O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL – XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
Mustaqil ish
Mavzu: Axborot xavfsizligi standartlari
Guruh: 713-14
Bajardi:Tursunova M, Kasimova N
Tekshirdi: Shamshiyeva B
Xalqaro standartlar tashkiloti tomonidan (ISO — International Standards Organization) 1984-yili OSI modeli taqdim qilingan. Shundan buyon hamma tarmoq mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar tomonidan foydalanib kelinmoqda. Har qanday universal model singari, OSI modeli ham ancha qo‘pol. Tez o‘zgartirishlarni bajarishi qiyin, shuning uchun turli shakllar taklif qiladigan real tarmoq vositalari qabul qilingan vazifalarni taqsimlashga juda ham rioya qilinmaydi. Lekin OSI modeli bilan tanishish tarmoqda ro‘y berayotgan jarayonni yaxshi tushunishga yordam beradi. Hamma tarmoqdagi bajariladigan vazifalar (funksiyalar) modelda 7 bosqichga bo‘lingan (1-rasm). Yuqori o‘rindagi bosqichlar ancha murakkab, global masalalar bajariladi. Buning uchun quyidagi bosqichlarni o‘z maqsadlari uchun ishlatib, ularni boshqaradilar. Quyida joylashgan bosqichlar maqsadi — yuqori bosqichga xizmat ko‘rsatish, yuqori joylashgan bosqichlar uchun ko‘rsatiladigan bu xizmat mayda qismlarining bajarilish tartibi muhim emas.
1-rasm. OSImodelining yetti bosqichi. Quyi joylashgan bosqichlar sodda bo‘lib, aniq vazifalarni bajaradi. Ideal holda har bir bosqich o‘zidan tepadagi va quyi bosqich bilan muloqot qiladi. Yuqori bosqich ayni vaqtda ilovaga ishlayotgan, amaliy masalaga to‘g‘ri kelsa, quyi bosqich esa, signalni aloqa kanali orqali uzatishga to‘g‘ri keladi. 4.1-rasmda keltirilgan bosqichlar vazifasi tarmoq abonentlarining har biri tomonidan bajariladi. B ir abonentdagi har bir bosqich shunday ishlaydiki, u boshqa abonentning xuddi shu bosqichi bilan to‘g‘ri aloqasi bordek, ya’ni tarmoq abonentlarining bir xil nomli bosqichlari o‘rtasida virtual aloqa mavjud. Bir tarmoq abonentlari o‘rtasidagi real aloqa faqat eng quyi birinchi bosqichda mavjud (jismoniy bosqich). Axborot uzatayotgan abonentda axborot barcha bosqichlardan yuqoridan boshlab quyi bosqichda tugaydi. Qabul qiluvchi abonentda esa, qabul qilingan axborot teskari yo‘nalishda, quyi bosqichdan boshlab, yuqori bosqichga harakat qiladi (2-rasm). 2-rasm. Axborotning abonentdan abonentga o‘tish yo‘li. Hamma bosqich vazifalarini batafsil ko‘rib chiqamiz.
Amaliy bosqich (Application — прикладной уровень) yoki ilovalar bosqichi quyidagi xizmatlarni amalga oshiradi: foyda- lanuvchining ilovasini shaxsan tasdiqlaydi, masalan, fayllar uzatishning dasturiy vositalari, axborotlar bazasiga ega bo‘lish, elektron pochta vositalari, serverda qayd qilish xizmati. Bu bosqich qolgan olti bosqichni boshqaradi.