Guruh f I o baho


Aqlning tanqiydiligini tarbiyalashda o‘qituvchining rоli



Download 39,16 Kb.
bet3/10
Sana31.12.2021
Hajmi39,16 Kb.
#263460
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Normamatov A 653-18 amaliy

Aqlning tanqiydiligini tarbiyalashda o‘qituvchining rоli.
Sharqning buyuk allomalari Abu Nasr Forobiy, Mahmud Qoshg‘ariy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Abdurahmon Jomiy, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, kabi barcha ulamo-yu fuzalolar, olim-u fozillar, shoiru yozuvchilarning barchasi o‘z davrining nufuzli, hurmatli, e’tiborli kishilari darajasiga mukammal ilm egallash orqali erishganlar.

Alisher Navoiy “Farhod va Shirin” dostonida ilm orqali Farhodning aql-idrokli, bilimdon, hunarmand, kamtar, insonparvar, irodali va e’tiqodli inson bo‘lganligini ko‘rsatadi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, ilm-fanda to‘ppa-to‘g‘ri yo‘l bo‘lmaydi. Ilm-fanning metin qoyalariga qo‘rqmay emaklab chiqqan kishilargina uning nurli cho‘qqilariga yetishi mumkin.

Ilm kishi zehnini, fikrini qilich kabi o‘tkir qiladi. Ilmsiz inson mevasiz daraxtga o‘xshaydi. Kishi hayotidagi ishlarni haqiqiy to‘g‘ri yo‘lga soladigan vosita bu — ilmdir. Shuning uchun ham xalq orasida ilm orqali oliy fazilatlarga ega bo‘lgan, ulug‘likka va orzu istaklarga erishgan buyuk kishilar qadrlanadilar.
Bugungi kunda O‘zbekistonda o‘qituvchilarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash, ta’lim muassasalari faoliyatini boshqarish va tashkil etishning maxsus tizimini yaratish, maktablarda ishlay oladigan yoshlarni aniqlash, tanlash, o‘qitish va tarbiyalash kabi masalalar davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Oliy ta’lim muassasalari faoliyatiga innovatsiyalar asosida ilg‘or ta’lim shakllari, pedagogik texnologiyalarni joriy etish, xalqaro tashkilotlar va ekspertlarni jalb qilgan holda ijodiy faoliyatga ega bo‘lgan pedagogik kadrlarni tayyorlash mexanizmlari joriy etilgan.
Har bir o‘qituvchi o‘z ishiga ma’suliyatli, ziyrak, hushyor, ertani ko‘ra biladigan, o‘quvchilar kayfiyatini tez payqaydigan va shunga mos ravishda ishlaydigan bo‘lishi kerak. Aks holda u o‘quvchilar e’tiboridan chetda qoladi. O‘z obro‘sini yo‘qotadi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, o‘qituvchining pedagogik mahorati, irodasi o‘ziga xush yoqadigan biror narsani qilayotganda emas, balki birorta og‘irroq, kutilmagan, sezilarli zo‘r berishni talab qiladigan vazifani bajarayotganda namoyon bo‘ladi. U bu ishning katta jamoa va butun Vatanimiz uchun zarurligi va foydaliligiga ishonganligi uchun samimiy munosabat, iroda va kasbga bo‘lgan ma’suliyat bilan amalga oshiradi.

O‘qituvchi o‘z faoliyatida ijtimoiy va iqtisodiy saviyasini tinimsiz shakllantirib borishi, vijdonan, sidqidildan mehnat qilishi, malaka va ko‘nikmalarini tinimsiz oshirib borishi, pedagogik mahoratini yuksaltirishi, jamoa o‘rtasida katta hurmatga loyiq bo‘lishi kabi masalalar jamiyat taraqqiyotining ko‘zgusiga aylanib bormoqda. Bu borada Chirchiq davlat pedagogika institutida bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlash sohasida olib borilayotgan ishlar diqqatga sazovordir. Institut professor-o‘qituvchilari innovatsion ta’lim klasteri yo‘nalishida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish bilan birga, bo‘lajak o‘qituvchilarda mustaqillik, ijodiylik, qat’iylik, vazminlik, o‘zini qo‘lga ola bilish, intizomlilik, o‘zini-o‘zi boshqarish, o‘z kuchiga ishonish mahoratini rivojlantirish metodikasiga oid bilim, ko‘nikma va malakalarni takomillashtirishda ustozlik vazifasini amalga oshirmoqdalar.
Institutda ta’lim klasteri yo‘nalishi bo‘yicha “Maktab laboratoriya” tajriba maydonchalari tashkil etilgan. Uning asosiy vazifalari ta’lim orqali iqtidorli talabalarning mustaqil fikrlash, tashabbuskorlik va ijodkorlik salohiyatini oshirish, salomatligini mustahkamlash, ilmiy anjumanlar, ijodiy ko‘rgazmalar, tanlovlarda ishtirok etish, o‘qituvchilar, amaliyotchilar va boshqa mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, ta’lim va tarbiya sifatini yaxshilash kabilardan iboratdir.

Ushbu vazifalardan kelib chiqib institutning iqtidorli talabalari uchun “Zakovat” bilimdonlari” o‘yinlari, ularning qobiliyatlari va extiyojlariga mos keladigan kurslar, olimpiadalar, “Iqtidorli talaba” guruhlari tashkil etildi. Chirchiq shahridagi 2-maktabning 11-sinf o‘quvchilari bilan “Pedagogika” fakultetining 1-kurs talabalari o‘rtasida “Bilimdonlar shousi”, “Kasbim — faxrim” mavzusida seminar uyushtirildi.
O‘sib kelayotgan yosh avlodni yangi O‘zbekistonga munosib qilib tarbiyalash o‘z navbatida maktab, kasb-hunar o‘quv yurtlari faoliyatini davr talablari asosida tashkil etishni talab qiladi. Shuning uchun ham hozir vatan istiqboli uchun kurashchi, chuqur mas’uliyatni his qiladigan yoshlarni tarbiyalash maktab o‘qituvchilarining asosiy vazifasi hisoblanadi.

O‘quvchilarni jamiyat manfaati uchun qilinadigan bunyodkorlik ishlari uchun ilhomlantirish o‘qituvchining eng muhim vazifasi hisoblanadi.


O‘qituvchi o‘zining faoliyatida malakali va tajribali, chuqur bilimga ega, davlat tili va chet tillarni, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni va o‘qitishning innovatsion uslublarini bilishi, klaster metodi asosida boshqa tashkilotlar, yirik kompaniya va birlashmalar bilan aloqada bo‘lishi, o‘qitishning innovatsion shakl va uslublarini joriy qilgan holda ta’lim mazmunini takomillashtirishi, milliy va jahon adabiyoti, musiqa, kino, haykaltaroshlik, amaliy san’at va boshqa ijodiy yo‘nalishlardagi bilimlarga ega bo‘lishi, o‘quv jarayonida ta’limning ilg‘or shakllari, pedagogik texnologiyalar va axborot yangiliklarini joriy etish maqsadida xorijiy ta’lim tashkilotlari bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yishi, zamonaviy talablarni hisobga olgan holda ijodiy tanlovlar, test va boshqa sinovlar asosida o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini, ijodiy iste’dodini rivojlantirishga qaratilgan mashg‘ulotlar olib borishi kabilar ta’lim-tarbiya samaradorligini oshiradi.

Download 39,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish