2.BOB PSIXOLOGIK MUAMMONING AMALIY TAHLIL
2.1. Sportshilarning individual psixologik xususiyatlarini temperament misolida o’rganish
2.2. Psixologik metodlar yordamida sportchi shaxsining ruhiy xolatini aniqlash.
2.3. Ch.D.Spilbergerning moslashtirilgan shkalasi yordamida sportchi shaxsining emotsional tanglik holatini tadqiq etish natijalari.
3. XULOSA.
4. TAVSIYA.
5. ADABIYOTLAR ro’yhati.
6. ILOVA.
Kirish
Hech bir davr bo‘lmaganki, jamiyat sog‘lom, jismoniy baquvvat, intellektual rivojlangan avlod tarbiyalashdan manfaatdor bo‘lmasin. Jismoniy sog‘lomlikka ehtiyoj shunday bo‘lganki, hatto nog‘iron, nimjon tug‘ilgan chaqaloqlarni Sparta quldorlik jamiyati o‘ldirib yuborgan. Insoniyat taraqqiyotining ilk bosqichida jismoniy kuch, jangavorlik etakchi rol o‘ynagan...
Jamiyatda ma’lum bir davr ideallari, zamon qahramonlari bilan birgalikda har bir shaxsning o‘z ideali ham mavjud bo‘ladi. SHaxs ideali u munosabatga kirishadigan sotsium (ijtimoiy guruh)dagi qadriyatlar, tushunchalar doirasida shakllanib rivojlansa ham, u jamiyat idealidan farqlanadi. CHunki shaxs ideali odatda bolalikdan qaror topib, uning orzu havaslari idealda aks etadi. M., Sportchi, san’atkor, olim, kosmanavtlar ideal bo‘lishi mumkin. Madaniy idealda esa jamiyat rivojlanishi o‘z aksini topgan bo‘ladi.
SHaxs idealining shakllanishi va ro‘yobga chiqishida jismoniy tarbiya va sport faoliyati muhim omil bo‘lib, u ma’naviy, aqliy va jismoniy faoliyatning xususiy ifodasi sifatida namoyon bo‘ladi. Ma’lumki, bolalik, o‘smirlik yoshida ko‘proq jismoniy etuklikka intilish etakchilik qiladi
.Har bir tarixiy davr va jamiyat madaniyatida inson shaxsining yetukligi to’g’risida (tasavvurlar) ideallar ishlab chiqilgan. Masalan, qadim yunon madaniyatida aqliy barkamollikka erishgan shaxs ideali ilgari surilgan bo’lsa. XIX asr Yevropa adabiyotida qo’rqmas, jasur, romantik ritsarlar obrazi ideallashtirilgan. Sharq madaniyatida insonning dono, kamtar, botir va odillik kabi aqliy, axloqiy na jismoniy sifatlari ideal hisoblangan. XX asrga kelib sanoat va texnika rivojlanishi sharoitida ishbilarmon tadbirkor inson shaxsi birinchi o’ringa chiqdi. XXI asr ideal inson sifatida shaxsning kreativ tafakkuri bilan bir qatorda sog’lom, proportsional mos tashqi ko’rinishga ega kishilarni olqishlamoqda. Demak, chiroyli gavda tuzilishiga shuningdek tashqi ko’rinishga sport yordamida erishilishi barchaga ayon.
Shaxs uzining idealini ro’yobga chiqarish uchun turli tuman ijtimoiy guruxlar doirasida faoliyat va faollik ko’rsatishini taqozo etadi. Shaxs idealini shakllanishi va ro’yobga chiqishida sport faoliyati muhim omil bo’lib, u ma’naviy faoliyatning xususiy ideasi sifatida namoyon bo’ladi.
Sog‘- tan va sog‘lom - ruhda shakllangan ma’naviyat insonni ulug‘laydi,
jamiyatning hurmatli a’zosiga aylantiradi. O‘zining shaxsiy namunasi bilan yosh avlodga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Insonning sport faoliyatiga bo’lgan ehtiyojlarini amalga oshirish uchun uning manfaatlari va individual psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda sport faoliyatining ma’lum bir ko’rinishiga yo’naltiriladi. Bu esa sport faoliyatining ichki vositalari bo’lgan - bilimlar, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirish va egallashni osonlashtiradi.
Har bir jamiyat o’sib kelayotgan yosh avlodni sog’lom va baquvvat bo’lib voyaga yetishidan manfaatdor. Buning uchun ma’lum shart-sharoitlar yaratib berishi kerak.
Jismoniy tarbiya va sport bizda ta’limning ajralmas qismi hisoblanadi. Bundan tashqari maktablarda turli sport to’garaklari ishlab turadi. Sport musobaqalari uyushtiriladi.
Hozirgi kunda Respublikamiz sportning juda ko’p turlarida jahon miqyosi darajasiga ko’tarildilar. Keyingi yillarda sportning bir qancha turlari bo‘yicha sportchilarimiz jahon miqyosi darajasiga ko‘tarilishyapti. Ayniqsa, boks, kurash, futbol 1994 yil Osiyo o‘yinlari bo‘yicha olimpiada, Jahon, Osiyo chempionlari etishib chiqdi.
Sog‘lom turmush tarzi asoslarini keng aholi qatlami orasida yoyish, yosh avlodning jismoniy va ma’naviy salomatligini shakllantirish, sog‘lom turmush tarziga intilishini kuchaytirish, har tomonlama baquvvat, kuchli, irodali, mustahkam fikri va qarashlariga ega bo‘lgan shaxslarni tarbiyalash, bolalarda sportga mehr uyg‘otish, ularni salbiy ta’sirlardan himoya qilish, zararli odatlardan xalos etish, barqaror fel-atvorli, g‘ururli, Vataniga mehr-muhabbatli qilib tarbiyalashda sport psixologiyasining usullarini keng joriy qilish bugungi kunning dolzarb masalalaridandir.
Sharqda ham polvonlar o’rtasida turli sport musobaqalari, bellashuvlar o’tkazib turilgan. Lekin bu ishlarning barchasi ilmiy asosda olib borilsagina yuqori natijalarga erishish mumkin. P.F.Lesgarftning fikriga ko’ra, bola rivojlanishida jismoniy mashqlarning rolini ahamiyatli ekanligini aytib, bu o’rinda yetakchi omil harakatlar psixologiyasi turishligini, bajarilayotgan jismoniy mashqlar bolaning makon va vaqt (zamon) haqidagi tasavvurlarini o’stirishi kerakligini ta’kidlaydi. Bu tasavvur qanday paydo bo’ladi? Bola o’z harakatlari kuchini, hajmini yo’nalishi va tezligini tasavvur qiladi. Bunda ko’rish, teri-tuyush va mushak harakat sezgilari ishtirok etib, ularning o’zaro uyushishi harakat sezgisini, shuningdek, makon va vaqt tuyg’ularini ham vujudga keltiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, PF-5368-son “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi va uning hududiy bo‘linmalari negizida O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligini (keyingi o‘rinlarda Vazirlik deb yuritiladi) tashkil etish, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti negizida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetini (keyingi o‘rinlarda — Universitet) tashkil etish;
jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish hamda ommalashtirishda, mamlakatimizning xalqaro sport maydonidagi nufuzini oshirishda alohida xizmat ko‘rsatgan jismoniy tarbiya va sport sohasi xodimlari hamda boshqa shaxslarni taqdirlash maqsadida “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jismoniy tarbiya va sport xodimi” faxriy unvonini ta’sis etish to‘g‘risidagi takliflari qabul qilinsindi.1(2018-yil 5-mart).
Bugungi kunda hamma joyda sportning milliy turlari qayta ishlanmoqda. O’zbekiston Xalqaro sport hamjamiyatida dadillik bilan uzini kursatmoqda. Bu borada jahon arenalarida munosib ishtirok eta oladigan, o’z vatani shon-shuhratini olamga tanita oladigan professional sportchi shaxslarni shakllantirishga, sport murabbiylarini tayyorlashga katta e’tibor berilmoqda. Bunday ulkan va mashaqqatli vazifani uddalash uchun sport faoliyatiga ta’luqli har bir sohani kompleks tarzda rivojlantirish lozim bo’ladi. Sport psixologiya sohasini rivojlantirish shular jumlasidan bo’lib, sohaning rivojlanishi sport mashg’ulotlarini to’g’ri tashkillash, uning samaradorligini oshirish muammolarini, sportchini musobaqalarga ruhiy jihatdan tayyorlash, unda kuzatuvchanlik, taktik tafakkur, ijodiy hayolni o’stirish, sportchining musobaqalarga qatnashishi bilan bog’liq muammolar, sportchining musobaqa oldidagi ruhiy holati, hissiyotlarining musobaqa jarayonida, undan keyingi paytda namoyon bo’lishi, sport musobaqalaridagi zo’riqishlarining sportchilar ruhiyatiga ta’siri, sportchilarning muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizliklar bilan bog’liq ruhiy holatlariga oid muammolarini hal etishga ko’maklashadi.
Sport bilan shug’ullanish yoshlarni faqat jismoniy baquvvat qilib qo’ymasdan, ularning ruhiyatiga, mehnat samaradorligining o’sishiga ham yordam beradi. Ayniqsa, aqliy faoliyat bilan shug’ullanuvchi kishilar o’z faoliyatlarini jismoniy mashqlar, harakatlar bilan almashtirib turishlari zarur, chunki aqliy zo’riqish emotsional tanglikka olib kelishi mumkin va bu holatda jismoniy mashqlar organizmni me’yorida ishlashini ta’minlaydi, shu bilan birga stress holatlarini oldini oladi. Jismoniy tarbiyani tashkil eti shva uni tibbiy nazorat qilishning ilmiy tizimini yaratgan mashhur rus olimi Lesgaft P.F. (1837-1909), bola rivojlanishida jismoniy mashqlarning rolini ko‘rsatib, bu o‘rinda etakchi omil – harakat psixologiyasi turishligini, ya’ni bajarilayotgan jismoniy mashqlar, harakatlar bolaga zavq berishi, makon va vaqt (zamon) haqidagi tasavvurlarini o‘stirish kerakligini ta’kidlaydi. Bu tasavvurlar - jismoniy mashqlarda bola - o‘z harakatlari kuchini , hajmini, yo‘nalishi va tezligini his qilishi natijasida - hosil bo‘ladi. Bu jarayonlarda ko‘rish, teri-tuyush va mushak harakat sezgilari ishtirok etib, ularning o‘zaro qo‘shilishi (uyushishi) harakat sezgisini, shuningdek, makon va vaqt tuyg‘ularini ham vujudga keltiradi.
Jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish yoshlarni faqat jismoniy baquvvat qilib qo‘ymasdan, ularning ruhiyatiga, faoliyat samaradorligining o‘sishiga ham yordam beradi. Ayniqsa, aqliy mehnat bilan shugullanuvchi kishilar o‘z faoliyatlarini jismoniy mashqlar bilan almashtirib turishlari zarur.
XIX asrda jismoniy harakatlar keskin kamayib intellektual faoliyat etakchi bo‘lib ketyapti. SHuning uchun jismoniy harakatlar bilan shug‘ullanishning roli katta.
Bu psixologik nuqtai nazardan olib ko‘rilsa ham foydali narsa. Ma’lumki, miya yarim sharlarida akademik I.P.Pavlov tomonidan kashf etilgan “optimal qo‘zg‘alish nuqtalari” mavjud bo‘lib, bu bizning ayni paytdagi diqqatimiz va jismoniy, aqliy faoliyatimizning nerv-fiziologik asoslari hisoblanadi. Miyadagi shu “optimal qo‘zg‘alish nuqtalari”ning o‘rin almashtirib, qo‘zg‘alish va tormozlanish markazlarining o‘zgarib turishi faoliyat uchun ijobiy jarayon hisoblanadi.
Sport hozirgi zamon jamiyat a’zosi hayotida katta o’rin tutadi. O’zbekiston Respublikasi mustakillikni qo’lga kiritib, g’oyaviy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy yo’nalishlarni yangi yo’lga solib, aholini har tomonlama muhofaza qilish tadbir va choralarini amaliy jihatdan olg’a surmoqda. Bu faoliyatlar aholining va ayniqsa yoshlarning jismoniy tarbiya va sportga bulgan ishtiyoqlarini yanada rivojlantirmoqda.
Shaxs psixologik salomatligining ta’minlanishida jismoniy madaniyatning ijtimoy psixologik ro’li yuqoridagi vazifalarni yechimini topishga ko’maklashuvchi omil sifatida qabul qilinishi mumkin.Sport faoliyatida emotsiyalar katta ahamiyatga ega, chunki hissiyotlar shaxsni faoliyatga undashi yoki faoliyatdan qaytarishi mumkin. Sport faoliyati doimo kuchli emotsional kechinmalar bilan bog’lik. Bu sportning inson shaxsiga ijobiy ta’siri hisoblanadi. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, muammoning o’ta dolzarbligini va ushbu muammoni hal qilinishi kelajakda Vatan ravnaqi uchun xizmat qilishga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |