Ajraladigan optik ulagichlarning optik parametrlari
Optik ajraladigan ulagichlarning optik paremtrlariga so‘nish xamda teskari akslanish kattaligi kiradi.
Ajraladigan optik ulagichning so‘nishi bu quvvatning yo‘qotilish deyiladi, va bu optik aloqa liniyasining to‘liq so‘nishiga qo‘shilib ketadi.
Optik signalning optik ajraladigan ulagich orqali o‘tishidagi so‘nishi quyidagicha aniqlanadi:
A = - 10 lg (P1/P2),
Bu yerda P1 – liniyaga optik ulagich qo‘shilgandan keyingi nurlanish quvvati; P2 - bazaviy optik quvvat(ya’ni ajraladigan optik ulagich liniyaga qo‘shilmasdan oldingi optik signal quvvati).
Nisbatan keng tarqalgan fizik kontaktli optik ulagichlar uchun xos bo‘lgan o‘rtacha so‘nish qiymati 0,2 dB gacha, maksimal xolatda 0,4 dB gacha bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |