektrodda ajralib chiqadigan moddaning massasi elektroddan o’tgan zaryad miqdoriga to’g’ri proporsional
B) Moddaning elektrokimyoviy ekvivalenti uning molekulyar massasining valentligiga nisbatiga to’g’ri proporsional
C) Yopiq sistemada barcha zarralar zaryadlarining algebraik yig’indisi o’zgarmas bo’ladi.
D) O’tkazgichdagi tok kuchi uning uchlaridagi kuchlanishga to’g’ri proporsional, o’tkazgich qarshiligiga teskari proporsional.
327. Faradeyning II qonunini belgilang.

328. Faradeyning I qonunini formulasini belgilang.
A) m=kq B) m= C) k= D) m=
329. Faradeyning II qonunini formulasini belgilang.
A) m=kq B) m= C) k= D) m=
330. Faradeyning umumlashgan qonunini formulasini belgilang.
A) m=kq B) m= C) k= D) m=
331. Gazlarda elektr tokining o’tishiga … deyiladi.
A) gaz razryadi B)rekombinatsiya C) elektrolit D) elektroliz
332. Ionlarning neytral atomlar yoki molekulalarga aylanish jarayoniga… deyiladi.
A) gaz razryadi B)rekombinatsiya C) elektrolit D) elektroliz
333. Gazlarda qanday zaryadli zarralar elektr tokini tashiydi.
A) elektron va musbat ion B) musbat va manfiy ion
C) elektron va teshik D) elektron va manfiy ion
334. Gazlarda tokning tashqi ionlashtiruvchi ta’sirida vujudga kelishiga … gaz razryadi deyiladi.
A) mustaqil B)nomustaqil C) toj D) uchqun
335. Tashqi ionizatorning ta’siri tugagandan keyin ham davom etadigan gaz razryadiga … gaz razryadi deyiladi.
A) mustaqil B)nomustaqil C) toj D) uchqun
Do'stlaringiz bilan baham: |