Guruh:Boshlang`ich ta`lim 4-19
Ism:Mohidil Otasining ismi: Sayfutdin qizi
Familiya:G`ofurova
Fan:Axborot texnologiyalaridan foydalanish
Mustaqil ish shakli:Referat
Mavzu: Elektron jadvallar bilan ishlash bo`yicha dasturiy ta`minotlar
Kompyuter texnologiyasining rivojlanib borishi va insonning ish faoliyatida keng qo`llanilishi ta`sirida ma`lum bir yo`nalishdagi dasturlarga bo`lgan talab yanada ortib bormoqda. Elektron jadvallarning asosiy vazifasi ham ma`lumotlarni jadval ko`rinishida tasvirlash va qayta ishlash va hisob kitoblarni avtomatlashtirishdan iborat. Elektron jadvallar qo`llanilayotgan sohalar juda ko`p. Masalan, moliya, buxgalteriyaga oid.(xususan , ish haqini hisoblash), har xil iqtisodiy, texnik hisoblar, kundalik, xo`jalik mollari va mahsulotlarni sotib olish hisoblari va hokazaolar.
Biz electron jadvallar orqali ko`plab imkoniyatlarga egamiz:
-ma`lumotlarni jadval ko`rinishda tasvirlaymiz
-formulalardan foydalanib avtomatik hisob-kitob qilamiz.
-ma`lumotlar asosida turli ko`rinishda shakllar hosil qilamiz.
-ma`lumotlar bazasini hosil qilamiz.
-ma`lumotlar ustida turli amallar bajarib, tahrirlaymiz.
Birinchi electron jadval dasturi VisiCalc deb atalgan va shundan keyin kompyuterning turlariga qarab, vazifasiga qarab ko`plab electron jadval dasturlari ishlab chiqilgan. Bular orasida eng ommaviy dasturlar qatoriga kiruvchi MS excel hozirgi kunda ham takomillashib bormoqda.
Excelning dastlabki versiyasi 1994-yilda Microsoft kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan va u eng ommalashgan jadval protsessoridir. Excel electron jadvalida quyidagi arifmetik amallar va belgilarni qo`llash imkoniyati mavjud: “+”,”-“,”*”,”/” hamda darajaga ko`tarish, sonlarni butun yoki kasr qismlarga ajratish kabilar.
Elektron jadvalda jadval bo`ylab sichqoncha , kursorni boshqarish,(yo`nalish klavishlari), varaqlash(pgUp va pgDown), klavishlari, Home va End klvishlari , shuningdek, Ctrl+Home va Ctrl+End klavishlarini birgalikda bosish yordamida harakatlanish mumkin.
Elektron jadvallar-ustun v satrlarning birlashmasidan iborat jadvallar hisoblanadi.Excel electron jadvalida formulalar satri ma`lumot va formulalarni yozish hamda tahrirlash uchun ishlatilishi mumkin. Bu satrning chap tomonida katakcha nomini ko`rsatuvchi joy bo`lib, unda jadvaldagi joriy katakchaning adresi ko`rinib turadi. Formulalar satri yonidagi fx belgisi funksiyani tanlash va katakchaga joylashtirish imkonini beradi.
Excel electron jadvalining imkoniyatlaridan yana biri , ma`lumotlarni turlixil diagramma yoki grafik ko`rinishida tasvirlay olish. Tayyor jadvallarning grafik ko`rinishda tasvirlanishi ma`lumotlarni ko`rgazmali qiladi va taqqoslash uchun qulay imkoniyat yaratadi. Doiraviy diagrammalar biror jarayonning taqsimotini ko`rsatish uchun qulay.
Quyidagi rasmda ko`rsatilgan diagrammada bir o`quvchi yoki talabaning fanlardan o`zlashtirish reytingi ko`rsatilgan.
Bu rasmda esa turli xildagi diagramma va gistogrammlar , grafiklar aks etgan:
Bundan tashqari MS Excel dasturi ro`yxatlar ustida amallar bajarish imkonini beradi. Odatda, excel jadvalida izlash, tartiblash, yoki ma`lumotlarn qayta ishlash kabi amallar bajarish jarayonida ro`yxat avtomatik tarzda ma`lumotlar bazasi deb qaraladi. Masalan, agar ro`yxatdagi nomlar yuqori va quyi registrdagi harflardan iborat bo`lsa, tartiblashda bu kabi hollarni hisobga olish uchun Diapazonni tartiblash tanlov oynasining Parametrlar bo`limida Registrlarni hisobga olish orqali amalga oshiriladi. Ko`pincha ro`yxatdagi ma`lumotlarni biror xususiyatga asosan ajratib olish, saralash zarur bo`lib qoladi. Excel dasturida bunday saralash masalasi filtrlash usuli orqali hal etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |